Янгиликлар
12
“Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamiz” mavzusida Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi hamda tegishli soha mutaxassislari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifamiz” mavzusida Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar ishtirokida tadbir tashkillashtirildi.
Tadbir davomida adliya organlari va muassasalari xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni oldini-olish, korrupsiyaga olib keluvchi sabablarni bartaraf etish va ushbu sohadagi ishlarni kuchaytirishga doir masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tadbir davomida tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.