Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Munosabat!


“Ichki ishlar organlariga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi” sarlavhasi bilan ijtimoiy tarmoqlarda turqalgan xabar yuzasidan Adliya vazirligi munosabat bildiradi.

 

Toshkent shahar adliya boshqarmasida oddiy aloqa operatori lavozimida ishlab kelgan, 1992-yil Urganch shahrida tugʻilgan shaxs oʻzining mansabdor yaqin tanishlari orqali ichki ishlar organlariga moʻmay pul evaziga oson ishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oʻtkazilgan tezkor tadbirda vositachi orqali pulni olgan vaqtida ushlanganligi haqida 2025-yil 26-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda xabar tarqaldi.

Mazkur xabar yuzasidan oʻrganish oʻtkazilib, maʼlum boʻlishicha xabarda “uddaburon” adliya xodimi deb qayd etilgan shaxs, 2023-2025-yillar Yakkasaroy tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi aloqa operatori lavozimida faoliyat yuritganligi, xodimning oʻz arizasiga koʻra 2025-yil 7-apreldan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor boʻlganligi maʼlum boʻldi.

Shuningdek, ushbu holat adliya organi xodimining bevosita mansab va xizmat vazifasiga kirmaydigan masala yuzasidan sodir etilganligini qayd etish zarur.

Oʻz navbatida, Adliya vazirligining oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarida korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va unga sabab boʻluvchi omillarga nisbatan murosasiz munosabat shakllangan boʻlib, vazirlik oʻz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri sifatida aynan korrupsiyaga qarshi keskin va tizimli kurashish belgilangan.

Mazkur yoʻnalishda soʻnggi yillarda qator ustuvor va samarali chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Xususan,

sohada raqamlashtirish jarayonlari jadal surʼatlarda amalga oshirilib, bu oʻz navbatida inson omilini kamaytirish, byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish, jarayonlarni shaffoflashtirish hamda fuqarolar uchun davlat xizmatlarini tez, oddiy, shaffof va korrupsiyasiz tarzda taqdim etishga xizmat qilmoqda.

Adliya organlari va muassasalarida xodimlarning halollik standartlari joriy etilib, har bir xodimdan qonuniy va vijdonan xizmat qilish qatʼiy talab etiladi.

Shuningdek, xodimlar bilan muntazam ravishda huquqiy targʻibot va etika treninglari oʻtkazilib, korrupsiyaga qarshi profilaktik va preventiv choralar amalga oshirilmoqda va korrupsiyaviy xatarlarni bartaraf etish mexanizmlari mustahkamlanmoqda.

Shu bilan bir qatorda, adliya organlari va muassasalari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqida tezkor xabar berish uchun Ishonch telefonlari hamda maxsus aloqa kanallari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, har bir fuqaro adliya tizimidagi qonunga zid holatlar haqida murojaat qilishi va har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, qonuniy choralar koʻrilishi kafolatlanadi.

Shu bilan birga, Adliya vazirligi barcha fuqarolarni noqonuniy taklif va vaʼdalarga ishonmaslikka, faqat belgilangan rasmiy tartiblar orqali murojaat qilishga chaqiradi.