Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

05
#huquqiy_aksiya

Vohidovlar oilasi farzandlariga tug‘ilganlik guvohnomalari topshirildi

Olmazor tumanining  “Ibrohim ota” mahallasida istiqomat qiluvchi oilaning 3 nafar farzandi shu paytgacha tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lmagan.

Ayrim sabablarga ko'ra o‘z vaqtida olinmagan guvohnoma tufayli ushbu bolalar hanuzgacha maktab va bog‘chaga chiqa olishmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Olmazor tumani FHDY bo‘limi hamda tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari sayi harakati bilan  oilaning 5, 7 va 10 yoshli farzandlariga tug‘ilganlik  to‘g‘risidagi guvohnomalar rasmiylashtirilib, uylariga borib topshirildi.

03
Sayyor qabulda aholi murojaatlari hal etilmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda Respublika ishchi guruhi, Toshkent shahar adliya boshqarmasi, Soliq boshqarmasi, Kadastr boshqarmasi va qator tashkilotlardan  masʼullar ishtirok etib, aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish va yaqindan ko‘mak berish maqsadida ish olib borishdi.

Qabul davomida 150 dan ortiq fuqarolar turli murojaatlar yaʼni  kadastr masalalari, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bog‘liq muammolar va boshqa ijtimoiy yordam masalalari bo‘yicha mutasaddi rahbarlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot olib borishdi.

03
#adliyadan_sayohat

Ko‘hna va navqiron Samarqandga sayohat

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi asosida Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda poytaxtning Olmazor, Mirzo Ulug'bek, Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi 4-sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar uchun Samarqand viloyatiga sayohat tashkil etildi.

Sayohatchilar 3 ta avtobusda bugun erta tongdan Toshkent shahridan yo‘lga chiqishdi. Ular qadimiy shaharning tarixi, boy madaniy merosi va mustaqillik yillarida barpo etilgan bunyodkorlik majmualari bilan tanishib, katta ta'surotlarga ega bo‘lishmoqda.

01
“Men donorman” xayriya aksiyasi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tashabbusi bilan bugun “Men donorman” xayriya aksiyasi doirasida  Qon preparatlari ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi mobil labaratoriyasi boshqarma hovlisiga kelib joylashdi.

Shifokorlarning aytishcha donor bo‘lish uchun 18 yoshdan 60 yoshgacha  bo‘lgan sog‘lom insonlar qon topshirishlari mumkin ekan. Bugun ko‘ngilli tarzda boshqarma yoshlari qatorida 60 yoshli haydovchi Abdulla Sulaymonov ham qon topshirib, donorlik aksiyasida ishtirok etdi

Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.

01
Bir oilaning uch nafar farzandi hujjatga ega bo‘ldi

Yashnobod tumanining “Shirinobod” mahallasida istiqomat qiluvchi 27 yoshli Jamila Xodjayeva shu paytgcha fuqarolik pasporti yoki ID-karta olmagan. Shu sababli farzandlariga ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma olishning imkoni bo‘lmagan.

    “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ushbu oilaning 3 nafar farzandining tug'ilishi qayd etilib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalari shaxsan adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev va Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Muhammadiyevlar ishtirokida topshirildi.

     Huquqiy aksiya doirasida dastlabki 10 kunlikda Toshkent shahri bo‘yicha 150 nafar shaxslarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

30
#huquqiy_aksiya

11 yoshli Elbekjon tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘ldi

    Poytaxtning Bektemir tumani “Chashma” mahallasida istiqomat qiluvchi 11 yoshli Elbekjon  shu paytgacha tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi bo‘lmaganligi sabab maktabga bora olmagan.

    Onasi Sakinaning aytishicha bola uyda tug‘ilganligi va o‘sha paytdagi oilaviy muammolar sabab Elbekjonga guvohnoma olish ishlari ortga surilgan. Oradan vaqt o‘tib bola maktab yoshiga yetgach hujjat to‘g‘irlash ishlari qiyinlashganini aytadi.

    Adliya vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi ushbu oilaga bir olam xursandchilik olib kirdi. Guvohnoma olgan Elbekjon endi maktabga chiqadigan bo‘ldi.  

26
#davlat_xizmatlari

  Tabiatning go‘zal manzarasi oppoq qor bugun poytaxtimizga o‘zgacha chiroy baxsh etmoqda

  Qalblarga bir olam zavq bag‘ishlovchi ushbu manzaradan bahramand bo‘lib Davlat xizmatlari markazi ostonasidan kirgan har bir mijozga  xush kayfiyat va mehr bilan issiq choy va shirinliklar ulashayotgan xodimlar esa kayfiyatingizni yanada ko‘taradi.

  Har qanday ob-havo sharoitida ham biz Sizga iliqlik va mehr ulashishdan to‘xtamaymiz.

26
#adliya_mahallalarda

  “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi!” huquqiy aksiyasi doirasida Toshkent shahridagi mahalallarda uyma-uy yurgan holda aholining muammolarini o‘rganishga qaratilgan xatlov ishlari va sayyor qabullar o’tkazilmoqda.

  Bektemir tumani adliya bo’limi va FHDY xodimlari tomonidan mahallalarda o’tkazilayotgan xatlov davomida 9 nafar fuqaroda  tug‘ilganlik guvohnomasi yo'qligi aniqlanib, hozirda ulardan 4 nafariga guvohnomalar topshirildi.

  Shuningdek,  nogironligi bo‘lgan shaxslarning imtiyozlardan foydalanish huquqi masalasidagi murojaatlar qabul qilinib,  ularga belgilangan tartibda amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.

25
Tadbirkorlar safi kengaymoqda

   Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida poytaxtning Uchtepa tumani  "Farhod dehqon bozori"da sayyor davlat xizmatlari tashkil etildi.

  Tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan  davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan bozorda  tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatilib, 20 ga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

   Shuningdek Sergeli tumani Avtomobil bozorida o‘tkazilgan sayyor davlat xizmatlarida ham bozorda xujjatsiz faoliyat yuritib kelayotgan 20 dan ortiq   fuqarolarga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish uchu ruxsatnomalar rasmiylashtirildi

25
Mahallalarda aholi muammolari o'rganilmoqda

     Ayni kunlarda poytaxtning barcha tumanlarida mahallalardagi muammolarning o‘z vaqtida va samarali yechilishida davlat organlari va tashkilotlarining mahallalardagi vakillarining sayi harakatlarini birlashtirish, muvofiqlashtirish va yo‘naltirish bo‘yicha ishchi guruhlar faoliyat olib borishmoqda.

Sektor rahbarlari, ishchi guruh va “mahalla yettiligi” tomonidan  mahallada yashovchi aholining muammolarini o‘rganish va  uyma-uy yurib xatlovdan o‘tkazish  ishlari olib borilmoqda.

Aholi muammolarini yechishning mutlaqo yangi, samarali tizimini yaratish maqsadida xalq orasiga kirishini taʼminlaydigan ommaviy sayyor qabullarning tashkil etilishi ham  odamlarga qulaylik bo‘lib xizmat qilmoqda