Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

10
Mahalla yoshlariga sport kiyimlari sovg'a qilindi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan hududlarda adliya organlariga  biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlar olib borilmoqda. Xususan, Yangihayot tumanida 1 645 nafar 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar adliya tomonidan otaliqqa olingan.

Tuman adliya bo‘limi, FHDY bo‘limi, Davlat xizmatlari markazi hamda  Yiridik xizmat markazi xodimlari tomonidan “Chortoq” mahallasidagi yashil toifaga kiritilgan yoshlar bilan o’tkazilgan uchrashuvda ularning  sportga bo’lgan qiziqishlari inobatga olinib, mahalla yoshlarining futbol jamoasi uchun sport kiyimlari sovg‘a qilindi.

08
Uch avlod uchrashuvi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan "9-may — Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan adliya faxriylari,  xodimlar va yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi.

Uchrashuvda adliya faxriylari sobiq hamkasblari va shogirdlari bilan dildan suhbatlashishdi.  Faxriylar o'tgan davrlarni esga olishib, ustozlar xotirasini yod etishdi.

07
Bugungi Notariat korrupsiyadan to‘liq holimi?

 ➡️ Notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlarni bartaraf etish hamda aholiga tez va sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida e_notaris sayti orqali onlayn navbatlar yo‘lga qo‘yilgan.

➡️ Fuqarolarning ovoragarchiligi oldini olish, qog‘ozbozlikdan voz kechish, kommunal xizmatlar haqida maʼlumotlarni  vakolatli idoralardan “Notarius AITS” elektron tizimi orqali olish  yo‘lga qo‘yilgan.

➡️ Shuningdek, kar-soqov, ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar  bilan bog‘liq bitimlarni tasdiqlashda,  audio va videoyozuv vositalaridan foydalanish tartibi joriy etilgan.

➡️ Davlat bojlari va boshqa yig‘imlar undirishda shaffoflikni taʼminlash va ortiqcha summa undirilmasligining oldini olish uchun  mizojning mobil telefon raqamiga sms xabarnoma keladi. Bu esa o‘z o‘zidan korrupsion holatlarning oldini olishga qaratilgan. 

 ✔️ Bu haqida Toshkent shahar adliya boshqarmasi masʼul xodimi Maftuna Ganiyevaning “Inson va qonun” gazetasida chop etilgan maqolasi orqali   tanishishingiz mumkin.

06
23 yoshli Fayziniso ishga joylashdi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash doirasida Chilonzor tumani “Bo‘rijar” MFYda yashovchi  sariq toifaga kiritilgan yoshlar orasida Fayziniso Abdumalikova ham vaqtincha ishsiz ekanligi bo‘yicha murojaat qilgan edi.

Fayzinisoning muammosi tez orada hal etildi. U tumandagi 496-maktabgacha taʼlim tashkilotiga ishga joylashtirilib, doimiy bandligi taʼminlandi.

03
Yoshlar  muammolariga yechim topilmoqda

Yashnobod tumanida adliya organlariga biriktirilgan yoshlar bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i uchrashuv o‘tkazdi. Mahallalarda tashkil etilayotgan bu kabi suhbatlar yoshlar muammolarini tizimli hal etish imkonini bermoqda. 

Tumanning “Shohirmadon” MFY da istiqomat qiluvchi Muqaddam Pirmuxammedova ishsiz ekanligi bo‘yicha murojaat qildi. Uning qandolatchilik bo‘yicha hunari borligini inobatga olishib, o‘zini-o‘zi band qilish hamda pishiriqlar pishirib, oilasiga daromad keltirishi uchun pishiriq pechi berildi.

Qizil toifaga kiritilgan Timur Xoshibraxmonov probatsiya ro‘yxatida turadi, hozirda xulq atvori yaxshilanganligi va o‘zi uchun xulosa chiqarganini aytib, probatsiyadan chiqarish masalasidagi  murojaati yuzasidan sudga taqdimnoma kiritish bo‘yicha topshiriq berildi.

02
Mahallalarda o'rganish ishlari olib borilmoqda

Poytaxtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari va mutasaddilar tomonidan mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda.

Shuningdek, mutasaddilar Mirobod tumani Dehqon bozorida tadbirkorlar bilan ham suhbatlashib, ularning savollariga javob berish barobarida bildirilgan takliflarni ham inobatga olishdi.

01
Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Poytaxtning Sergeli tumanida Toshkent shahar prokurori, Adliya boshqarmasi boshlig‘i va huquqni muhofaza qiluvchi organlar mutasaddilari ishtirokida yoshlar muammolarini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda yoshlar va ota onalarni qiynayotgan muammolar tinglandi hamda ularning bandligini taʼminlash, kasbga yo‘naltirish va ijtimoiy yordam masalalari o‘rganilib, hal etish choralari belgilandi.

Yoshlar masalasidagi o‘rganishlar poytaxtning boshqa tumanlarida ham davom ettirilmoqda.

29
Elektroskuter olib berilgach, 19 yoshli Akbar o'z ish o'rniga ega bo'ldi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijasida ko‘plab yigit qizlarning muammolariga ijobiy yechim topilmoqda.

Chilonzor tumani  “Yakkatut” MFYda o‘tkazilgan yoshlar bilan uchrashuvda sariq toifaga kiritilgan vaqtincha ishsiz bo‘lgan Hoshimov Akbar Doniyor o‘g‘lining onasi Malika opa o‘g‘liga ish so‘rab murojaat qilgan edi.

Tuman adliya bo‘limi, hokim yordamchisi hamda yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda ushbu yigitga elektroskuter olib berilib,  yetkazib berish xizmati bo‘yicha ishga joylashtirildi va  bandligi taʼminlandi.

24
Yoshlar bilan uchrashuv

#adliya_yoshlar
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Yunusobod tumani  "Bo'zsuv" mahallasida adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashib, ularni qiynayotgan muammolar yuzasidan yaqindan suhbatlashdi.

23
Poytaxtda 7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining bayonnomasiga asosan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi vaqtincha to‘xatildi.

Yashnobod tumani  L.Azamatova  1 oy muddatga   20.04.2024-yildan
20.05.2024-yilgacha
2  Sergeli  tumani Sh.Shamirzayev  15 kun  muddatga 24.04.2024-yildan
09.05.2024-yilgacha
Shayxontohur  tumani I.Mustafayeva  15 kun muddatga
25.04.2024-yildan 10.05.2024-yilgacha
Sergeli tumani N.Munavvarova  1 oy  muddatga  22.04.2024-yildan
22.05.2024-yilgacha
Yunusobod tumani U.Rixsiboyev  15 kun muddatga 26.04.2024-yildan
11.05.2024-yilgacha
Uchtepa  tumani Sh.Xudayberdiyev  2 oy  muddatga 26.04.2024-yildan
26.06.2024-yilgacha
Mirzo Ulug‘bek tumani Z.Abdalimova  15 kun muddatga 26.04.2024-yildan
11.05.2024-yilgacha