Янгиликлар
21.10.2026
Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik — e’tibor markazida
Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan mualliflikni himoya qilish oyligi doirasida Toshkent transport texnikumida “Mualliflik huquqi, plagiat va akademik halollik” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilarga mualliflik huquqining mazmun-mohiyati, intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, ilmiy va ijodiy faoliyat natijalaridan qonuniy foydalanish tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, plagiat tushunchasi, salbiy oqibatlari, o‘zgalarning fikri va ijodiy ishlaridan foydalanishda manbalarni to‘g‘ri ko‘rsatish hamda akademik halollik tamoyillariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Seminar-trening yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish va intellektual mulkka hurmat bilan munosabatda bo‘lish madaniyatini mustahkamlashga xizmat qildi.
20.10.2026
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yarataylik!” shiori ostida yoshlar bilan ochiq davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Chilonzor tumani adliya bo‘limi mas’ul xodimi Abror Berdiev ishtirok etib, talabalarga huquqiy savodxonlikning ahamiyati, qonunlarga hurmat va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritdi.
Ochiq muloqot davomida talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan tegishli tushuntirishlar berildi.
16.10.2026
Yoshlar kuni: Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Yoshlar kuni: Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
Toshkent shahrida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar tashkil etildi.
Yakkasaroy tumani — tuman adliya bo‘limi boshlig‘i E.Askarov yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, ta’lim, bandlik, tadbirkorlik va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.
Mirobod tumani — 328-sonli maktabda “Sening g‘oyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida intellektual mulk huquqiga bag‘ishlangan ochiq dars tashkil etildi.
Yashnobod tumani — 204-sonli maktabda o'tkazilgan tadbirda diniy ekstremizm, terrorizm tushunchasi hamda huquqiy oqibatlari xususida ma’lumotlar berildi.
Shayxontohur tumani — 132, 324-sonli maktablarda “Sening g‘oyang, sening ijoding, sening huquqing” mavzusida ochiq dars tashkil etildi.
Bunday tadbirlar yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish hamda jamiyat hayotidagi faolligini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
14.10.2026
Oila – muqaddas dargoh
Oila – muqaddas dargoh
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi yuzasidan, Shayxontohur tumanida yosh nikohlanuvchilarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha navbatdagi seminar tashkil etildi.
Tadbir tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, diniy idora vakillari hamda tuman 1-son FHDY bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Mazkur o‘quv mashg‘ulotlari orqali yosh nikohlanuvchilar turmush qurishdan oldin zarur bo‘lgan asosiy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.
Jumladan, ularga tibbiy madaniyat, sog‘lom nasl tarbiyasi, oilaviy munosabatlarda sabr-toqat, mehr-oqibat, hamjihatlikning o‘rni, oilaviy muammolarni tinch yo‘l bilan hal etish ko‘nikmalari, qonunchilik normalari, farzand tarbiyasi, shuningdek, oila muqaddasligi kabi dolzarb yo‘nalishlarda amaliy tushunchalar berildi. Tadbir yakunida yoshlarga sertifikatlar topshirildi.
09.10.2026
“O‘qituvchilarga ehtirom” — huquqiy himoya amalda!
“O‘qituvchilarga ehtirom” — huquqiy himoya amalda!
Adliya vazirligi tashabbusi bilan joriy yilning 25-sentabr - 15-oktabr kunlari mamlakatimiz bo‘ylab 1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan, Shayxontohur tumanidagi 102-maktabda pedagog xodimlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Tadbir avvalida o‘qituvchi va murabbiylarning jamiyat hayotida o‘rni beqiyos ekanligi, ularning mashaqqatli mehnati yosh avlod kamolotida poydevor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlandi.
Qabul davomida o‘qituvchilarning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar o‘rganildi.
Shuningdek, o‘qituvchilarga ta’lim sohasidagi yangiliklar, bugungi kunda o‘qituvchilar uchun belgilangan imtiyoz, subsidiyalar va boshqa yengilliklar haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.
08.10.2026
Korrupsiyaga qarshi kurash — barchamizning mas’uliyatimiz!
Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida Uchtepa tumani adliya bo‘limi tomonidan “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas’ulmiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbir davomida korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri, uning oldini olish, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish hamda qonuniylik va halollik tamoyillariga rioya etish masalalari muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash — faqat davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning burchi va mas’uliyatidir.
Zero, halollik va qonuniylik ustuvor bo‘lgan jamiyatgina barqaror taraqqiy etadi.
07.10.2026
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul
“O‘qituvchilarga ehtirom” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul
Adliya vazirining tegishli buyrug'iga asosan o‘tkazilayotgan "O‘qituvchilarga ehtirom" huquqiy aksiyasi doirasida pedagog xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda amaliy yechim topish maqsadida Yashnobod tumanidagi 61-maktab binosida Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida 21 nafar pedagog o‘qituvchilar murojaat qilib, ularning 16 tasi joyida hal etildi va 5 ta murojat tegishli tartibda ko'rib chiqish uchun ish yurituviga olindi.
Shuningdek, 100 nafarga yaqin pedagog va aholi vakillariga o‘qituvchilarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularga berilgan imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar va targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
O‘qituvchi huquqi — doimo e’tiborda!
28.08.2026
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
“Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!”
O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan adliya boshqarmasida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Tadbir avvalida boshqarma tizimida o'z samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qo'shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar "O'zbekiston Resbublikasi mustaqilligining 35 yilligi" esdalik nishoni hamda Adliya vazirligining “Faxriy yorlig‘i”, “Esdalik soati” bilan taqdirlanganligi e'tirof etildi.
Shuningdek, boshqarma tizimida o'z samarali mehnati bilan yagona huquqiy siyosatni amalga oshirishga qo'shib kelayotgan hissasi uchun bir guruh xodimlar rag'batlantirildi va Faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
03.07.2026
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2026-yil 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar haqida MA’LUMOT
Hisobot boshqarma
1-шакл, 2-шакл, 3-шакл, 5А-шакл, 5-шакл, 6-А-шакл, 6-шакл, 7-шакл, 8-шакл, 11В-шакл, 11-шакл, 12-шакл, 12А-шакл, 13a-шакл, 13-шакл, 14-шакл, 16-шакл, 17В-шакл, 17-шакл, 18-шакл
29.06.2026
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi
Xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariusning litsenziyasi tugatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasining tegishli buyrug‘i bilan Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullangan notarius Xaydarova Dilbar To‘xtamurodovnaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi L-6642211 raqamli litsenziyaning amal qilishi va notarius maqomi tugatildi.
Новости 1 - 10 из 1208
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец