Янгиликлар
11
Bir murojaat izidan
Yangihayot tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 3-dekabrdagi “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 31-sonli Qarori ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazilganida 15 ta mahalla fuqarolar yig‘ini raislarining obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari 2022-yil 7-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qisim 1-bandiga (shtatlar qisqarganligi) asosan ishdan bo‘shatilgan bo‘lsada, ularga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligi aniqlandi.
Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 109-moddasi 1-bandida ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Tuman adliya bo‘limi tomonidan tuman mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limiga taqdimnoma kiritish yo‘li bilan 15 nafar shaxslarga 23.195.820 so‘m ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berilib, ularning buzilgan huquqlari tiklandi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi