Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Toshkent shahar adliya boshqarmasi da’vosi bilan tadbirkordan asossiz olib qo‘yilgan pul mablag‘lari qaytarildi


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan MChJ rahbari Sh.Uning “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan noqonuniy qayta hisob kitob qilingan holda jamiyat hisobidan 96 628 634 so‘m asossiz olib qo‘yilganligidan norozi bo‘lib qilgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganishlar davomida MChJ hamda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Olmazor tuman ETK bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq elektr ta’minoti uchun bir stavkali tarif asosida foydalanilgan elektr ta’minoti uchun haq to‘lab kelingani ma’lum bo‘ldi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalanish” qoidalarining 150-bandiga muvofiq I tarif guruhiga ulangan quvvati 750 kVA va undan ortiq bo‘lgan, elektr energiyasi uchun tabaqalashtirilgan tarif bo‘yicha hisob-kitob qilinadigan iste’molchilar kirishi lozimligi ko‘rsatilgan va mazkur qoidaning 61-bandida esa, Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bilan elektr ta’minoti shartnomasi tuzilgandan keyin iste’molchining aybi bilan iste’molchini tegishli bo‘lmagan tarif guruhiga kiritish holati aniqlanganda, hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan shartnoma tuzilgan paytdan, biroq da’vo muddatidan ortiq bo‘lmagan davr uchun qayta hisob-kitob qilinishi ko‘rsatilgan.

Biroq, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ Olmazor tuman ETK xodimi tomonidan olib borilgan o‘rganishda rasmiylashtirilgan dalolatnomalarga asosan asossiz qarzdorlik hisoblanib 96 627 634 so‘m miqdorida pul mablag‘lari olib qo‘yilgan.

O‘rganishlar natijasida, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan tadbirkorlik subyektining manfaatlari yuzasidan 2022-yilning 1-mart kuni Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritildi va mazkur sudning 29-martdagi hal qiluv qarorida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hisobidan MChJ foydasiga 96 627 634 so‘m asosiy qarz, 21 600 so‘m pochta xarajati va davlat foydasiga 1 932 552 so‘m davlat boji undirilishi belgilanib, tadbirkorlik subyektining buzilgan huquqlari tiklandi.

A.Muxamedbaev - Toshkent shahar adliya boshqarmasi Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish bo‘limi boshlig‘i