Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

“Mehr ulash” qon topshir 01.11.2024 “Mehr ulash” qon topshir
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari bugun “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etishdi.

Respublika qon quyish markaziga boshqarma xodimlaridan 27 nafari donor sifatida qon topshirishdi.

Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.

Yoshlar muammolari hal etilmoqda 01.11.2024 Yoshlar muammolari hal etilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari Sergeli tumani “Shukrona” MFYda yoshlar uchun sayyor qabul o’tkazdi.

Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o’zlarini qiynayotgan  muammolar  yuzasidan murojaat qilishdi.

Yoshlar asosan ta‘lim olish uchun kontrakt masalalarida yordam, ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda kredit olish va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar so’rashdi.

Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi. 31.10.2024 Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tumani “Ko‘kcha Oqtepa” jome’ masjidi imom-xatibi Abdullajon G‘ulomov ota-onani hurmat qilish, farzandlik burchi va oilada kattalarni e'zozlash kabi mavzulardagi maruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirkorlar diqqatiga! 30.10.2024 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari va intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berish hamda tovar belgisini va geografik ko‘rsatkichlarni  ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirgan tadbirkorlarning talabnomalarini qabul qilish bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi.

Sayyor qabul joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10-30 da Chilonzor tuman adliya bo‘limi binosida (manzil:Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G-uy, Novza masjid yonida) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Siz ham o'z brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi?
Unda ushbu sayyor qabulda ishtirok eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
???? 99 913-33-64

"Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" 29.10.2024 "Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan"
Yangihayot tumani adliya bo'limida  "Mamlakat kelajagi—qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan" g'oyasi asosida yoshlar o'rtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan uchrashuv tashkil etildi.

Unda oliy ta'lim muassasasi talabalari o'quvchi yoshlarning huquq va burchlari, yoshlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar haqida ma’lumotlar berishdi. Shunigdek, huquqshunoslik kasbi va yoshlarda ushbu kasbga nisbatan hurmat va faxr tuyg'ularini shakllantirish haqida fikrlar ilgari surildi.

Ish beruvchi xodimni majburiy tarzda ishdan bo‘shatishi mumkinmi? 29.10.2024 Ish beruvchi xodimni majburiy tarzda ishdan bo‘shatishi mumkinmi?
Yashnobod tumanida ingliz tili fani o‘qituvchisi majburiy tarzda ishdan bo‘shatilgani yuzasidan tuman adliya bo‘limiga murojaat qildi.

O‘qituvchining huquqlari qanday himoya qilingani yuzasidan Yashnobod tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish bosh yuriskonsulti Dilmurod Aʼzamov "Darakchi" gazetasi orqali maʼlum qildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi. 25.10.2024 Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda Yuristlar malakasini oshirish markazi o'qituvchisi Zafarjon Raxmonov  saylov qonunchiligidagi o'zgarishlarga oid  maruzasi bilan ishtirok etdi.

Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari 24.10.2024 Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari
„Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning M.Ulug’bek va Shayxontohur tumanlarida adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan  hamkorlikda "Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.

Mahalla aholisi uchun o’tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolarning uy joy, meros, ijtimoiy yordam, tadbirkorlikni tashkil etish kabi turli masalalardagi murojaatlari eshitilib, belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar berilishi ta'minlandi hamda ularning murojaatlari tegishliligi bo'yicha ish yurituviga qabul qilindi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi 23.10.2024 Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari tayinlandi
Adliya vaziri buyrug‘i bilan Jasur Xudoyorov Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Xudoyorov Jasur Bahrom o'g'li 1991-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2015-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.

U adliya organlaridagi mehnat faoliyatini Mirzo Ulug'bek tuman adliya bo'limi katta maslahatchisi lavozimidan boshlab, adliya boshqarmasi tizimida turli lavozimlarda ishlagan.

J.Xudoyorov shu kunga qadar Toshkent shahar adliya boshqarmasi Rejalashtirish va nazorat-tahlil sho'basi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi J.Xudoyorovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Mahallalarda xotin-qizlarning muammolari o’rganilmoqda 22.10.2024 Mahallalarda xotin-qizlarning muammolari o’rganilmoqda
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani Adliya bo‘limi va Yuridik xizmat kórsatish markazi xodimlari ishtirokida „Yangi kamolon“ maxallalasida sayyor qabul  o‘tkazildi.

Sayyor qabulda mahalladagi xotin- qizlarning ijtimoiy ahvoli o’rganilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi. Mahalla ayollarining turli masalalardagi  murojaatlari yuzasidan 15 nafariga huquqiy yordam koʻrsatildi.


Новости 171 - 180 из 996
Начало | Пред. | 16 17 18 19 20 | След. | Конец