Янгиликлар
11
Adliya ko‘magi bilan fuqaroga pensiya tayinlandi
Adliya ko‘magi bilan fuqaroga pensiya tayinlandi
Fuqaro Z. S Yangihayot tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, pensiya jamg‘armasi tomonidan mehnat staji yetishmasligi vaji bilan nafaqaga (pensiyaga) chiqa olmayotgani ma’lum qilgan.
Murojaati o‘rganib chiqilganida, pensiya jamg‘armasi tomonidan, fuqaro Z.S.ning 1985-yil 24-iyulda, 1988-yil 12-dekabrda va 1990-yil 2-iyunda tug‘ilgan farzandlari uchun bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davri 5 yil 3 oy 18 kundan iborat deb hisoblab, umumiy ish staji 7 yildan kam bo‘lganligi sababli “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunning 8-moddasiga asosan, bor stajga mutanosib miqdorda yoshga doir pensiya tayinlash rad etilgan.
Ushbu holatda bola parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davri Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida nizomning 66-bandiga zid ravishda hisoblangani yuzasidan tuman adliya bo‘limi tomonidan ta’sir choralar kiritilishi natijasida qayta hisoblanib, unga nisbatan yoshga doir pensiya tayinlanishi taʼminlandi.
Toshken shahar adliya boshqarmasi