Янгиликлар
16
Bilimli yoshlar – huquqiy jamiyat poydevori!
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti akademik litseyida o’quvchi-yoshlar ishtirokida navbatdagi mahorat darsi tashkil etildi.
Mahorat darsida adliya vazirligi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i X.Sabirov va Mirzo Ulug‘bek tumani davlat xizmatlari markazi direktori Z.Xakimova tomonidan o‘quvchilarga amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyat va sharoitlar haqida keng tushunchalar berildi.
Mahorat darsi davomida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi va ularning fikr-mulohazalari tinglandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar ongida qonunlarga hurmat, mas'uliyat, va ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi.