Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha E’LON


Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo‘sh ish (vakant) lavozimlarga ishga qabul qilish bo‘yicha
E’LON
Lavozimlar ro‘yxati:
T/r    Tuman nomi    Lavozim nomi    Shtat birligi
1.    Toshkent shahar adliya boshqarmasi    Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi    1
2    Olmazor tumani    DXM Telefon xizmati ko‘rsatish va servis bo‘limi (sho‘ba)  (Call-markaz) aloqa operatori    1
3.    Chilonzor tuman    DXM Telefon xizmati ko‘rsatish va servis bo‘limi (sho‘ba)  (Call-markaz) aloqa operatori    1
4    Chilonzor tuman    DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho‘ba) hisoblash texnikasi operatori    1
5    Bektemir tuman    DXM Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi (sho‘ba) hisoblash texnikasi operatori    1
Jami 4 ta shtat birligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchi
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
boshqarma faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari (keyingi oʼrinlarda OAV deb yuritiladi), ijtimoiy tarmoqlar, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan matbuot anjumanlari, brifinglar, mediaturlar tashkil etish yoʼli bilan aholiga muntazam, toʼliq va tezkor ravishda axborot taqdim etib borish;
•  boshqarma boshlig‘i, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i tomonidan unga berilgan topshiriq va ko‘rsatmalarni to‘liq, sifatli hamda muddatida bajarilishini ta’minlaydi;
•  boshqarma boshlig‘ining topshirig‘iga ko‘ra boshqa xodim ish joyida bo‘lmaganda uning vazifasini bajaradi;
•  boshqarma boshlig‘i taqsimoti asosida tarkibiy tuzilmalarining tegishli yo‘nalish bo‘yicha (sho‘basi) faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan nazorat olib boradi va amaliy yordam ko‘rsatadi;
•  boshqarmada mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy taraqqiyoti jarayoni haqida axborot berish va yoritish boʼyicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirish;
•  boshqarmaning ijobiy imijini shakllantirish va ilgari surish, ijtimoiy soʼrovlar oʼtkazish va boshqa shakllarda jamoatchilik fikrini oʼrganish;
•  muntazam ravishda OAVda boshqarma rahbariyatining chiqishlarini tashkil etish;
•  axborot makoni monitoringini olib borish va tahlil qilish, tanqidiy va keng muhokama qilinayotgan axborot xurujlariga tezkor munosabat bildirish, OAV va Internet tarmogʼida boshqarma faoliyatiga aloqador axborotni tarqatish boʼyicha ishlarni tashkil qilish;
•  mahalliy va xorijiy OAV orqali tarqatish uchun xabar, maʼlumot, sharh va boshqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlash;
•  boshqarma faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bazasini shakllantirish va yangilab borish.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
  huquqshunoslik mutaxassisligi yoki jurnalistika mutaxassisligi boʼyicha oliy maʼlumotga ega boʼlish;
•  mutaxassislik boʼyicha kamida 1 yil ish staji;
•  davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
•  shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.


Hisoblash texnikasi operatori:
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
•    banklar va kredit byurolari, ularning filial va vakolatxonalaridan tashqari barcha tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ishlarini tashkillashtirishda markaz xodimlariga ko‘maklashish;
•    ariza beruvchilarning vakolatli organlar bilan kontaktsiz o‘zaro hamkorlik qilishini ta’minlash;
•    arizalarning vakolatli organlarga ular bo‘yicha qaror qabul qilish
va ularni tegishli ravishda rasmiylashtirish uchun o‘z vaqtida berilishini ta’minlash;
•    serverlar va ishchi stansiyalarga tarmoqlararo dasturiy ta’minotini o‘rnatish va serverdagi tizimni konfiguratsiyalash;
•    fayl-serverlar, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi serverlari
va kompyuterlardagi (ishchi stansiya) dasturiy ta’minotni integratsiyalash (o‘zaro bog‘lash)ni ta’minlash;
•    serverlar va ishchi stansiyalar dasturiy ta’minotining yaroqligini ta’minlash;
•    foydalanuvchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish, identifikator va parollarni berish.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
•    axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo‘yicha oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
•    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
•    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
Aloqa operatori:
I. Faoliyat yo‘nalishi va funksiyalari:
•    “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash;
•    tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish, ruxsat berish va litsenziya tartibotlaridan o‘tishda shaffoflikni ta’minlashda ko‘maklashish;
•    davlat organlari va davlat xizmatlari ko‘rsatadigan boshqa tashkilotlar bilan mustahkam o‘zaro hamkorlik o‘rnatish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siqlarga yo‘l qo‘ymaslik;
•    tadbirkorlik sub’ektlariga axborot yordami ko‘rsatish, shu jumladan davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatlari to‘g‘risida bepul konsultatsiyalar berish;
•    tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan telefon orqali berilgan savollarga to‘liq javob berishi yoki malakali mutaxassis bilan bog‘lanishni ta’minlash;
•    telefon tarmog‘ining uzluksiz ishlashini ta’minlash.
II. Lavozimga oid rasmiy talablar:
•    oliy yoki o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lish;
•    davlat tilini mukammal darajada bilish (rus va ingliz tillarini bilish ustunlik beradi);
•    shaxsiy xususiyatlar: mehnatsevarlik, xushmuomalalik, diplomatiya, vazminlik, vijdonlilik.
MA’LUMOT UChUN:
Murojaat muddati va manzil:
Nomzodlar 2022-yil 22-noyabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining https://vacancy.adliya.uz/ saytiga kirib ro‘yxatdan o‘tishlari hamda belgilangan tartibda hujjatlarni yuklagan holda mutaxassisligiga mos bo‘lgan lavozimni tanlab yuborish tugmasini bosish lozim. (ma’lumot uchun telefon: 71-203-60-06)
Ishga qabul qilish tartibi va savollar doirasi bilan https://www.minjust.uz/uz/about/jobs/vac_questions/ havola orqali tanishishingiz mumkin.
Adliya organlari va muassasalariga ishga qabul qilish tartibi buzilgan taqdirda yoki korrupsiya holatlari haqidagi xabarlarni Adliya vazirligining 207-04-64 telefon raqamiga yoki @antikorbot telegram kanali orqali hamda 1008 qisqa raqami orqali habar berishingiz mumkin.
Nomzod faqat bitta lavozimga hujjatlarini yuborishi hamda test sinovlari boshlanganligi to‘g‘risidagi habar yuborilgan vaqtdan boshlab 48 soat davomida test sinovlarini topshirgan bo‘lishi lozim.