Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari 02.05.2025 Davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari
Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinib, qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaratish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini tubdan yaxshilash borasida tizimli chora-tadbirlar faol amalga oshirilmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida Ichki ishlar boshqarmasi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda davlat xizmatlari markazlarining mas’ul xodimlari ishtirokida navbatdagi o‘quv seminari o‘tkazildi.

Tadbir davomida davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish biometrik pasportlari, identifikatsiya ID-kartalarini berish va almashtirish xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish to‘g‘risida tushuntirish va tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Seminar muzokara tarzida davom etib, xodimlar faoliyatida duch kelgan muammolar yuzasidan qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

"Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazildi 01.05.2025 "Zukko kitobxon" tanlovi o'tkazildi
Sergeli tumani Adliya bo‘limi tomonidan mahalladagi yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularning dunyoqarashini kengaytirish, jamiyatda kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tumandagi "Birdamlik" mahallasida o‘quvchi yoshlar o‘rtasida "Zukko kitobxon" tadbiri o‘tkazildi.

Tanlov ishtirokchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishlari, teran fikrlashlari hamda ularning dunyoqarashining kengligi, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan xabardorligi sinovdan o’tkazilib, g’oliblar aniqlandi.

Tanlovda g'oliblikni qo‘lga kiritgan o'quvchi yoshlarga esdalik sovg'alari va diplomlar topshirildi.

20 yillik nikoh qonuniylashtirildi 01.05.2025 20 yillik nikoh qonuniylashtirildi
Adliya organlarining bevosita aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda.

Huquqiy aksiya targ‘iboti davomida Uchtepa tumani adliya bo'limi tomonidan tumanning “O‘tkir” mahallasida istiqomat qiluvchi Xashimov Nozimjon va Tuxtayeva Jamilalar 20 yildan ortiq bir oila bo‘lib yashab kelayotganliklari, o‘rtalarida ikki nafar voyaga yetmagan farzandlari borligi, ularning nikohlari qonuniy  rasmiylashtirilmaganligi aniqlangan.

Huquqiy aksiya doirasida Uchtepa tumani FHDY bo'limi tomonidan 20 yillik oilaning qonuniy nikohi qayd etilib, ularga nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma tantanali topshirildi.

Huquqiy aksiya 31-avgustga qadar davom etadi.

Energiya tejamkorligi va samaradorligini oshirish - dolzarb vazifa 01.05.2025 Energiya tejamkorligi va samaradorligini oshirish - dolzarb vazifa
“Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to'g'risida”gi Prezidentning PQ-133-son qarori bilan iqtisodiyot tarmoqlarida, davlat idoralarida va ijtimoiy soha obyektlarida hamda aholi xonadonlarida energiya tejamkorligi va samaradorligini yanada oshirish borasida rahbarlar, hududiy shtablar va ishchi guruhlarning asosiy vazifalari belgilangan.

????Yangihayot tumani adliya bo'limi tomonidan mazkur qaror ijrosi yuzasidan tumandagi maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog xodimlari ishtirokida seminar tashkil etildi.

???? Tadbir davomida ishtirokchilarga mazkur qaror mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, mavzuga oid flayerlar va ko'rgazmali targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Adliya vazirligi Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini o‘rgandi 30.04.2025 Adliya vazirligi Toshkent shahridagi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini o‘rgandi
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Xayrulla Sabirov tuman adliya boʻlimlari, davlat xizmatlari markazlari, FHDY bo‘limlari hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini ko‘zdan kechirib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

????Shuningdek, davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko‘rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish burchaklari faoliyatini kuzatdi.

????Shu bilan birga, davlat xizmatlari markazlari binosidagi navbatsiz xizmat maskani  va “Ziyo ulash”  kutubxona burchagida yanada qulayliklar yaratish haqida tavsiya va zarur ko‘rsatmalar berildi.

“Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” 29.04.2025 “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi”
Chilonzor tumanida probatsiya hisobidagi xotin-qizlar bilan targʻibot tadbiri tashkil etildi.

♻️Tadbirda Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, 1- va 2-son FHDY bo‘limlari, notariuslar, tuman IIOFMB, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, psixologlar va boshqa tegishli mas’ullar ishtirok etib, xotin-qizlarning murojaatlari tinglandi va muammolarini hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

♻️Shuningdek, mas’ullar tomonidan “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qaror yuzasidan aholining huquqiy ongini oshirish, xotin-qizlar oʻrtasida jinoyatchilikni kamaytirish, ularni turli qonunbuzarliklardan himoya qilish, xususan firibgarlik jinoyatlarini oldini olish, bu borada qonunchilikdagi jazo choralari xususida batafsil tushunchalar berildi.

Mirobod tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi 29.04.2025 Mirobod tumanida oilaviy ajrimlarning oldini olishga qaratilgan seminar tashkil etildi
Mirobod tumanida oila va xotin-qizlar bo‘limi va mas'ul tashkilotlar  bilan hamkorlikda mahalla xotin-qizlar faollari ishtirokida seminar tashkil etildi.

????Tadbirda oilaviy ajrimlarning kelib chiqish sabablari, ularni oldini olish va bunda nuroniylarning roli, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda huquqiy savodxonligini oshirish borasida suhbatlashildi.

????Tadbir davomida tuman FHDY bo‘limi mudirasi Gulnoza Pardayeva “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori hamda oila va nikoh munosabatlariga oid qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berdi.

????Shuningdek, ushbu sohada yuzaga kelayotgan muammoli masalalar muhokama qilinib, uning yechimlari yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Halollik va to‘g‘rilik insonning oliy fazilatidir! 28.04.2025 Halollik va to‘g‘rilik insonning oliy fazilatidir!
“Korrupsiyaga qarshi kurash – umummilliy vazifa, har bir vatanparvar yurtdoshimizning vijdon ishidir”
—  Shavkat Mirziyoyev

“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida Yashnobod tumanidagi “Qon preparatlari” IICHK hamda 28-oilaviy poliklinikada xodimlar ishtirokida “Sog‘liqni saqlash tizimini korrupsiyasiz sohaga aylantirish - ustuvor vazifadir”  mavzusida davra suhbatlari o'tkazildi.

Oʼzbekiston "Аdolat" sotsial demokratik partiyasi, tuman adliya bo‘limi va diniy idora vakillari ishtirok etgan ushbu tadbirlarda sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarga korrupsiyaning jamiyat taraqqiyotiga salbiy taʼsiri, uning iqtisodiy-ijtimoiy oqibatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda 28.04.2025 Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha seminarlar tashkil etilmoqda
Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

Sergeli tumani FHDY bo‘limida tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda navbatdagi yosh oila quruvchilar uchun seminar o‘tkazildi.

Tadbirda tumanning tajribali mutaxassislari, jumladan, tuman FHDY bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Ma’naviyat va ma’rifat markazining Sergeli tumani bo‘linmasi, “Oqila ayollar" harakati, diniy idora vakillari, tuman tibbiyot birlashmasi mas’ullari va psixolog ishtirok etib, yoshlarga tibbiy, huquqiy, psixologik, ma’naviy va ma’rifiy hamda diniy masalalarda tushuntirishlar berdilar.

Tadbir yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Inson xotirasi barhayotdir! 25.04.2025 Inson xotirasi barhayotdir!
Vatanimiz ozodligi uchun jonini fido qilgan urush qatnashchilari xotirasiga hurmat ko‘rsatish maqsadida Toshkent shahar adliya boshqarmasi faxriylar kengashining tashabbusi bilan sohada uzoq yillar xizmat qilgan adliya faxriylari “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar.

Tashrif O‘zbek generali Sobir Rahimov haykali, “Mangu jasorat” monumenti, O‘zbek ayolining matonati timsoli sifatida Zulfiya aya Zokirova, uning urushdan qaytmagan besh farzandi hamda beva qolgan to‘rt kelini xotirasiga bag‘ishlangan “Matonat madhiyasi” yodgorlik majmuasi bilan tanishishdan boshlandi.

Bog‘da urush davri manzaralari  aks etgan majmualar, o‘sha davrdagi harbiy texnika va qurol-yarog‘lar ochiq osmon ostidagi ko‘rgazma bilan tanishdilar va muzey kutubxonasiga tashrif buyurdilar.

Ushbu tadbir yana bir bor tinchlik-osoyishtalik, farovon hayot qanchalik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash muqaddas burch ekanligini anglatadi.


Новости 161 - 170 из 1193
Начало | Пред. | 15 16 17 18 19 | След. | Конец