Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

#Kun tarixi 10.12.2022 #Kun tarixi

#Кун_тарихи

???? 10 декабрь (1992 йил)

Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисидаги Қонун (http://lex.uz/docs/38608) қабул қилинган.

Қонунга кўра, Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир. 

Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.

#Adliya_yangiliklari 07.12.2022 #Adliya_yangiliklari
Soha fidoiylari taqdirlandi

Joriy yil 7-dekabrda Toshkent shahar adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 
30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i yig‘ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, Bosh qomusimizga asosan qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishida adliya organlari alohida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Tadbirda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, “Adliya aʼlochisi” ko‘krak nishoni, Adliya vazirligi va boshqarmaning fahriy yorliqlari bilan mukofotlangan boshqarma va uning tizimida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan xodimlarga ushbu nishonlar va fahriy yorliqlar topshirildi.

#Adliya_yangiliklari 06.12.2022 #Adliya_yangiliklari

2022-yilning 6-dekabr kuni "O‘zbekiston havo yoʻllari" AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat transport universiteti professor o'qituvchilari, Toshkent transport prokuraturasi mas'ul xodimi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan "O'zbekiston havo yo'llari" AJning xodimlari va jamoasiga huquqiy  tushuntIrishlar berildi.

#Adliya_aralashgach 02.12.2022 #Adliya_aralashgach

Fuqaro R.R. Sergeli tumani adliya bo‘limiga  murojaat qilib, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Ish hujjatlari o‘rganilganda, fuqaro bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sergeli tuman bo‘limiga umumiy asoslarga ko‘ra murojaat qilgan, biroq ish joyi attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi sababli imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqish to‘g‘risidagi arizasi rad etilganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi. Mazkur ariza natijasida fuqaroga 14 yil davomida haqiqatan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishda ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.

#Adliya_aralashgach 02.12.2022 #Adliya_aralashgach

    Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyining 4 nafar (sobiq) xodimlari tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, mehribonlik uyi faoliyatini to'xtatganligi sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganligi lekin ishdan bo‘shatish nafaqasini ololmaganligidan norozi bo‘lishgan.
     Ushbu murojaatlar bo‘lim tomonidan o‘rganilganda, haqiqatdan ham ularga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan murojaatchilarning manfaatlarini ko‘zlab Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizalari kiritilib, natijasida fuqarolarga 10 555 819 so‘m miqdordagi ishdan bo‘shatish nafaqalari undirib berilishi ta’minlandi.

#Adliya_yangiliklari 02.12.2022 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

O‘zbekiston telekanalining “Mening huquqim” ko‘rsatuvida Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-son Farmonining bugungi kundagi dolzarbligi hamda “Mobile ID” tizimidan foydalanishning qulayliklari haqida huquqiy tushuntirish berildi.

#Adliya_yangiliklari 02.12.2022 #Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari

✅ Fuqarolarga yaratib berilayotgan qulayliklarni ularga yetkazish Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston  Milliy universitetida va tumandagi 49-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Sergeli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.  

✅ Qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan  qulayliklar to'g'risida xususan,  my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va  boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi. 02.12.2022 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi.

https://youtu.be/wHpXyebn_Tk

Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957

Namunaviy_sud_protsessi 01.12.2022 Namunaviy_sud_protsessi
Toshkent shahar yuridik texnikumida 2022-yil 30-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida "Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi. Mintaqaviy bosqichda Toshkent shahar, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o'zaro bellashishdi. ✅ Tanlov nizom talablari asosida tashkil etilib  quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritib Respublika bosqichiga yo'llanma olishdi. ✅ Jinoyat ishlari bo'yicha: ✔️ Toshkent shahar yuridik texnikumi 8-jamoasi ✔️ Jizzax viloyati yuridik texnikumi 1-jamoasi ✅ Fuqarolik ishlari bo'yicha ✔️ Toshkent viloyati yuridik texnikumi yustitsiya jamoasi ✔️ Jizzax viloyati yuridik texnikumi 6-jamoasi ;✅ Tanlov so'ngida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

#Adliya_yangiliklari 01.12.2022 #Adliya_yangiliklari
Yunusobod tumani adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan hamda Konstitutsiyaning 30-yilligi munosabati bilan Yunusobod tumandagi Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-xodimlari va talabalari o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.


Новости 191 - 200 из 852
Начало | Пред. | 18 19 20 21 22 | След. | Конец