Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tomonidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻining 2021-yilda jamiyatda huquqiy ong va madaniyatning holati haqidagi axboroti eshitildi.
Oʻtgan davr mobaynida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish boʻyicha bir qator ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, 2021-yil davomida jami 19 222 ta huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, shundan OAV orqali chiqishlar 12 133 tani, ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbiri 6 392 tani, koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbiri 628 tani tashkil etadi.
OAV orqali qilingan chiqishlar boʻyicha 181 narotaba televideniyada, 204 marotaba radioda, 126 marotaba gazeta va jurnallarda, 11 622 marotaba veb-sayt va boshqa axborot vositalarida chiqishlar qilingan.
Ogʻzaki huquqiy targʻibot tadbirlari, xususan 2 120 ta maʻruza, 1 094 ta davra suhbati, 410 ta seminar, oʻtkazilib, ularda 28 892 nafar tinglovchilar ishtirok etgan.

Koʻrgazmali huquqiy targʻibot tadbirlari doirasida 306 nomdagi 8 060 dona buklet, flayer va boshqalar tarqatildi.
Shuningdek, yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni davlat organlari va tashkilotlariga yetkazish boʻyicha “Hokimlik soatlari”da 550 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Toshkent shahridagi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan huquqiy targʻibot tadbirlari monitoring qilindi hamda baholandi.
Baholash natijalariga koʻra, huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirgan
7 ta davlat organlari va tashkilotlari faoliyati namunali, 5 ta davlat organlari va tashkilotlari faoliyati oʻrtacha (qoniqarli) hamda qolgan 22 ta davlat organlari va tashkilotlari faoliyati qoniqarsiz deb topildi.

Bundan tashqari, bugungi kunda amalga oshiriladigan huquqiy targʻibot tadbirlarida, ochiqligini taʻminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishda internet va ijtimoiy tarmoqlarning oʻrni yuqori hisoblanadi.

Shunga koʻra, boshqarma tomonidan davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʻminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6247-son Farmoni talablariga rioya etish holatini tahlil qilindi hamda Toshkent shahridagi deyarli barcha davlat organlari va tashkilotlari tomonidan Farmon ijrosi taʻminlanmasdan, ochiq maʻlumotlar sifatida rasmiy veb-saytlarga joylashtirilishi kerak boʻlgan ijtimoiy ahamiyatga molik maʻlumotlar joylashtirilmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Ushbu farmon talablariga rioya qilmangan hamda targʻibot tadbirlari qoniqarsiz darajada boʻlgan davlat organlari va tashkilotlariga bugungi kunga qadar 74 ta taqdimnoma kiritildi hamda qolgan tashkilotlarning Farmon talablariga rioya etish holatlari tahlil qilinmoqda.

Xulosa qilib aytganda, huquq ustuvor boʻlgan jamiyatni barpo qilishda aholining huquqiy savodxonligi darajasi hal qiluvchi omillardan biri hisoblanadi. Shu sababli, huquqiy ong va madaniyat borasida qilinishi kerak boʻlgan ishlarimiz juda koʻp.

Zero, har bir fuqaroning islohotlarni amalda xis etishni taʻminlash orqali huquq ustuvor boʻlgan jamiyat va davlat taraqqiyotiga erishish pirovard maqsadlarimizdir.