Янгиликлар
06.01.2023
Adliya_yangiliklari
"Sug‘diyona" gazetasining 2022-yil 29-dekabrdagi №52-sonida Olmazor tuman adliya bo'limi boshlig'i Sh.Omonovning "Endi ish beruvchilar homilador ayollarni ham ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi" nomli maqolasi chop etildi.
30.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Yangi_yil
“Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili” muborak bo'lsin!!!
30.12.2022
#Adliyada bayram
#Adliyada_bayram
????Davlat xizmatlari markazlarida bayram shukuhi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda.
????Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez va sifatli xizmat koʻrsatish bilan birgalikda, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan davlat xizmatlari markazi faoliyatiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan fuqarolarga koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida koʻngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, markazlarda fuqarolarga bayram shukuhini ulashuvchi burchak tashkil etilib, sovuq ob-havoda iliqlik ulashilmoqda. Shuningdek, aholiga hush kayfiyat ulashish maqsadida markazga ota-onalari bilan tashrif buyurgan bolajonlarga yangi yil sovgʻalari taqdim etilmoqda.
20.12.2022
#Adliya_aralashgach
#Adliya_aralashgach
“P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.
Boshqarma tomonidan "P.I.N." MChJning arizasi o‘rganib chiqilib, uning manfaatida “P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T ga tegishli turar-joy obyektiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritilgan.
Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yil 14-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan, boshqarma tomonidan kiritilgan shikoyat qanoatlantirilib, murojaatchi "P.I.N." MChJning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
16.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#men_donorman
Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda najot istab, kimningdir yordamiga muhtoj bemorlar uchun qon topshirish aksiyalari olib borilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida ham Toshkent shahar qon quyish markazi "Qon preparatlari" IICHK Sayyor guruhi bilan hamkorlikda "Men Donorman" aksiyasining navbatdagi tadbiri o'tkazildi.
Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu hayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib,???? bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
13.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
✅ Toshkent davlat yuridik universitetida poytaxtimiz Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Mazkur qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan qulayliklar to'g'risida xususan, "my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.
13.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Diqqat_e'lon!
Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur va Yakkasaroy tumanlarida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli ushbu tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
13.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_xabari
Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi
7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 24-noyabrdagi 8/2022-sonli
bayonnomasiga asosan:
1.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Xatamovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
2.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Q.Burliyevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
3.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Yusufbekovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
4.Mirzo Ulug'bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Z.Abdalimovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
5.Chilonzor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Isayevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
6.Uchtepa tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius O.Musayevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.
7.Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius K.Mazakirovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.
12.12.2022
#Ma'lumot uchun
#Diqqat_e'lon!
Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Shayxontahur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
12.12.2022
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonida fuqarolarga qishning sovuq kunlarida ham sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazi binolarida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida issiq ichimliklar ham tarqatilmoqda.
Новости 181 - 190 из 852
Начало | Пред. | 17 18 19 20 21 | След. | Конец