Янгиликлар
20
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Media-tur tashkil etildi.
Mamlakatimizda adliya tizimida ma’muriy islohotni amalga oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, joriy yil 17 mart kuni Prezidentimizning “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmon bilan adliya tizimida yagona boshqaruvni joriy qilish uchun Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi bevosita Adliya vazirligiga, ularning hududiy tuzilmalari esa hududiy adliya organlariga qo‘shildi. Vazirlik tizimidagi bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalar qayta ko‘rib chiqilib, qisqartirildi.
Ushbu islohotlar natijasida endilikda Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, tuman davlat xizmatlari markazlari va ularning filiallari hamda FHDY organlari o‘z ishini tuman adliya bo‘limlari tarkibida davom ettirishi munosabati bilan ularni yagona ma’muriy binoga joylashtirildi.
Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini, ayniqsa o‘rta va quyi bo‘g‘inda huquqiy jihatdan ta’minlash hamda ularga sifatli va professional yuridik xizmat ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida respublikaning barcha tumanlarida Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etildi.
Bugungi kunda, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat organlari va tashkilotlarining tuman bo‘linmalari sifatida moliya bo‘limi, xalq ta’limi bo‘limi, maktabgacha ta’lim bo‘limi, madaniyat bo‘limi, tibbiyot birlashmasi, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, davlat o‘rmon xo‘jaligi, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi bo‘limi, obodonlashtirish boshqarmasi, irrigasiya bo‘limi, qurilish bo‘limi, veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi ko‘rsatilgan va ushbu tashkilotlarga Yuridik xizmat ko‘rsatish Markazlari tomonidan sifatli yuridik xizmat ko‘rsatib kelinmoqda. (2022 yilning 6 oylik davomida 42 ming 967 ta xujjatga xulosa berilgan)
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan adliya organlariga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib, bir qator e’tiborga molik ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, shu kunga qadar boshqarma va tuman adliya bo‘limlariga kelib tushgan 5 ming 30 ta murojaatning 4 ming 65 tasi yoki 81% hal qilinishi ta’minlandi.
O‘tkazilgan 199 ta monitoring o‘rganishlarda aniqlangan jami 49 ming 526 ta qonun buzilishi holatlarini aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga 2 ming 942 ta taqdimnoma, sudlarga jami 6,5 mlrd. so‘mlik 421 ta da’vo arizalari kiritilishi hamda huquqbuzarlarga nisbatan 857 ta ma’muriy materiallar rasmiylashtirilishi ta’minlandi.
Kiritilgan taqdimnoma asosida 4,3 mlrd so‘m hamda da’vo arizalari asosida 2,7 mlrd. so‘m pul mablag‘lari yuridik va jismoniy shaxslarga undirib berilishi, 1 ming 838 nafar aybdor shaxslarning intizomiy va 759 nafar shaxsning ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Shuningdek, qonun hujjatlariga nomuvofiq bo‘lgan 1 ming 985 ta hujjatlar bekor qilinishi ta’minlandi.
Hozirgi kunda, Toshkent shahri bo‘yicha 221 ta notariuslar faoliyat yuritmoqda. Ushbu notariuslar tomonidan 636 324 ta notarial harakatlar amalga oshirildi, shu bilan birga, Boshqarma tomonidan 24 249 ta hujjatlarga apostil qo‘yilishi ta’minlandi.
Poytaxtimizdagi 12 ta tuman Davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga 565 ming 308 ta davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Shuningdek, 51 ming 77 ta nafar fuqaro xizmatlardan mustaqil ravishda elektron tizimlar orqali foydalandi.
Bugungi kunda Toshkent shahrida 10 tuman Davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirilmoqda. Mazkur markazlarimiz hamda orqali shaxsni tasdiqlovchi ID-karta berish ham joriy qilinib, shu kunga qadar 10 000 nafardan ortiq fuqarolar mazkur xizmatdan foydalandi.
Shuningdek, Toshkent shahri bo‘yicha FHDY organlari jami 17 tani tashkil etadi. Shundan, 12 ta tuman FHDYO bo‘limlari, 4 ta nikoh uylari, 1 ta FHDY arxivi faoliyat yuritmoqda.
Ushbu FHDY organlari tomonidan 67 ming 822 ta guvohnomalar berilgan bo‘lib, shundan, 17 ming 386 ta tug‘ilganlik, 19 ming 294 ta nikoh tuzilganligi, 6 ming 155 ta nikohdan ajralganlik, 24 ming 987 ta o‘lim guvohnomalari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, FHDY bo‘limlari tomonidan 35 986 ta tug‘ilganlikni qayd etish, 9 515 ta nikoh tuzilganligini qayd etish, 2 978 ta nikohdan ajralganlikni qayd etish harakatlari amalga oshirilgan.
2022 yil 1 yarim yilligida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 15 ming 3 ta yangi tadbirkorlik subektlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi