Янгиликлар
07.08.2025
Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi Apellyatsiya kengashining dastlabki majlisi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–188-son qarori bilan Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etilgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘riladigan 17 ta davlat xizmatlari belgilangan.
Shu asosda, Kengash majlisida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra rad etilgan arizalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
06.08.2025
Munosabat!
04.08.2025
Oila ostonasida turgan yoshlar o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaziga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yoshlarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, inson ma’naviyati, oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 50 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
01.08.2025
Adliya xodimlari mahallalarda aholi murojaatlarini qabul qilmoqda
Poytaxtning Mirobod tumani "Avloniy" MFY va Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahallalarida “Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi. Adliya xodimlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabul, uyma-uy yurish tadbirlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi.
"2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan aholiga targ‘ibot materiallari tarqatildi.
31.07.2025
Oilalarni ajrimdan saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda
Sergeli tumanidagi mahallalarda muammoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikning profilaktikasi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali ajrimlarning oldini olish maqsadida tuman FHDY bo‘limida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda oilalarni faol ijtimoiy hayotga jalb etish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, mutaxassislar jalb etilib, psixologik trening hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
30.07.2025
Oila qurish ostonasidagi yoshlarga hayotiy saboqlar berildi
Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun navbatdagi seminar mashg’ulotlari o'tkazildi.
Turmush qurish arafasida turgan yoshlarga psixolog, diniy idora vakillari va namunali oila egalari oila hayotidagi mas’uliyat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va ishonch muhimligi haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi va uni asrab-avaylash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ongida oilaga jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.
01.07.2025
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi buyrug‘i bilan MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi, Bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
MAXMUDOV ZUHRIDDIN MUXAMMEDOVICH 1990-yilda Farg'ona viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy
Z.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Notariat, advokatura va mediatsiya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
05.06.2025
Munosabat!
16.05.2025
"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda
Xususan, Bektemir tumani "Chashma", Olmazor tumani “Allon”, “Achaobod”, Uchtepa tumani "Latifguzar", Shayxontohur tumani "Gulobod", Yangihayot tumani “Marhamat”, Yashnobod tumani "Al-Buxoriy" MFYlarida fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va bu borada bepul huquqiy maslahatlar berish yuzasidan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari o‘tkazildi.
Aholi bilan muloqotda “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda qonunchilikda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlami uchun imtiyozlar, energoresurslar bilan bogʻliq yangiliklar, kiberxavfsizlik, firibgarlik kabi jinoyatlar va uning oqibatlari to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aniqlangan huquqiy muammolar yuzasidan tushuntirishlar berilib, oʻrganish talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
16.05.2025
"Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga" huquqiy aksiyasi davom etmoqda
Shayxontohur tumani adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Gulobod" va "Qoratosh" MFYlarida fuqarolarning mavjud muammolarini aniqlash va hal etish yuzasidan sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari o'tkazildi.
Tadbir davomida, aholiga “my.gov.uz”, “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi haqida ma’lumotlar berildi hamda aholi orasidagi turli muammoli masalalar bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Xususan, “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son Prezident qarori ijrosi yuzasidan “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida ishlab chiqilgan infografikalar tarqatilib, kiberxavfsizlik va firibgarlik jinoyatlaridan himoyalanish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Новости 131 - 140 из 1196
Начало | Пред. | 12 13 14 15 16 | След. | Конец