Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

24
Yakkasaroy tumanida ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi

Davlatimiz rahbarining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Yakkasaroy tumani Oilaviy ajrimlarning oldini olish ishchi guruhi tomonidan ajrim xavfi ostida bo‘lgan uch oilaning taqdiri muhokama qilindi.

Muhokama jarayonida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo‘limi rahbarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, “Oqila ayollar” harakati hamda tumanning bosh otinoyisi va imom xatiblari ishtirok etishdi.

Ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat jarayonida oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berildi. Har bir oilalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

24
Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo'yicha targ'ibot tadbirlari olib borilib, mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida fuqarolarning turli masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish yuzasidan tayyorlangan infografikalar tarqatildi.

24
Joriy yilning 21-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasining navbatdagi kengaytirilgan hay’at majlisi bo‘lib o‘tdi

Unda 2024-yil davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari, FHDY organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yakuni, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Batafsil* (https://telegra.ph/Toshkent-shahar-adliya-boshqarmasi-tomonidan-2024-yilda-amalga-oshirilgan-ishlar-haqida-MALUMOT-02-24)

24
Unutilgan mehnat taʼtili: Yunusobod tumani adliya boʻlimi aralashuvi bilan fuqaroga 20 mlndan ortiq kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi

Yunusobod tumani adliya bo‘limiga fuqaro M.J. Yunusobod tumanida joylashgan “Ta’minot va logistika” davlat korxonasida ishlagan davri uchun foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiyalar korxona tomonidan to‘lanmaganligidan norozi bo‘lib, muammoni hal qilishda amaliy yordam berilishini so‘rab murojaat qildi.

Batafsil (https://telegra.ph/Unutilgan-mehnat-ta%CA%BCtili-Yunusobod-tumani-adliya-bo%CA%BBlimi-aralashuvi-bilan-fuqaroga-20-mlndan-oshiq-kompensatsiya-to%CA%BBlab-beriladi-02-20)

21
Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi

“Ziyo ulash” loyihasi ko‘lami tobora kengaymoqda va ishtirokchilar soni kundan-kunga ortib bormoqda.

Shuningdek, loyiha doirasida aholining, ayniqsa yoshlarning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga kitob taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Loyihaga o‘z hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan har bir yurtdoshimiz o’ziga yaqin hududdagi davlat xizmatlari markaziga o’zi o’qigan kitoblardan olib kelib, “bukkrossing” burchagida qoldirishi va oʻrniga boshqasini olishi mumkin. Shu tariqa kitoblar almashinuvi orqali ilm va ziyo tarqatilishiga erishamiz.

Kitob ulashing — ziyo koʻpayadi

21
Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanda yashovchi yurak xastaligiga chalingan 2-guruh nogironi fuqaro J.O hamda  yurish imkoniyati cheklangan 1946-yilda tug'ilgan fuqaro Yu.V sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun ularning yashash xonadonlariga tashrif buyurilgan holda, ruhiy va narkologik dispanserda turish yoki turmasligi bo'yicha ma'lumotnoma olishda sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, Yangihayot tuman DXM tomonidan tumanning Gulshanobod mahallasida yashovchi harakati cheklangan fuqaro K.Mga sayyor tartibda turar joyga bo'lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish xizmati ko‘rsatildi.

21
oshkent shahar adliya boshqarmasida “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasi tashkillashtirildi

Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu xayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib, bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.

O‘ziga xos insonparvarlik namunasi bo‘lgan bu kabi tadbirlar zamirida bemorlar hayotini saqlab qolishdek ulkan va xayrli ish turibdi. Shu bois, unda ishtirok etgan har bir inson mazkur xayrli ishga daxldordir.

Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!

21
Xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig'ining tegishli buyrug'i bilan  Yashnobod tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullangan notarius Usmanova Dildora Maxmudovnaga berilgan TN 0082-sonli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.

20
Kadastr sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishdagi muammolar va ularning yechimlari mavzusida seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 14-fevral kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasida Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi, ularning hududiy tuzilmalari ishtirokida davlat xizmatlari ko'rsatishning tartib-taomillari bo'yicha o'quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulkni bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti talablarining mazmun-mohiyati tushuntirilib, qaror ijrosi yuzasidan tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida "Uzkad", "Davreestr.uz" tizimlarida ishlash jarayonida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar va ularning yechimlari muhokama qilindi.

20
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nazarov Xamdam Shuxratovich Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Nazarov Xamdam Shuxratovich 1983-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2004-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2005-yildan Prokuratura idoralarida boshlab, turli lavozimlarda ishlagan. X.Nazarov  2011-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

X.Nazarov 2021-yildan boshlab shu kunga qadar Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi X.Nazarovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.