Yangiliklar
15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi hamkorlikda bojxona postlari va omborlarida tadbirkorlar bilan uchrashib, kontrafakt mahsulotlarni aylanishini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Tadbirlardan kutilayotgan natijalar:
• Noqonuniy tovar aylanmasiga qarshi kurash tizimi kuchayadi;
• Aholi sog‘lig‘i muhofaza qilinadi;
• Davlat byudjetiga zarar yetkazuvchi noqonuniy faoliyatlarning oldi olinadi.
Ushbu tadbirlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va sifatli mahsulotlar bozorini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida nazorat va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Intellektual mulk sohasida nazorat xaridi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda, belgilangan tartibda (https://lex.uz/uz/docs/7032885) amalga oshiriladi va bu tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruv o‘tkazish hisoblanmaydi.
Sergelida ajrim bilan bog'liq muammolar qanday hal etilmoqda?
"Oila – jamiyatning tayanch ustuni. Mustahkam oila esa farovon kelajak garovi. Afsuski, bugungi kunda uchinchi shaxslarning aralashuvi va shu kabi turli sabablar bilan oilaviy nizolar, ajrimlar soni ortib bormoqda.
???? https://youtu.be/C6GTYUfGXVo
Uchtepa tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan 6 ta oilada nizoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan mediatorlar sifatida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi va Uchtepa tumani FHDY bo‘limi mas’ullari ishtirokida suhbat olib borildi.
Ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat jarayonida oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berildi. Har bir oilalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.
Mas’ullarning oilalar mustahkamligini ta’minlash, nizoli oilalar bilan ishlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlari tufayli 2 nafar oila ajrimdan saqlab qolindi va 2 ta oilaga o‘zaro kelishuv yo‘lini tanlash uchun muddat berildi.
Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.
Yakkasaroy tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” dasturi asosida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Tadbirda tumanning tajribali mutaxassislari, jumladan, otinoyi, imom-xatib, huquqni muhofaza qilish organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari, Yakkasaroy tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi L.Maxmudbekova, Yakkasaroy tuman 2-son FHDY bo’limi mudirasi Sh.Kamalova ishtirok etib, yoshlarga oilaviy hayotning turli jihatlari bo‘yicha tushuntirishlar berdilar.
Tadbir yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.
Xususan, Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Uchtepa tumani Г9А mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Troshina Nadejda sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun uning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, ruhiy va narkologik dispanserda turish yoki turmasligi bo'yicha ma'lumotnoma olishda sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga “GREEN STEEL” MChJning jamiyatga tegishli bo‘lgan “STALEKC” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanilgan holda tayyorlangan qishloq xo‘jalik buyumlari “Q.M.L” XK va “S.G" MChJ tomonidan sotilayotganlik holati yuzasidan murojaati kelib tushgan.
O‘rganish jarayonida mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan “GREEN STEEL” MChJga tegishli bo‘lgan “STALEKC” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “ZTALEKS”, “CTALEKS” va “STALEKX” nomli qishloq xo‘jalik buyumlari sotilayotganligi holati aniqlandi.
Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir.
Holat yuzasidan “Q.M.L” XK va “S.G” MChJga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, kontrafakt mahsulot sotuvi to‘xtatildi.
Uchtepa tumani FHDY bo‘limi tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakillari hamda oilaviy psixolog ishtirokida “Baxtli oila sirlari” mavzusida seminar tashkil etildi.
Seminarda 10 nafar nikohlanuvchi yoshlar ishtirok etishib, ularga oilaviy-huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda oilada erkak va ayolning mas’uliyati, vazifalari, oilaviy nizolarni oldini olish, sog‘lom oila qurish va sog‘lom farzandlarni tarbiyalash, oilani mustahkam qo‘rg‘onga aylantirish uchun oila a’zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi.
Seminar yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Chilonzor tumanida qizil toifadagi “Katta Chilonzor-3” mahallasida yoshlar o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat bo‘lmaydi” shiori ostida “Huquqiy savodxonlik” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish, xususan, kiberxavfsizlik, bezorilik, badanga yengil, o‘rta va og‘ir tan jarohati yetkazish hamda firibgarlik jinoyati va huquqiy oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilarga eng saralangan asarlar to‘plamlari sovg‘a qilindi.
Toshkent davlat yuridik universitetida yuridik mutaxassisligiga qayta tayyorlov kursida ta’lim olayotgan 60 nafardan ortiq talabalar ishtirokida o‘tkazilgan o‘quv mashg‘ulotida Chilonzor tumani adliya bo‘limi 2-son FHDY bo‘limi mudirasi Nilufar Rustamova “Oila, nikoh va fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etishning huquqiy ahamiyati” mavzusida ma‘ruza qildi.
O‘quv mashg‘ulotida mutaxassis tomonidan talabalarga sohaga oid amaliyotda uchrayotgan muammolar, ularning yechimi, tartibi haqida huquqiy tushunchalar berildi.
Shuningdek, mashg’ulot jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va ular tomonidan bir qator asosli takliflar berildi.