Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

75 yoshli bemor otaxonning ko’p yillik orzusi amalga oshdi 23.09.2024 75 yoshli bemor otaxonning ko’p yillik orzusi amalga oshdi
Mirzo Ulug'bek tumani FHDY xodimlari tomonidan uyma-uy  yurib aholi muammolarini o’rganish vaqtida „Zakovat“ MFYda istiqomat qilivchi  75 yoshli Rayimjonaka Dadajanov uzoq yillardan buyon bir masala qiynab kelayotganini bildirdi.

Otaxon o’z ismini Abdurrohmanga o'zgartirish orzusidaligini, buning  uchun FHDY bo'limiga borib ariza berishda, imkoniyati cheklanganligi sababli hujjatlariga o'zgartirish kirita olmayotganligini ma'lum qilib  amalliy yordam so‘ragan.

FHDY bo'lim xodimlari tomonidan „Huquqiy  ko'mak" aksiyasi doirasida  otaxonga amaliy yordam ko’rsatildi. Fuqaroga ismi o‘zgartirilgan  yangi guvohnoma va nikoh guvohnomasi taqdim etildi.

Oila qurish arafasidagi yoshlar o'qitilmoqda 23.09.2024 Oila qurish arafasidagi yoshlar o'qitilmoqda
Bektemir tumani Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazida FHDY organlariga nikohni qayd etish uchun ariza bergan 8 nafar juftliklar oʻqitildi.

O’quv darslari jarayonida tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, FHDY bo’limi, tuman Tibbiyot birlashmasidan biriktirilgan  mutaxassislar tomonidan nikohlanuvchi yoshlarga oilaviy-huquqiy munosabatlar, oilaviy hayot psixologiyasi,  reproduktiv salomatlik, maʼnaviy qadriyatlarni mustahkamlash masalalari boʻyicha mashg’ulotlar olib borildi.

Darslar so’nggida tinglovchilarga Bektemir tumani hokimligida tantanali ravishda sertifikatlar topshirildi.

Yoshlarga baxtli oila sirlari tushintirilmoqda 19.09.2024 Yoshlarga baxtli oila sirlari tushintirilmoqda
Uchtepa tuman FHDY bo'limi,  oilaviy psixolog, diniy idora vakillari ishtrokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "baxtli oila sirlari" mavzusida seminar otkazildi.

Ushbu seminarda nikoh ostonasida turgan yoshlarga oilada erkak va ayolning mas'uliyati, vazifalari haqida tushunchalar  berilib, oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni tarbiyalash borasida bilimlar berildi.

Shuningdek, yoshlarga muomila madaniyati, kiyinish madaniyati, ijtimoy tarmoqdan to'g'ri foydalanish haqida ham alohida ta'kidlab o‘tildi. Seminar yakunida o'n olti nafar tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Migratsiyadan qaytgan yoshlar muammolari o’rganilmoqda 18.09.2024 Migratsiyadan qaytgan yoshlar muammolari o’rganilmoqda
Chilonzor tumani Adliya bo‘lim tomonidan “2-Qatortol” MFY yoshlar yetakchisi bilan hamkorlikda Migratsiyaga chiqib, qaytib kelgan yoshlarning muammolarini o’rganish hamda ular bilan manzilli ishlashni tashkil etish maqsadida  suhbatlar olib borilmoqda.

O’rganishlar jarayonida xorijdan qaytib kelgan  yoshlardan biri  “2-Qatartol”mahallasida istiqomat qiluvchi 2005-yilda tug’ilgan fuqaro Komiljonova Mubinabonu Farruxjon qizi oila a’zolari va o’zi  bilan suhbatlashilganda u hozirda  ishsiz ekanligini ma'lum qildi.

Adliya bo‘limi hamda MFY raisi bilan birgalikda Mubinabonuga mahalladagi xususiy bog’chalardan biriga tarbiyachi yordamchiligi lavozimiga sinov asosida ishga taklif berildi.

“Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi. 17.09.2024 “Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida  o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

Tashkilotlarga huquqiy yordam ko’rsatilmoqda 16.09.2024 Tashkilotlarga huquqiy yordam ko’rsatilmoqda
Olmazor tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan Olmazor tuman tibbiyot birlashmasida "E-huquqshunos" tizimi bilan ishlash va mavjud muammolarni bartaraf etib borish yuzasidan "Huquqiy targʻibot kuni" tadbiri o'tkazildi.

Tadbirda “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori yuzasidan adliya xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilib, tashkilotning „E-huquqshunos“ tizimida ishlash bilan bogʻliq muammolari oʻrganildi.

Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari 12.09.2024 Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari
Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosin ijrosi yuzasidan poytaxtning ko’plab mahallalarida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda.

O’rganishlar davomida fuqarolarning meros ishlari, kadastr, Davlat xizmatlari, FHDY bilan bog’liq turli mavzudagi  masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida murojaatlar o‘rganilib, "mahalla yettiligi" bilan hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.

Aholi muammolari o’rganilmoqda 12.09.2024 Aholi muammolari o’rganilmoqda
“Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtimizning Yunusobod tumani, "Katta Xasanboy“ MFYda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda „Xasanboy“ hamda "Yunusobod" mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.

Shuningdek, Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman adliya bo'limi hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallalarda xonadonlarga  uyma-uy yurilib, fuqarolarning uy-joyni nomiga o’tkazish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tiklash va boshqa ijtimoiy sohaga oid muammolari o’rganildi.

Tadbir doirasida 30 nafardan ortiq murojaatchilarga  joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo'shimcha o'rganish talab etiladigan10 ga yaqin murojaatlar bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Jumladan, fuqaro M.Azizovning 6 oy davomida farzandiga tug'ilganlik guvohnomasini olishdagi muammosi hal etilmayotgani to'g'risidagi murojaati o’rganilib, ijobiy hal etish choralari ko'rildi.

Keksa insonlarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda 09.09.2024 Keksa insonlarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda
Chilonzor tumani “Sharq tongi” ko’chasida yashovchi 70 yoshli Elena Bachurina  turmush o’rtog’i 76 yoshli Sergey Nikiforovning betobligi va  Davlat xizmatlari markaziga  bora olmasligini aytib yordam so’ragan.

Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari keksalarning murojaati yuzasidan ularning xonadoniga borishib, sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatishdi.

Ularga zarur bo’lgan  ma’lumotnomalarni olish va  tug’ilganligi tog’risida ma’lumotnoma berish xizmatlari bo‘yicha shu joyning o’zida  arizalar raymiylashtirildi.

Yolg’iz ayolning 7 yoshli farzandiga  tug'ilganlik qayd etildi 06.09.2024 Yolg’iz ayolning 7 yoshli farzandiga tug'ilganlik qayd etildi

"Adliya kuni"  doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo'lim xodimlari tomonidan mahallalarda olib borilgan o’rganishlar vaqtida “Munnavarqori" МFY da istiqomat qiluvchi Anastasiya Xudoyberdiyevaning 2017 yil  15 sentabr kuni tug'ilgan o'g'il farzandiga  tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olmaganligi ma'lum bo'ldi.

"Huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida ushbu ayolga  birlamchi  huquqiy  yordam ko'rsatildi va hujjatlaridagi  kamchiliklari  bartaraf  etilib, farzandiga  tug'ilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.  

Shu guvohnoma asosida Anastasiyaning farzandi maktabga chiqishi haqida tushuntirilib, har bir farzand ta'lim olishga, o'zi qiziqqan  yo'nalishi bo'yicha oliygohlarda o'qishga, va kelgusida o'z kasbining mutaxassisi bo'lishida xar bir ota-ona g'amxo'rlik qilishi va qo'llab-quvvatlashi lozimligi aytib o’tildi.


Новости 251 - 260 из 1046
Начало | Пред. | 24 25 26 27 28 | След. | Конец