Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

11
“Tumor” munchoqlik bezak san’ati markazi davlat ro’yxatidan o’tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasiga nodavlat notijorat tashkilotini tuzish bo’yicha murojaat qilgan fuqarolar o’z faoliyatini imkoniyati cheklangan shaxslarning hunarmandchilik sohasida bandligini ta’minlash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tashkil etayotganini bildirishgan.

Ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha taqdim etilgan hujjatlar o’rganib chiqilgach, ushbu tashkilotning xalq badiiy va amaliy san’atini rivojlantirish, mustaqil ijod qilayotgan, biroq iqtidorini namoyon eta olmayotgan iste’dod egalarini izlab topish, yo‘qolib borayotgan hunar turlarini kelajak avlodlarga o‘rgatish, sayyohlar uchun jozibador bo‘lgan hunarmandchilik obektlarini yaratish maqsadidagi tashabbuslari qo’llab-quvvatlandi va ularga guvohnoma topshirildi.

04
Kitob insoniyatning qalb gavhari, tafakkur xazinasidir!

Ayni kunlarda Toshkent shahar adliya boshqarmasida tashkil etilgan maʼnaviyat burchagi kitoblar bilan to‘ldirilmoqda.

Respublika Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan ma‘naviyat burchagini boyitish maqsadida o‘zbek adabiyoti durdona asarlari hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasi tarqatma materiallari taqdim etildi.

29
Yo’qolgan guvohnoma qayta tiklandi

Chilonzor tumani “Nafosat” MFYda istiqomat qiluvchi 77 yoshli Surxondaryo viloyatida  tug’ilgan Muhabbat To'rayevaning tug’ilganlik haqida guvohnomasi ko'p yillar oldin yo’qolgan bo’lgan.

”Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida 2 -son FHDY bo’limi tomonidan barcha asoslovchi hujjatlar to’planib, onaxonga tug’ilganlik haqidagi dalolatnomasini tiklash  yo’li bilan takroriy guvohnoma rasmiylashtirildi.

28
Qizaloq o‘z hujjatiga ega bo‘ldi

9 yoshli Lyubov Musinova Yashnobod tumani “Ahmad Yassaviy” mahallasida otasi bilan istiqomat qiladi. Qizaloq onasi Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lganligi, oilaviy sabablarga ko‘ra unga o‘z vaqtida guvohnoma to‘g‘irlanmagani tufayli ham maktabga tengdoshlaridan kechroq chiqqanini aytadi.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida qizchaga Yashnobod tumani adliya bo‘limi ko'magi bilan tug'ilganlik holatini rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlar to‘planib, unga  guvohmoma rasmiylashtirildi. Qo‘liga o‘z hujjatini olgan qizaloqning  kelajakka bo‘lgan ishonchi yanada ortdi.

24
Xatlovlar natijasida fuqarolar hujjatli bo’lishmoqda

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida mahallalar kesimida tegishli hujjatga ega bo'lmagan shaxslar xatlovdan o'tkazilmoqda.

Xatlov natijasida Bektemir tumani "Chashma" mahallasida istiqomat qiluvchi Аnobar Davronovaning ikki nafar uy sharoitida tug'ilgan farzandlarida  tug'ilganlik haqidagi guvohnomasi yo’qligi aniqlanib, ularga  kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Shayhontoxur tumani “Charx novza”mahallasida yashovchi 84 yoshli  Iqlima Siddiqovaga  ID karta topshirildi.

23
Erta turmush qurishning salbiy oqibatlari tushintirildi

Bektemir tumanidagi 348-sonli umumta‘lim maktabida tuman adliya bo‘limi xodimlari, FHDY bo‘limi, Milliy gvardiya, Ichki ishlar hamda  Ma‘naviyat va ma‘rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida yoshlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Maktabning yuqori sinf qizlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda erta turmush qurishning salbiy oqibatlari tushintirilib,  voyaga yetmagan qizlar o‘rasida turli huqubuzarliklar hamda jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tushintirish ishlari ham olib borildi.

22
Aksiya doirasida fuqarolar hujjatli bo‘lishmoqda

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Yunusobod tumanida yashovchi Tashpulatovlar oilasining  17 yillik nikohi qonuniy rasmiylashtirildi.

Ularning 2008 yilda  tug‘ilgan o‘g‘li ham haligacha  tug‘ilganlik guvohnomasiga ega bo‘lmagan. Shu kuni ularning farzandiga ham tug‘ilganlik guvohnomasi topshirildi.

Shuningdek Olmazor tumani FHDY bo‘limida ham 15 yoshli Abdullayev Olloyor Xayrulla o‘g‘liga ham tug‘ilganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirilib, tantanali ravishda topshirildi.

21
Yoshlarning huquqiy bilimlarini oshiramiz!

Adliya organlari tomonidan haftaning har chorshanba kuni yoshlarning huquqiy bilimini oshirishga qaratilgan "Huquqiy axborot kuni" targ'ibot tadbirlari o'tkaziladi.

Bugun poytaxtdagi qator umumta’lim maktablarida adliya xodimlari ishtirokida huquqiy targ'ibot darslari bo’lib o’tdi. Targ'ibot tadbirlari davomida o‘quvchilarga O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi, fuqarolarning huquqlari, burchlari haqida hamda qonunchilikda qabul qilingan yangiliklar haqida  ma'lumotlar berildi.

Shuningdek, "Huquqiy axborot kuni" doirasida yoshlar o'rtasida qiziqarli viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirok etgan yoshlar badiiy kitob va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi

21
Bilimga chanqoq aka-ukalar

M. Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Axmedovlar oilasining 3 nafar farzandi  16 yoshli Jamoliddin, 13 yoshli Shohjaxon va 11 yoshli Javlonbeklar zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasi kasalligi bilan kurashib kelmoqda.

Bolalar maktabga chiqa olmasligi sabab uyda taʼlim olishadi. Ularning qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish ehtiyoji bor. Hozirda bolalar kompyuterda dasturlash sohasiga qiziqishmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari ushbu oila farzandlari bilan suhbatlashish jarayonida ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rib, kompyuterda dasturlash bo‘yicha mutaxassisni jalb etishga vaʼda berishdi.

Shuningdek, bolalarning  ota-onasi hozirda ularni davolatish uchun  genetik tekshiruv tahlillari zarurligini aytishib bu borada yordam kerakligini bildirishdi. Ushbu masala shu joyning o‘zida nazoratga olinib, amaliy yordam berish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

20
#kontrafakt_oyligi

"Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi.

2024-yilning 15-fevraldan 15-martiga qadar respublikamizda “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkaziladi.