Янгиликлар
15.10.2024
Toshkent shahridagi ba'zi notariuslarning faoliyati vaqtincha to'xtatildi.
Faoliyati vaqtincha to'xtatilgan notariuslar ro'yxati
09.10.2024
"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi amalda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Yunusobod tumani “Bog'i-Eram” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy o'g'ir ahvolga tushib qolgan 5 ta oila vakillari bilan uchrashildi.
O’rganishlar davomida oilalarning muammolari tinglanib, tez fursatlarda ijobiy hal etish choralari ko'rilib, shu bilan birga ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholining meros, kadastr hujjatlarini tayyorlash, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya hamda boshqa masalalar bo'yicha muammolari o'rganildi.
07.10.2024
Yoshlarni hayotga tayyorlash bo'yicha oʻquv mashgʻulotlari
Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan „HILTON” mehmonxonasida joylashgan Shayxontohur 2-son FHDY boʻlimida yoshlarni hayotga tayyorlash bo'yicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Nikoh qurish istagida boʻlgan yosh kelin-kuyovlar va uzoq yillardan buyon baxtli yashab kelayotgan ibratli oilalalar vakillari ishtirokida o’tkazilgan oʻquv seminari yoshlar uchun ko’plab foydali ma’lumotlarga boy o’tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Gʻulomovlar oilasi oʻzlarining ibratli hayot yoʻllari haqida yoshlarga gapirib berishdi. Mutaxassislar ham oilaning jamiyatdagi o‘rni va mustahkam bo‘lishi uchun kerakli bilimlarni ulashishdi.
Seminar yakunida mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasidagi 15 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi.
04.10.2024
Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun mohiyati hamda bugungi kunda mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
02.10.2024
Nikoh ostonasidagi yoshlar uchun seminarlar tashkil etilmoqda
Poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, oilaviy psixolog, diniy idora vakillari ishtrokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "Baxtli oila sirlari" mavzusida seminar otkazildi.
Ushbu seminarda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tibbiy, psixologik bilimlar bilan bir qatorda oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni dunyoga keltirib ularni yurtimizga munosib farzandlar sifatida tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish kabi mavzularda darslar o’tildi.
Nikohlanuvchi yoshlarni qiziqtirgan ko’plab savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Seminar yakunida yigirmadan ortiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
01.10.2024
1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizdagi barcha ustozlar va murabbiylarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi!
30.09.2024
O‘quvchilar uchun ochiq dars tashkil etildi
Poytaxtning Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazida Toshkent shahar yuridik texnikumi 1 va 2 bosqich o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali darslar tashkil etildi.
O‘quvchilar bu yerda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari hamda yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mavzusidagi amaliy darslarda ishtirok etishdi.
Sayyor dars davomida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi bir qator yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob olishdi.
27.09.2024
Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbir avvalida Inson resurslari sho‘basi boshlig'i Adham Isakov yig’ilganlarni boshqarma boshlig‘ining xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risidagi yangi buyruqlari bilan tanishtirdi.
Shuningdek, Huquqiy axborot sho‘basi boshlig'i Mahliyo Turdiyeva o‘tgan hafta davomida qabul qilingan muhim va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlar va yangiliklarni tadbir ishtirokchilariga birma bir tanishtirib o‘tdi.
27.09.2024
Yoshlar uchun „Ochiq eshiklar kuni”
Uchtepa tumani FHDY bo‘limida Toshkent shahar yuridik texnikumi o’quvchilari uchun „Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
O‘quvchilar FHDY idoralarining faoliyati bilan yaqindan tanishib, nikohni qayd etish, nikoh O‘zbekiston xalqining an’anaviy oilaviy qadriyatlariga, nikohlanuvchilarning ixtiyoriy roziligiga va teng huquqliligiga asoslanishi, davlat tomonidan oilaning to‘laqonli rivojlanishi uchun ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va boshqa shart-sharoitlar yaratilayotganligi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lishdi.
Tadbirda o‘quvchi yoshlarga har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog‘liq ekanligi, oilaning muqaddasligi sabab, bu qadriyatlar Konstitutsiyamizga alohida bob qilib kiritilganligi haqida ham aytib o‘tildi.
Ushbu tashrif mobaynida o’quvchilar o’zlari tanlagan kasblariga bo’lgan qiziqishlari yanada ortdi va ko’plab savollariga soha egalaridan atroflicha javoblar olishdi.
27.09.2024
Mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarning o‘z brendini yaratish bo‘yicha tushuncha va ko‘nikmalari oshirildi
Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar boshqarmasi, Toshkent shahar Investisiyalar sanoat va savdo boshqarmasi hamkorligida Toshkent shahar hokimligi binosida xalqaro brend menejerlar va mahalliy ilg‘or tadbirkorlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi.
Mazkur davra suhbatida “Sanoat sohasida nufuzli xalqaro brendlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va milliy brendlarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2024-yil 7-avgustdagi Prezident qarorining mazmun-mohiyati, ushbu qaror bilan nufuzli xalqaro brendlar va milliy brendlar ro‘yxatiga kiritilgan brend egalariga yaratib berilayotgan imkoniyatlar va yangiliklar haqida yig’ilganlarga ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, tadbir davomida mahalliy ilg‘or tadbirkorlar o‘zlarining muvaffaqiyatli brend yaratish tajribalari bilan o‘rtoqlashishdi.
Новости 1 - 10 из 809
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец