Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

“International House Tashkent” akademik litseyida tadbir o‘tkazildi


“International House Tashkent” akademik litseyida tadbir o‘tkazildi

Joriy yilning 25-mart kuni “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamkorlikda “International House Tashkent” akademik litseyida Lex.uz huquqiy axborot tizimidan jismoniy va yuridik shaxslarning belgilangan tartibda foydalanishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasining modernizatsiya qilingan versiyasidan foydalanish, uning qo‘shimcha afzalliklari, qulaylik hamda imkoniyatlari” mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda, Xalq deputatlari tuman kengashlarining doimiy komissiya raislari, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar, FHDYO bo'limi mudiralari, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasinig mas'ul xodimlari va tadbirkorlikka ko'maklashish markazlari tuman bo'limlari rahbarlari ishtirok etdi.