Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
13.05.2026

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Юнусабадцы_24” deb nomlangan guruhda e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Юнусабадцы_24” deb nomlangan guruhda e’lon qilingan videomurojaat yuzasidan
munosabat

 

Joriy yil 20-fevral kuni fuqaro farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish masalasida Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limiga murojaat qilganligi, FHDY bo‘limi xodimlari tomonidan unga nisbatat qo‘pol munosabatda bo‘lganligi va tibbiyot muassasasi tomonidan bolaning sog‘ligi haqidagi ma’lumotnoma taqdim etilmaganligi sababli, farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilishi rad etilganligi yuzasidan videomurojaati Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish davomida joriy yilning 13-may kuni Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limiga Sirojiddin ismli fuqaro 2026-yil 20-fevralda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olish masalasida murojaat qilganligi, murojaatdagi masala yuzasidan FHDY bo‘limi 1-toifali inspektori S.Xojiboyeva tomonidan huquqiy tushuntirish berilganligi, bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi muddatida qayd etilmaganligi sababli, tug‘ilganlik haqida tibbiy ma’lumotnoma talab etilganligi ma’lum bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2013-yil 31-dekabrdagi ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2547-son “Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) organlarida ish yuritish tartibi haqida yo‘riqnoma”ning 30-bandiga asosan, tug‘ilishni qayd etish uchun bola tug‘ilgan vaqtdan boshlab bir oy o‘tib, biroq bola o‘n olti yoshga to‘lgunga qadar murojaat etilgan hollarda tug‘ilishni qayd etish rad qilinmaydi va umumiy asoslarda amalga oshiriladi.

Yo‘riqnomaning 43-bandida, tug‘ilishni qayd etish uchun bir oylik muddat o‘tkazib yuborilgan taqdirda, FHDY organiga tug‘ilishni qayd etish muddatini o‘tkazib yuborganlik sabablari ko‘rsatilgan mazkur Yo‘riqnomaning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi ariza, shuningdek quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

bola (shaxs)ning tug‘ilganligi haqida tibbiy ma’lumotnoma;

bola (shaxs)ning sog‘lig‘i to‘g‘risida ma’lumotnoma.

Bunda, FHDY organlari ushbu bolaga nisbatan tug‘ilganlik haqida dalolatnoma yozuvi qayd etilgan yoki qayd etilmaganligini elektron axborot tizimi orqali aniqlaydi.

Yuqoridagilarga asosan, taqdim etilgan bolaning sog‘ligi haqidagi tibbiy ma’lumotnomaga asosan, Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan 2026-yil 13-may kuni 1617-sonli tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilib, fuqaro Aliyeva Movlyuda Alisher qiziga farzandiga yolg‘iz ona tartibida tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berilgan.

 


Рўйҳатга қайтиш