Янгиликлар
29
Тошкент шаҳар адлия бошқармаси томонидан“Ёрдам қўли” акцияси ўтказилмоқда.
1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni arafasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi “ENERPRO” MCHJ bilan hamkorlikda “Yordam qo‘li” aksiyasi doirasida poytaxtimizda joylashgan “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati”dagi keksa yoshdagi fuqarolar xolidan xabar olindi.
Bugungi kunda Yurtimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yana-da yaxshilash, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taʼminoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va anʼanalari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Keksalar pandu nasihatlari, ezgu duolari ishlarimizga baraka keltirib, yo‘llarimizni nurafshon qiladi. Ayniqsa, keksalar suhbatida bo‘lish, duosini olish bizga hayot falsafasini anglatib turadi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda “ENERPRO” MCHJ bilan hamkorlikda xayrli ishga qo‘l urib 1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni arafasida “Yordam qo‘li” aksiyasi doirasida “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati”dagi keksa yoshdagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
(Maʼlumot uchun: 1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni 1990 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 45-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan taʼsis etilgan.)
Uchrashuv davomida qatnashchilarga bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlariga tayyorgarlik hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Pansionatdagi keksa yoshdagi fuqarolarni qiynayotgan meros va mol-mulklarni rasmiylashtirish, pensiya hamda boshqa shu kabi savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida keksalarimizga sovg‘alar berilib, ularning duolari olindi hamda keksalarimizni Poytaxtimizning so‘lim go‘shalarida sayohatga olib chiqildi.
Davlat ijtimoiy dasturlari zamirida hammamizni oq yuvib, oq taragan, mukaddas yurtimizning tashvish va muammolarini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan, xonadonlarimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan keksa avlod vakillarini hayotdan rozi qilish, ularning duosini olishdek savobli va oliyjanob maqsadlar mujassam ekanini, barchamiz yaxshi tushunamiz.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni “Yordam qo‘li” aksiyasida faol ishtirok etib, yordamga muxtoj insonlarga yordam qo‘lini uzatishga chorlaydi.#Toshkent_shahar_adliya_boshqarmasi tomonidan“Yordam qo‘li” aksiyasi o‘tkazilmoqda.
1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni arafasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi “ENERPRO” MCHJ bilan hamkorlikda “Yordam qo‘li” aksiyasi doirasida poytaxtimizda joylashgan “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati”dagi keksa yoshdagi fuqarolar xolidan xabar olindi.
Bugungi kunda Yurtimizda keksalarning hayot darajasi va sifatini yana-da yaxshilash, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlash ko‘lamini kengaytirish, yoshi ulug‘ insonlar, ayniqsa, 1941 — 1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taʼminoti va tibbiy xizmat ko‘rsatishni takomillashtirish, oila va jamiyatda, yoshlarni o‘zbek xalqining ko‘p asrlik qadriyat va anʼanalari ruhida tarbiyalashda keksalarning o‘rnini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Keksalar pandu nasihatlari, ezgu duolari ishlarimizga baraka keltirib, yo‘llarimizni nurafshon qiladi. Ayniqsa, keksalar suhbatida bo‘lish, duosini olish bizga hayot falsafasini anglatib turadi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda “ENERPRO” MCHJ bilan hamkorlikda xayrli ishga qo‘l urib 1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni arafasida “Yordam qo‘li” aksiyasi doirasida “Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati”dagi keksa yoshdagi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
(Maʼlumot uchun: 1 oktyabr - Xalqaro qariyalar kuni 1990 yil 14 dekabrda BMT Bosh Assambleyasining 45-sessiyasida qabul qilingan rezolyutsiyaga asosan taʼsis etilgan.)
Uchrashuv davomida qatnashchilarga bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlariga tayyorgarlik hamda qonunchilikdagi yangiliklar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, Pansionatdagi keksa yoshdagi fuqarolarni qiynayotgan meros va mol-mulklarni rasmiylashtirish, pensiya hamda boshqa shu kabi savollariga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida keksalarimizga sovg‘alar berilib, ularning duolari olindi hamda keksalarimizni Poytaxtimizning so‘lim go‘shalarida sayohatga olib chiqildi.
Davlat ijtimoiy dasturlari zamirida hammamizni oq yuvib, oq taragan, mukaddas yurtimizning tashvish va muammolarini o‘z yelkasida ko‘tarib kelayotgan, xonadonlarimizning fayzi va ko‘rki bo‘lgan keksa avlod vakillarini hayotdan rozi qilish, ularning duosini olishdek savobli va oliyjanob maqsadlar mujassam ekanini, barchamiz yaxshi tushunamiz.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni “Yordam qo‘li” aksiyasida faol ishtirok etib, yordamga muxtoj insonlarga yordam qo‘lini uzatishga chorlaydi.