Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

O’tgan yilda poytaxtda qancha yangi tadbirkorlar ish boshladi? 06.01.2025 O’tgan yilda poytaxtda qancha yangi tadbirkorlar ish boshladi?
Statistik ma’lumotlarga ko’ra 2024 yilda Toshkent shahrida Davlat xizmatlari markazlari tomonidan 39 317 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari davlat ro’yxatidan o’tkazilgan.
Bular:
21 748 та Yakka tartibdagi tadbirkor;
419 та Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona;
724 та Oilaviy tadbirkorlik subyekti;
504 та Xususiy korxona;
15 539 та Mas’uliyati cheklangan jamiyat va boshqa turdagilari 383 tani tashkil etadi.

Shuningdek, 2024-yil davomida 38 645 nafar jismoniy va yuridik shaxs (subyekt)lari qayta ro’yxatdan o’tkazilgan.

Yosh juftliklar oilaviy hayot oldidan  o’qitilmoqda 04.01.2025 Yosh juftliklar oilaviy hayot oldidan o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tuman FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida o‘quv seminari   o‘tkazildi.

Unda yosh oila quruvchilarga oilani mustahkamlash masalasida huquqiy, tibbiy, diniy, ma’naviy va psixologik darslar o‘tildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom ma‘naviy-ahloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ham suhbatlar olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 25 nafar juftlikka sertifikatlar topshirildi.

Bolajonlarga bayram sovg’alari ulashilmoqda 26.12.2024 Bolajonlarga bayram sovg’alari ulashilmoqda
Yunusobod tumanida joylashgan 87-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabi o’quvchilarini bayram bilan tabriklash maqsadida bugun tuman davlat xizmatlari markazi xodimlari bolajonlar oldiga borishdi.

Yangi yil sovg’alari ulashilar ekan bolajonlar qalbi quvonchga to’lib, markaz xodimlarining shirin so’zlaridan ulkan mehrni his etishdi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi bolajonlarga Yangi yil sovg’alarini ulashib, ularni xursand qilish maqsadida bugun turli manzillarga otlanishgan.

Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda 26.12.2024 Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o'rganishmoqda
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi doirasida poytaxtning M.Ulug’bek va Yakkasaroy tumanlari adliya xodimlari joylarga chiqib,  aholi murojaatlarini o'rganishmoqda.

Aholi xonadonlari, xizmat ko'rsatish nuqtalari va aholi gavjum joylarda fuqarolar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan muammolar haqida murojaatlarni qabul qilishmoqda hamda shu joyning o'zida huquqiy maslahatlar ham berib borishmoqda.

Yoshlar bilan uchrashuv 23.12.2024 Yoshlar bilan uchrashuv
Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bolimi va  “Madad” NNT  xodimlari  ishtirokida Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Milliy tadqiqot universiteti“ Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Yoshlarga jamiyatning  huquqiy va  tibbiy madaniyatni oshirish,  aholi ortasida   dolzarb muammolar yechimini o'rganishda huquq ijodkorlarining roli katta ahamiyat kasb etishi haqida tushuntirildi.

Davra suhbatida talabalarga huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish sohasida ilmiy va innovatsion tadqiqotlar va yoshlar o‘rtasida “Huquq maktabi” mavzularida ma‘lumotlar berildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurash va xotin-qizlar o'rtasida zo'ravonlikka qarshi kurashish mavzularida ham fikr almashildi.

FHDY bo’limlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi 23.12.2024 FHDY bo’limlarida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi
Toshkent shahar adliya boshqarmasida joriy yilning shu kuniga qadar Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar  tahlil qilinib, natijalari muhokama qilindi.

Muhokamalar davomida xizmat ko'rsatish holati ijro va mehnat intizomi talablariga rioya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, xodimlar tomonidan xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida  yosh, yangi ishga kirgan kadrlarni tajribali xodimlarga biriktirish orqali ustoz-shogird an’anasi asosida ishlarni tashkil etish bo’yicha tavsiyalar berildi.

Adliya xodimlari mahallalarda 19.12.2024 Adliya xodimlari mahallalarda
Adliya xodimlari tomonidan poytaxtning  M.Ulug’bek tumani “Katta oltintepa”, “Navnihol” MFY va Yakkasaroy tumani “Konstitutsiya” mahallalarida “Adliya kuni” tadbirlari doirasida aholi uchun sayyor qabullar o’tkazildi.

Sayyor qabullar davomida tadbirkorlik, meros masalalari, kadastr, uy-joy bilan bog'liq nizoli holatlar hamda davlat tomonidan ipoteka krediti olish uchun ajratiladigan subsidiyalar hamda ijtimoiy yordam kabi turli masalalar yuzasidan aholi murojaatlari qabul qilinib, muammolarni hal etish choralari ko’rildi.

Bemor ayolning iltimosi asosida kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berildi 18.12.2024 Bemor ayolning iltimosi asosida kerakli hujjatlar rasmiylashtirib berildi
Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo’limi xodimlari mahallalarda uyma-uy yurib aholi muammolarini o’rganishlari vaqtida 85 yoshli Elisa Мalyutina bir qator Davlat mukofotlari sohibi bo’lgan marhum turmush o'rtog'i Saliyev Murat Kadirovichning o'lim guvohnomasini olish uchun FHDY bo'limiga borish imkoni yo'qligini bildirib, uni olishda amaliy yordam so‘raydi.

„Huquqiy  ko'mak" aksiyasi doirasida   FHDY xodimlari ayolning  turmush o'rtog’i o'lim guvohnomasini rasmiylashtirib, uyiga olib borib topshirishdi.

Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda 18.11.2024 Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda
Adliya vaziri o’rinbosari Xudoyor Meliyev rahbarligida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tumanlardagi xodimlar  "Yashil makon" umummilliy loyihasi ya’ni atrof muhitni koʻkalamzorlashtirish,  ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, yashil maydonlarni kengaytirish ishlariga o’z hissalarini qo’shishdi.

Loyiha doirasida 20 ta archa, 10 ta chinor, 30 ta yasin, 60 ta pavloniya daraxti ko’chatlari ekildi.

Hududlarda  yashil maydonlar sonini oshirishga qaratilgan kuzgi daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Bayrog’imiz—faxrimiz, g’ururimiz! 18.11.2024 Bayrog’imiz—faxrimiz, g’ururimiz!
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Shayxontohur tuman Yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari tomonidan tumandagi 320-sonli maktabda yoshlarning huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida "Islohotlarga dahldorman"huquqiy aksiyasi doirasida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Tadbir davomida adliya xodimlari oʻquvchilarga davlat bayrogʻining ahamiyati, uning huquqiy asoslari yuzasidan ma’lumotlar berib, millatimiz ramzi bo’lgan bayrog’imiz dunyoning turli nuqtalarida hilpirab turishi har birimizning qalbimizni g’ururga to’ldirishi, undan har bir o’zbek farzandi faxrlanishi haqida yoshlarga so’zlab berishdi.


Новости 211 - 220 из 1060
Начало | Пред. | 20 21 22 23 24 | След. | Конец