Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

"Adliya kuni" tadbirlari 24.07.2024 "Adliya kuni" tadbirlari
Poytaxtning Yunusobod, Yashnobod, M.Ulug’bek, Yakkasaroy, Sergeli va Bektemir tumanlarida o‘tkazilgan "Adliya kuni" tadbirlari doirasida adliya xodimlari sayyor qabullar tashkil etib, uyma-uy yurgan holda mahallalarda  aholi muammolarini o'rganishdi.

O’rganishlar jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning akasariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, qayta o‘rganishni talab etadigan holatlar nazoratga olindi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ham targ'ibot tadbirlari olib borildi.

 Fuqarolarga ko‘p funksiyali interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada kengaytirilmoqda 23.07.2024 Fuqarolarga ko‘p funksiyali interaktiv kiosklar orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatish yanada kengaytirilmoqda
Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazida adliya vaziri Akbar Toshqulov va Birlashgan Arab Amirliklarining “SEDCO” kompaniyasi
bosh direktori Madjdi Al-Beyt Shavish o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilib, kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan va namuna uchun O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning imkoniyat va afzalliklari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimot davomida “SEDCO” kompaniyasi vakillari tomonidan interaktiv kiosklarning dasturiy ta'minotidagi afzalliklari, masofadan monitoring qilish imkoniyatlari hamda fuqarolar tomonidan mustaqil foydalanishdagi qulayliklari tushuntirib berildi.

Shu bilan birgalikda, mazkur kiosklarning texnik qo‘llab-quvvatlash hamda xodimlarda qurilmalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan o‘qitish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida sinov tariqasida O‘zbekistonga olib kelingan 3 turdagi interaktiv kiosklarning texnik xususiyatlarini tajribadan o‘tkazish hamda kelgusida aholi gavjum joylar hamda tuman markazidan uzoqda joylashgan mahallalarga o‘rnatishda hamkorlik qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

"Zukko kitobxon" tanlovining shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi 22.07.2024 "Zukko kitobxon" tanlovining shahar bosqichi g'oliblari aniqlandi
Poytaxtning barcha tumanlarda o’tkazilgan „Zukko kitobxon“ ko’rik tanlovida 120 nafardan ortiq kitobni sevuvchi bilimdon 14 yoshdan 30 yoshgacha bo’lgan yoshlar ishtirok etishgan edi.

Toshkent shahar bosqichida tumanlarda g’oliblikni qo’lga kiritgan bir nafardan yoshlar ishtirok etishdi.

Tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar intellektual savol-javoblar sharti va bir asar tahlili shartlarida o’z bilimlarini sinovdan o’tkazishdi.
Hakamlar tomonidan ishtirokchilar sinovdan o’tkazilib, ular orasidan eng zukko va bilimdonlari tanlab olindi.

1-oʻrin Ortiqova Mehrixon Doniyor qizi Mirzo Ulug‘bek tumani
2-oʻrin Xusniddinov Javohir Vasliddin o‘g‘li Sergeli tumani
3-oʻrin G‘offorova Maxliyo G‘ofur qizi Bektemir tumanidan kelgan ishtirokchilar g’oliblikni qo’lga kiritishdi.  
G’oliblar televizor, book reader va  smart soat bilan taqdirlanshdi.

Ayni vaqtda "Zukko kitobxon" tanlovining  Toshkent shahar bosqichi o'tkazilmoqda. 22.07.2024 Ayni vaqtda "Zukko kitobxon" tanlovining Toshkent shahar bosqichi o'tkazilmoqda.
Unda hududiy bosqichlarda g'oliblikni qo'lga kiritgan yoshlar o'zaro bellashishmoqda.

Ajrim yoqasidagi oila tiklab qolindi 20.07.2024 Ajrim yoqasidagi oila tiklab qolindi
Poytaxt mahallalarida oilaviy munosabatlarni o‘rganish va ajrimlarning oldini olishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Yangihayot tumani  “Olchazor” mahallasida Toshkent shahar oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman FHDY bo’limi hamda “Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash” komissiyasi a’zolari bilan birgalikdalikda ushbu mahallada yashovchi ajrim yoqasiga kelib qolgan 3 nafar oilalar bilan suhbat o‘tkazildi.

Quvonarlisi, mas’ullarning oilalar mustahkamligini ta’minlash, nizoli oilalar bilan ishlash bo‘yicha amaliy sa’yi harakatlari sabab 2 nafar farzandi bo‘lgan yosh oila ajrimdan saqlab qolindi.

Bitirivchilarga diplom topshirildi 19.07.2024 Bitirivchilarga diplom topshirildi
Toshkent shahar yuridik texnikumida  2023/2024 o’quv yili bitiruvchilariga  diplom topshirish tantanali marosimi o’tkazildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i ham ushbu tadbirda ishtirok etib, bitiruvchi yoshlarga mustaqil hayot oldidan omad va muvaffaqiyatlar tiladi.

Bitiruv marosimida 151 nafar o’quvchiga diplomlar tantanali ravishda topshirildi ulardan ikki nafari esa imtiyozli diplom bilan taqdirlandi.

“Adliya kuni” doirasida aholi muammolari o’rganilmoqda 19.07.2024 “Adliya kuni” doirasida aholi muammolari o’rganilmoqda
Poytaxtning Mirobod, Sergeli, Yakkasaroy, Mirzo Ulug‘bek va Shayxontohur tumanlarida “Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.

Adliya xodimlari “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda sayyor qabullar va uyma-uy yurib aholi muammolarini o’rganish vaqtida 70 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitilib, 50 ga yaqin fuqaroning muammolari uyma-uy yurib o’rganildi.

Shuninhdek, “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni yuzasidan ham aholiga keng tushintirish ishlari olib borilmoqda.

Yoshlar muammolari o‘rganilib, hal etilmoqda 19.07.2024 Yoshlar muammolari o‘rganilib, hal etilmoqda

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Shayxontohur tumani „Kamolon darvoza“ MFYda adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning huquqiy va ijtimoiy masalalardagi muammolari tinglandi va hal etish choralari ko‘rildi.

Yoshlardan biri o‘zini o‘zi band qilish maqsadida akvarium yasab sotishni yo‘lga qo‘yishda kerakli asbob uskunalar uchun 20 mln so‘m miqdorda kredit zarurligini aytdi va unga kredit olishida yordam ko‘rsatildi.

Shuningdek, 1-guruh nogironi bo‘lgan yigitga aravacha va yana bir yigitga davolanish uchun moddiy yordam ajratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

 "Adliya kuni" tadbirlari 18.07.2024 "Adliya kuni" tadbirlari
Poytaxtning Chilonzor, Yunusobod, Mirobod va Yashnobod tumanlarida o‘tkazilgan "Adliya kuni" tadbirlari doirasida adliya xodimlari sayyor qabullar tashkil etib, uyma-uy yurgan holda mahallalarda  aholi muammolarini o'rganishdi.

O’rganishlar jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning akasariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, qayta o‘rganishni talab etadigan holatlar nazoratga olindi.

“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ham targ'ibot tadbirlari olib borildi.

Toshkent shahri Adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasiga oid muammolarni o‘rganish va ko‘maklashish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi 17.07.2024 Toshkent shahri Adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasiga oid muammolarni o‘rganish va ko‘maklashish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 16-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi «Intellektual mulk markazi» davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev, Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i N.Muxammadiyev hamda markazning tegishli mutaxassislari ishtirokida Toshkentda sayyor qabul o‘tkazildi.

Mazkur sayyor qabul tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan o‘z ishlanmalariga oid mavjud muammolar bo‘yicha berilgan savollarga javoblar, qo‘shimcha tavsiya va maslahatlar berildi.

Sayyor qabulda, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.


Новости 91 - 100 из 852
Начало | Пред. | 8 9 10 11 12 | След. | Конец