Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06.08.2025 Munosabat!

Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda 04.08.2025 Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaziga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida yoshlarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, inson ma’naviyati, oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 50 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Adliya xodimlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilmoqda 01.08.2025 Adliya xodimlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilmoqda
Poytaxtning Mirobod tumani "Avloniy" MFY va Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahallalarida “Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi. Adliya xodimlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabul, uyma-uy yurish tadbirlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi.

"2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan aholiga targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Oilalarni ajrimdan saqlab qolish  choralari ko‘rilmoqda 31.07.2025 Oilalarni ajrimdan saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda
Sergeli tumanidagi mahallalarda muammoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikning profilaktikasi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali ajrimlarning oldini olish maqsadida tuman FHDY bo‘limida o‘quv seminar  tashkil etildi.

Seminarda oilalarni faol ijtimoiy hayotga jalb etish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, mutaxassislar jalb etilib, psixologik trening hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.

Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi 30.07.2025 Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi
Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun navbatdagi seminar mashg’ulotlari o'tkazildi.

Turmush qurish arafasida turgan yoshlarga psixolog, diniy idora vakillari va namunali oila egalari oila hayotidagi mas’uliyat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va ishonch muhimligi haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi va uni asrab-avaylash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ongida oilaga jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi 01.07.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi

Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH 1990-yilda Farg'ona viloyatida  tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

Z.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

05.06.2025 Munosabat!

Oila muqaddas qo‘rg‘ondir 13.05.2025 Oila muqaddas qo‘rg‘ondir
Jamiyatda oila institutini mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish maqsadida Yakkasaroy tumanida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda yangi hayotga qadam qo‘ygan yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida oilaviy munosabatlarning huquqiy asoslari, oilaviy hayot psixologiyasi hamda milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning ahamiyati haqida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Tadbir yakunida yosh oilalarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 12.05.2025 Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Har bir fuqaro — e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko‘rsatish, fuqarolarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini yanada kengaytirish maqsadida Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan joyiga chiqqan holda davlat xizmatlari ko‘rsatilib kelinmoqda.

Xususan, “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksiyasi  doirasida, Chilonzor tumani adliya bo‘limi tomonidan aholining huquqiy muammolari o‘rganilib, sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Jumladan, 68 yoshli fuqaro Ediye Bayramovaga Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma olish xizmati, 94 yoshli fuqaro Valentina Naplekovaga nikoh to‘g‘risidagi ma’lumotnoma olish xizmati bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Huquqiy aksiya doirasida barcha Davlat xizmatlari markazlari tomonidan sayyor qabullar amalga oshirilmoqda

Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda 12.05.2025 Nikohlanuvchi yoshlar uchun oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Uchtepa tumani FHDY bo'limi tomonidan oilaviy psixolog va diniy idora vakillari ishtirokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "Baxtli oila sirlari" mavzusida seminar o'tkazildi.

Seminarda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tubbiy psixologik bilim bilan bir qatorda, oilada erkak va ayollarning mas'uliyati, vazifalari haqida ham tushunchalar berildi.

Oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish, oilaning mustahkam qo'rg'onga aylantirish uchun oila a'zolarining bir-biriga hurmati, muomala madaniyati, qolaversa ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan mavzularda tushunchalar berildi. Nikohlanuvchi yoshlarning savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Seminar yakunida o'n sakkiz nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.


Новости 91 - 100 из 1149
Начало | Пред. | 8 9 10 11 12 | След. | Конец