Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

70 nafar ishdan bo‘shatilgan xodimlarga “ishsizlik nafaqasi” udirildi


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro M.Y. va boshqalarning 23-sonli mehribonlik uyi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilingan bo‘lsada, ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining “Ishonch telefoni”ga qilgan murojaati ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 avgustdagi “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashni tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5215-son Qaroriga muvofiq “Mehribonlik” uylariga topshirilishi rejalashtirilayotgan bolalar Toshkent shahar hokimligining 2021 yil 6 sentyabrdagi 7884-son ko‘rsatmasiga ko‘ra, “Mehribonlik” uylariga joylashtirilishi yuzasidan qaror qabul qilinishida Milliy gvardiya Toshkent shahar boshqarmasi bilan kelishish belgilangan va tarbiyalanuvchilarni qabul qilish to‘xtatilgan.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimining 2022 yil 3 fevraldagi 97-14-0-Q/22-son qarori va Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasining 2022 yil 7 fevraldagi 29-son buyrug‘iga ko‘ra, 23-sonli mehribonlik uyining faoliyati tugatilgan va barcha xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

 Vaholanki, Ish beruvchining ishdan bo‘shatish haqidagi buyrug‘ida faqtgina Mehnat kodeksining 151-moddasiga asosan foydalanilmagan mehnat ta’tili uchun kompensasiya to‘lash belgilangan. 

Biroq, Mehnat kodeksining 109-moddasiga asosan ishdan bo‘shatish nafaqasini to‘lash ko‘rsatilmagan. 

Xolbuki, Mehnat kodeksining 109-moddasiga asosan mehnat shartnomasi bekor qilingan quyidagi hollarda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi:

- ish beruvchining tashabbusi bilan, xodim o‘zining mehnat vazifalarini bajarmaganligi sababli shartnomaning bekor qilinishi bundan mustasno;

- taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, ushbu Kodeksning 106-moddasi 1 va  2-bandlarida nazarda tutilgan holatlarga binoan. Mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 106-moddasi 4-bandiga binoan bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanadi, ishga qabul qilish yuzasidan belgilangan qoidalar xodimning aybi bilan buzilgan hollar (sudning muayyan lavozimni egallash yoki muayyan faoliyat turi bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish haqidagi hukmini yashirish, soxta hujjatlar taqdim etish va hokazo) bundan mustasno;

- xodim yangi mehnat shartlari asosida ishni davom ettirishni rad etganligi sababli (89-moddaning to‘rtinchi qismi).

Ishdan bo‘shatish nafaqasining miqdori o‘rtacha oylik ish haqidan kam bo‘lishi mumkin emas.

shu bois, o'rganishlar natijasida ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lab berilmagan xodimlarning manfaatida javobgar 23-son mehribonlik uyi va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasiga nisbatan fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudiga jami 70 ta da’vo ariza kiritildi to‘liq qanoatlantirildi, jumladan sudning qarorlariga asosan 70 nafar fuqaroga 161 821 000 so‘m miqdoridagi ishdan bo‘shatish nafaqalarini undirish belgilandi.


M.Boboraimova - Toshkent shahr adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i