Янгиликлар
12.09.2024
Aholi muammolari o’rganilmoqda
“Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtimizning Yunusobod tumani, "Katta Xasanboy“ MFYda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda „Xasanboy“ hamda "Yunusobod" mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman adliya bo'limi hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallalarda xonadonlarga uyma-uy yurilib, fuqarolarning uy-joyni nomiga o’tkazish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tiklash va boshqa ijtimoiy sohaga oid muammolari o’rganildi.
Tadbir doirasida 30 nafardan ortiq murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo'shimcha o'rganish talab etiladigan10 ga yaqin murojaatlar bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Jumladan, fuqaro M.Azizovning 6 oy davomida farzandiga tug'ilganlik guvohnomasini olishdagi muammosi hal etilmayotgani to'g'risidagi murojaati o’rganilib, ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
09.09.2024
Keksa insonlarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda
Chilonzor tumani “Sharq tongi” ko’chasida yashovchi 70 yoshli Elena Bachurina turmush o’rtog’i 76 yoshli Sergey Nikiforovning betobligi va Davlat xizmatlari markaziga bora olmasligini aytib yordam so’ragan.
Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari keksalarning murojaati yuzasidan ularning xonadoniga borishib, sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatishdi.
Ularga zarur bo’lgan ma’lumotnomalarni olish va tug’ilganligi tog’risida ma’lumotnoma berish xizmatlari bo‘yicha shu joyning o’zida arizalar raymiylashtirildi.
06.09.2024
Yolg’iz ayolning 7 yoshli farzandiga tug'ilganlik qayd etildi
"Adliya kuni" doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo'lim xodimlari tomonidan mahallalarda olib borilgan o’rganishlar vaqtida “Munnavarqori" МFY da istiqomat qiluvchi Anastasiya Xudoyberdiyevaning 2017 yil 15 sentabr kuni tug'ilgan o'g'il farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olmaganligi ma'lum bo'ldi.
"Huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida ushbu ayolga birlamchi huquqiy yordam ko'rsatildi va hujjatlaridagi kamchiliklari bartaraf etilib, farzandiga tug'ilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Shu guvohnoma asosida Anastasiyaning farzandi maktabga chiqishi haqida tushuntirilib, har bir farzand ta'lim olishga, o'zi qiziqqan yo'nalishi bo'yicha oliygohlarda o'qishga, va kelgusida o'z kasbining mutaxassisi bo'lishida xar bir ota-ona g'amxo'rlik qilishi va qo'llab-quvvatlashi lozimligi aytib o’tildi.
06.09.2024
„Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanida o’tkazilgan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
„Sarhumdon“ va „Katta hovuz“ MFY fuqarolari asosan kadastr, ko'p qavatli uylarni boshqarish shirkatlari to'g'risidagi savollar hamda tibbiy ko’riklar masalasida murojaat qilishdi.
Shuningdek qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolarning muammolari tinglandi,
10 dan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda
5 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi.
Uyma-uy aylanib yurish jarayonida ham aholini qiynab turgan bir qator salollariga tushuntirishlar berildi.
05.09.2024
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFYda yoshlar uchun sayyor qabul o’tkazdi.
Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o’zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Yoshlar asosan ta‘lim olish uchun kontrakt masalalarida yordam, tadbirkorlikni yo’lga quyishda kredit masalalari va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar so’rasdi.
Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi.
31.08.2024
Og’ir xastalikka chalingan bemorga sayyor davlat xizmati ko’rsatildi
Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi
62 yoshli Rima Habibulina 4 yildan buyon og’ir xastalik bilan kurashib keladi.
Ayolning qarindoshlari Uchtepa tumani davlat xizmatlariga murojaat qilib, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga ariza berish uchun ayolning ko’chaga chiqa olmasligini aytib yordam so’rashgan.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan Rima Habibulinaga uyiga borib sayyor davlat xizmati ko’rsatilib, hujjatlari rasmiylashtirilishida yordam ko’rsatildi.
15.08.2024
Yurtimizda hech bir yosh eʼtibordan chetda emas!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Chilonzor tumani “Do‘mbirobod” mahallasida Adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda 20 nafarga yaqin sariq toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o‘zlarini qiynayotgan muammolari haqida bildirishdi.
Yoshlar asosan uy-joy uchun subsidiya olish, tadbirkorlik ishida huquqiy yordam, kredit va soliq imtiyozlari haqida hamda moddiy yordam yuzasidan murojaat qilishdi.
Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi. Qabul davomida 15 yoshli o‘smirga yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari va maktab formasini olishda moddiy yordam ajratildi.
15.08.2024
Yoshlar oilaviy hayotga tayyorlash kurslarida o'qitilmoqda
Sergeli tumani FHDY bo’limiga nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yoshlar “Yosh oila quruvchilar maktabi” kurslarida oʻqitildi.
Oʻquv kurslarida Oila va xotin-qizlar boʻlimi, Sergeli tumani targʻibot guruhi, tuman bosh otinoyisi, maʼnaviyat va maʼrifat markazidan mutaxassislar ishtirok etib, oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni yaratish orqali oila mustahkamligini ta’minlash kabi mavzularda so’z yuritishdi.
Darslarda ishtirok etgan 50 nafar juftliklarga o’quv kurslari yakuni bo’yicha sertifikatlar topshirildi.
14.08.2024
Bemor ayolning hujjatlari yangilab berildi
Poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo'lim xodimlari "Adliya kuni" doirasida mahallalarda uyma-uy yurib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolarni o’rganishmoqda
Tumanning “Darxon” mahallasidan 62 yoshli Dilorom
G’ofurova sog’lig’ida jiddiy muammolar borligi va chet elga davolanish uchun borishida hujjatlaridagi o’zgarishlar sabab keta olmayotganini bildirdi.
"Huquqiy ko'mak" aksiyasi yordamida ushbu ayolga bepul birlamchi huquqiy yordam ko'rsatilib , hujjatlaridagi tafovudlar bartaraf etilib, fuqaroga tug'ilganlik va nikoh tuzilganlik guvohnimasi o'zgartirilib, yangitdan berildi.
Shuninhdek, xodimlar “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni yuzasidan ham aholiga keng tushintirish ishlarini olib borishmoqda
14.08.2024
Adliya xodimlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda
Poytaxtning M.Ulug’bek, Yakkasaroy, Mirobod, va Bektemir tumanlarida o‘tkazilgan "Adliya kuni" tadbirlari doirasida adliya xodimlari sayyor qabullar tashkil etib, uyma-uy yurgan holda mahallalarda aholi muammolarini o'rganishdi.
O’rganishlar jarayonida aholini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, huquqiy masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlarning akasariyatiga shu joyning o‘zida ijobiy yechim topilib, qayta o‘rganishni talab etadigan holatlar nazoratga olindi.
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni yuzasidan ham targ'ibot tadbirlari olib borildi.
Новости 21 - 30 из 809
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец