Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

04
“Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat o'tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak ” aksiyasi doirasida “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari” mavzusida ekspertlar bilan suhbat tashkil etiladi.

Ovozli chat 5-mart kuni soat 16:00 da  Huquqiy axborot (https://t.me/huquqiyaxborot) telegram kanalida boshlanadi.

Suhbat spikerlari: O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti mas'ul xodimlari.

Savollaringizni @mehnatpodkast_bot telegram boti orqali oldindan yoki to'g'ridan to'g'ri onlayn muloqot vaqtida berishingiz mumkin.

Mazmunan bir-biriga yaqin savollarga umumlashtirilgan holda javob beriladi.

03
Taʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi maʼrifat” tamoyili asosida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tuman ichki ishlar bo‘limi va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda tumanning “Oltinko‘l” mahallasidagi 154-sonli umumta’lim maktabida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning sodir etilishini oldini olish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida o‘quvchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

03
Yosh juftliklar oilaviy hayotga o‘qitilmoqda

Sergeli tumani FHDY bo‘limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda Sergeli tumani Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etgan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida tuman FHDY bo‘limi mudirasi, “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, diniy idora vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari va oilaviy psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy hamda diniy mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 30 nafar juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

01
Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan o‘tgan hafta davomida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Yashnobod tumani “Yangiqo‘rg‘on” , Yakkasaroy tumani “Qushbegi”, Shayxontohur tumani “Olim Xoʻjayev”, “Kattabog”, Chilonzor tumani “Yakkatut”, Mirobod tumani “Аfrosiyob”, “Sharof Rashidov”, Mirzo Ulug‘bek tumani “Xumoyun” va “Al-Farobiy” mahallalarida sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbir davomida aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar va masalalar bo'yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi hamda joyida hal etish imkoni bo'lmagan murojaatlar tuman adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, aholini firibgarlik jinoyati qurboniga aylanishini oldini olish, ularni bu kabi jinoyatlarning yangi turlari va ularni sodir etish usullari haqida ogoh qilish yuzasidan tayyorlangan infografikalar tarqatildi.

01
"Ziyo ulash" loyihasi tobora kengaymoqda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida Yunusobod tuman 1 va 2-son FHDY bo’limi, tuman xotin-qizlar  bo’limi bilan hamkorlikda nikoh ostonasidagi yoshlar ishtirokida davra suhbati o’tkazildi.

Tadbirda Zulfiyaxonim tavalludining 110-yilligi munosabati bilan “Zulfiya” mukofoti sohibasi shoira Guljamol Asqarova yoshlarga  sadoqat va vafo kuychisi bo’lgan Zulfiyaxonim ijodidan na’munalar keltirdi.

Shuningdek, "Ziyo ulash" loyihasini tobora kengaytirish hamda yoshlarning kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida Guljamol Asqarova yoshlarga o’z ijodidan tarkib topgan kitoblarni taqdim etdi.

01
“Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Yangihayot tumanining “Humo” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Sayyor qabulda 20 dan ortiq mahalla fuqarolari ishtirok etib,  aholining  huquqiy muammolari o‘rganildi.

Qabul davomida uy-joy, kadastr, shaxsiy hujjatlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, meros va boshqa masalalardagi murojaatlar eshitildi. 10 dan ortiq fuqarolarning masalasi joyning o‘zida huquqiy tushuntirish berish orqali masalasi hal etildi.

Qabulda 3 nafar fuqaroning murojaatlari qo‘shimcha o‘rganish talab etilganligi sababli, tuman adliya bo‘limi ish yurituviga olindi.

01
Vazifa va ijro: “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi


"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturini amalga oshirish bo'yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-330-sonli Prezident qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan ijtimoiy o‘g‘ir ahvolga tushib qolgan oilalarning muammolari o‘rganilib, ijobiy hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Xususan, Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning “Bektemir” mahallasida istiqomat qiluvchi A.Ushurovning tadbirkorlik faoliyatini boshlashi va bandligini ta’minlash maqsadida "Anor sharbati chiqaradigan dastgoh” olib berildi.

Shuningdek, “Ustozlar” mahallasida istiqomat qiluvchi Y.Turabayevaga tikuv mashinasi olib berish orqali, o’zini-o’zi band qilib, kunlik daromad topishi hamda kambag‘al oilalar reyestridan chiqarilishiga erishildi.

01
"Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkaziladi

Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

▪️Birlamchi bepul yuridik yordam ko'rsatish;

▪️ Huquqiy muammolarni bartaraf qilish;

▪️ "Adliya kuni", "Huquqiy targ'ibot kuni" loyihalari;

▪️ Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

▪️ kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn o'quv kurslarini tashkil etish;

▪️ “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

▪️ Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

01
Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o’rganmoqda

Poytaxtning Mirzo Ulug’bek tumani „Oqqo’rg’on“ MFYda adliya xodimlari  aholi uchun sayyor qabul o’tkazishdi.

Tadbir avvalida “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, aholi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, xususiy uy-joy shirkatlari bilan bog’liq muammolar kabi masalalar yuzasidan  murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

28
Adliya xabari

Hududiy adliya organlari va muassasalari rahbarlarining Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasini oshirish kursidagi ishtiroki davrida, Shayxontohur tumanida yangi ochilgan davlat xizmatlari markazi binosi bilan tanishishdi va soha faoliyati yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.

Tadbir davomida hududiy adliya boshqarmalari rahbarlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida markazdagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar topshirib, tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.