Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Yangiliklar

13
Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi

Shayxontohur tumani 1-son va 2-son FHDY bo'limi va tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza taqdim etgan yosh oila quruvchilar o'qitildi.

O'quv mashg'ulotlari davomida tuman FHDY bo'limi mudiralari, diniy idora vakillari va oilaviy psixolog tomonidan yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma'naviy va ma'rifiy hamda diniy mavzularda tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini va huquqiy savodxonligini oshirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda xotin-qizlar uchun belgilangan imtiyoz va preferensiyalar  bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

O'quv mashg'ulotlarini tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 10 nafar juftliklarga sertifikatlar topshirildi.

12
Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi


Adliya organlari tomonidan muntazam ravishda aholini qiynayotgan muammo va masalalar o‘rganilib, bartaraf etish choralari ko‘rib kelinmoqda.

Xususan, Yakkasaroy tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida ro‘yxatga qo‘yilgan, tumanning “Bog‘saroy” mahallasida yashovchi fuqaro U.M.ning voyaga yetgan farzandi X.Mga shaxsni tasdiqlovchi hujjat olinmaganligi holati yuzasidan, bolaning tug‘ilganligi haqidagi dalolatnoma yozuvi Jizzax viloyati Paxtakor tumani FHDY bo‘limida qayd etilganligi ma’lum bo‘ldi.

Yakkasaroy tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam natijasida, fuqaro X.Mga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma eksterritoriallik tamoyili asosida rasmiylashtirilib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ID karta olish uchun topshirildi.

12
Yoshlarning huquqiy bilimlari oshirilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida yoshlar o’rtasida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shayxontohur tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 82-maktabda Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan maktab oʻquvchilari oʻrtasida “Huquqingizni bilasizmi?” nomli viktorina tadbiri oʻtkazildi.  

Qiziqarli savol-javoblarga boy o‘tgan tadbir davomida oʻquvchilarni qiziqtirgan savollarga markaz xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

11
Biz kontrafaktga qarshimiz

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida “Intellektual mulk himoyasi va kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish” mavzusida universitet ilmiy xodimlari, o‘qituvchilari va talabalari ishtirokida seminar-trening o‘tkazildi.

Ushbu davra suhbatida intellektual mulk sohasida tovar belgisini huquqiy muhofaza va himoya qilish, kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbir davomida intellektual mulk obyektlari, jumladan, tovar belgilari, xizmat ko'rsatish belgilarini davlat ro’yxatidan o’tkazish, kontrafakt tovarni aslidan farqlashga o‘rgatish va ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

10
Adliya xodimlari mahallalarda

Toshkent shahridagi tuman adliya bo‘limlari tomonidan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish bo‘yicha Sergeli tumanidagi “Mehrigiyo”, “Qo‘shqorg‘on”, “Asrobod”, Chilonzor tumanidagi “Zarqo‘rg‘on”, Uchtepa tumanidagi “Zargarlik” mahallalarida “Adliya kuni” doirasida targ‘ibot tadbiri va sayyor qabullar o‘tkazildi.

Tadbir davomida aholini qiynab kelayotgan huquqiy muammolar bo'yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi hamda murojaatlar tuman adliya bo'limlari ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek, tadbir davomida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi doirasida qonunchilikda xotin-qizlar uchun mavjud imtiyozlar, xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida birlamchi bepul yuridik yordam ko’rsatish, huquqiy muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

08
Ommaviy sayyor qabul o'tkazildi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent shahar xalq qabulxonasi tomonidan Shayxontohur tumani adliya bo‘limi binosida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish yuzasidan ommaviy sayyor qabul tadbiri o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, pensiya, kommunal to‘lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalari yuzasidan murojaatlari eshitildi.

Shuningdek, qabul davomida 4 nafar xotin-qizlarga tikuv mashinasi, bir nafar nogironligi bor shaxsga nogironlik aravachasi taqdim etildi.

07
Aziz ayollar bayramingiz muborak bo‘lsin!

"8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati va xotin-qizlarga ehtirom belgisi sifatida Toshkent shahar adliya boshqarmasida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ayollarning jamiyatda, oilada tutgan o'rni beqiyos ekanligini alohida e'tirof etdi va ularga bayram sovg‘alari va faxriy yorliqlarni topshirdi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizdagi barcha ayollarni bahorning ilk ayyomi 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etadi.

07
Yoshlarga ID kartalar topshirildi

Poytaxtning Uchtepa tumanida FHDY bo’limi, tuman IIO FMB bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bir guruh 16 yoshga to‘lgan yoshlarga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlar huquqlari va erta nikohning oldini olish borasida tushintirishlar ham berildi.

07
Bayram shukuhi

8-mart har bir ayol e’tibor kutadigan kun, shubhasiz. Ona, rafiqa, hamkasblar, ustozlar-u jamiki barcha ayollargacha go‘zal dil izhorlari bildiriladi.

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bugun Bektemir tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi xotin-qizlar, qolaversa beminnat faoliyati tufayli minglab odamlarning kayfiyatiga ijobiylik ulashishga sababchi bo‘lgan opa-singillarimiz uchun bayramona kayfiyat ulashildi.

07
Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i tayinlandi


Boshqarma boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Boburbek Askarbekovich Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Maxmudov Boburbek Askarbekovich 1991-yildaToshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr 2016-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2015-yilda boshlab Advokatura, Prokuratura idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. B.Maxmudov 2022-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

B.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi B.Maxmudovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.