Янгиликлар
29
“Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida xotin-qizlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi
Joriy yilning 29 mart kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Uchtepa tuman adliya bo‘limi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida xotin-qizlar uchun o‘quv-seminar tashkil etildi.
Seminarda, Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Uchtepa tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan gender tengligi, ayollarning mehnatga oid huquqlari, xotin qizlarni tazyiq va zo‘rovonlikdan himoya qilish yuzasidan, Uchtepa tuman hokimining ayollar masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan ayollarni ijtimoiy himoya qilish masalasida, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sud raisi tomonidan oilada ayollar va bolalar huquqlari to‘g‘risida ishtirokchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmonining mazmun- mohiyati va ahamiyati tushuntirildi.