Yangiliklar
Yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash, xususan zamonaviy oilaning namunali shakli hamda Oila - muqaddas dargoh ekanligini nikohlanuvchilar ongiga singdirib borish maqsadida Chilonzor tumani 1 va 2-son FHDY bo‘limi tomonidan Chilonzor tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, tumandagi “Novza” masjidi imom-noibi hamda Reabilitatsiya markazi psixologlari bilan hamkorlikda “Baxtli oila siri” mavzusida navbatdagi seminar tashkil etildi.
Seminarda 16 nafar nikohlanuvchi yosh kelin-kuyovlar ishtirok etishib, ularga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi, oila iqtisodi va byudjeti, dunyoviy hamda diniy, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi.
Seminar yakunida oila qurish bo’sag’asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.
Yangihayot tumani “Yo‘ldosh-3” mavzesida istiqomat qiluvchi 1957-yilda tug‘ilgan Bogomolova Larisa Valentinovna sog‘ligi sababli, ko‘p yillardan buyon FHDY bo‘limiga kelolmagan va tug‘ilganligi haqidagi guvohnomani tiklash yuzasidan murojaat qilishini imkoni bo‘lmagan.
Yangihayot tumani FHDY bo‘limi xodimlarining amaliy yordami bilan fuqaroning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi tiklanib, sayyor ravishda yangi guvohnoma taqdim etildi.
“Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Chilonzor tumani adliya bo’limi FHDY bo’limlari tomonidan tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Bilim” axborot-kutubxona markazi bilan birgalikda yosh nikohlanuvchi kelin-kuyovlar ishtirokida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.
Yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda kitobxonlar safini kengaytirish, kelgusida oila deb atalmish muqaddas dargohda kelajak avlodlarga tarbiya borasida intellektual salohiyatini oshirish, yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda yoshlarning huquqiy ongi va bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan test savollari berildi.
Tadbirda ishtirok etgan 10 nafar kelin va kuyovlar test savollariga javob berdilar va tadbir qizg’in kayfiyatda o‘tdi.
Aksiya doirasida ishtirok etgan yoshlarga esdalik uchun kitoblar sovg’a tariqasida topshirildi.
"BADEX LIFE" MChJ murojaatiga asosan, "S.B" MChJ faoliyatida belgilangan tartibda takshiruv o'tkazildi.
Tekshiruv davomida "S.B" MChJ tomonidan "BADEX LIFE" MChJga tegishli "Montalin" tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanilgan holda tayyorlangan kontrafakt biologik faol qo'shimchalar savdoga taklif etish maqsadida saqlanayotganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan “S.B” MChJ rahbariga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Bugun, Shayxontohur tumanida yangi davlat xizmatlari markazining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirni adliya vaziri Akbar Toshqulov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Bino milliy va zamonaviy meʼmorchilik anʼanalarining uygʻunligida qurilgan bo’lib, yorug’ va shinamligi, xizmat ko’rsatish uchun qulayligi bilan e’tiborni tortadi.
Markazga keladigan fuqarolar uchun ko‘plab qulayliklar yaratilgan boʻlib, bu yerda bolalar maydonchasi, ovqatlanish burchagi (kafe), Wi-Fi zonasi tashkil etilgan, shuningdek, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish uchun zamonaviy infokiosklar oʻrnatilgan.
Zamonaviy sharoitlarga xos markazda bir kunda 1500 nafarga yaqin fuqaro 410 dan ortiq davlat xizmatlaridan foydalanishi mumkin. Bu esa aholiga vaqt va resurslarini tejash imkonini beradi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida tashkil etilgan “Ma’naviyat va ma’rifat soati”da ikki buyuk shoir va mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy, shoh va shoir, olim Zahiriddin Muhammad Bobur bobolarimizning hayoti va ijodi haqida so‘z bordi.
Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Axtamqul Karimov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Farog‘at Xudoyqulova, olima, navoiyshunos Mamlakat Latipova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Muhammad Yusuf"fondi raisi Nazira as-Salom ishtirok etdi.
So‘zga chiqqanlar maʼnaviyatimiz xazinasiga ulkan hissa qo‘shgan ikki ijodkorning ijodiy merosi bugungi kunda yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarda nechog‘liq qo‘l kelayotganini ta’kidladi.
Toshkent shahridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining sobiq xodimi B.D. o‘ziga tegishli ustama va kompensatsiya pullari to'lanmasdan kelinayotganligidan norozi bo'lib, Mirzo Ulug‘bek tumani adliya bo‘limiga murojaat qildi.
Murojaat yuzasidan adliya bo‘limi fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga ariza kiritdi.
Sudda taraflar o'zaro mediativ kelishuv qilishni lozim topishdi hamda Markaz tomonidan sobiq xodimi B.D. ga 48 649 000 so‘m ustama puli hisob-kitob qilinib, to‘lanishi ta’minlandi.
Yunusobod tumani adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mikrokreditbank” ATB Toshkent shahar boshqarmasining mas’ul xodimlari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar to‘qnashuvini oldini olish” mavzusida o‘quv seminari o‘tkazildi.
Tadbir davomida xodimlarga “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, xususan korrupsiya va manfatlar to’qnashuvining kelib chiqishi sabablari, ularning oqibatlari, ushbu holatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi va korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvini oldini olish bo‘yicha batafsil tushunchalar berildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan o‘z faoliyati davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida bajarish, har qanday noqonuniy harakat javobgarlikka asos bo‘lishi haqida yig‘ilganlarga tushuncha berildi.
“2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi PQ-1-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Chilonzor tumani IIO FMB hamda Chilonzor tumani Adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 3-sektorda joylashgan MFYlarda qaror ijrosi bo‘yicha tahliliy seminar o‘tkazildi.
Tadbir davomida "mahalla yettiligi” a’zolariga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga e’tibor qaratish, mahallalarni xavfsiz hududga aylantirish bo'yicha ko'rsatmalar berildi hamda kelgusida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Mirzo Ulug‘bek tumani adliya bo‘limi tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida “Katta Qorasuv” mahallasida tadbir o'tkazildi.
Tadbirda “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda aholining huquqiy bilimlarini oshirishga qaratilgan buklet va flayerlar tarqatildi.
Shuningdek, tadbir davomida sayyor qabul o'tkazilib, aholining huquqiy muammolari o'rganildi.
Tadbir davomida Mirzo Ulug‘bek tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan fuqarolar birlamchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bepul davolanishga muhtoj fuqarolarga sanatoriyaga yo’llanmalar bo’yicha ko’rsatmalar berildi.