Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya xodimlari aholi muammolarini o'rganishmoqda 08.11.2024 Adliya xodimlari aholi muammolarini o'rganishmoqda
Poytaxtning M.Ulug’bek tumani „Bahor" MFYda Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" doirasida sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Sayor qabulda 30 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ulardan 10 dan ortiq arizalar qabul qilindi. Murojaatlar asosan pensiya masalasi, uy-joyning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bolani bog‘chaga joylashtirish va uy-joyga subsidiya olish masalalari yuzasidan bo’ldi.

Murojaatlarning  6 tasiga sayyor qabul paytida huquqiy tushuntirish berilib, muammoni joyida hal qilish choralari ko‘rildi. Qolgan murojaatlar ish yurituviga olinib, hal qilish choralari ko’rilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida tumanning "Xo'ja-uchqun" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaroligi bo'lmagan Kurganboyevlar oilasining huquqiy masaladagi muammosi hal etildi.

Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz 08.11.2024 Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

Nikoh ostonasidagi yoshlar o’qitilmoqda 07.11.2024 Nikoh ostonasidagi yoshlar o’qitilmoqda
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi  FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida o‘quv seminari   o‘tkazildi.

Unda yosh oila quruvchilarga oilani mustahkamlash masalasida huquqiy, tibbiy, diniy, ma’naviy va psixologik darslar o‘tildi. Oilaviy ajrimlarni oldini olish, sog‘lom ma‘naviy-ahloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona bo‘lish ko‘nikmalarini shakllantirish mavzularida ham suhbatlar olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 60 nafar  juftlikka sertifikatlar topshirildi.

Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi 05.11.2024 Bo'lajak kelin-kuyovlar uchun o'quv-seminar tashkil etildi
Yangihayot tumani "Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi"da 10 nafar nikohlanuvchi juftliklar va yosh oilalar uchun navbatdagi o'quv mashg'ulotlari o'tkazildi.

Davra suhbati tarzida bo'lib o'tgan mazkur seminarda yoshlar o‘zlari uchun huquqiy bilim hamda hayotiy ko'nikmalarga ega bo‘lishdi. Sababi, markazning malakali o'qituvchilari oila mustahkamligi, farzandlar tarbiyasi, o‘zaro hurmat va mehr oqibat asosida baxtli turmush kechirish haqida zarur tavsiya va maslahatlar berishdi.

Tadbir so‘ngida oila qurish ostonasida turgan yosh juftliklarga sertifikat va o'quv qo'llanmalar topshirildi.

Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul 04.11.2024 Tadbirkorlarga huquqiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan navbatdagi sayyor qabul
Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti va “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ullari tomonidan Toshkent shahrida tadbirkorlar va hunarmandlarga oʻz intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish uchun talabnoma topshirish hamda ularni himoya qilish masalalari yuzasidan sayyor qabul tashkil etildi.

Uchrashuv davomida xodimlar tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berish barobarida intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishning afzalliklari, ularning himoyasi hamda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mas’ullar poytaxtdagi sanoat  zonasida ham bo’lishib, tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan tanishdi. Ularning muammolari o‘rganilib, xodimlar tomonidan ayrim tadbirkorlarga o‘z intellektual mulk obyektlariga nisbatan muhofaza hujjat olish bo‘yicha talabnomalarni elektron tarzda topshirishlariga ko‘mak berildi.

AKT xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi 01.11.2024 AKT xodimlari uchun o‘quv seminari tashkil etildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi majlislar zalida davlat xizmatlari markazlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha masʼul xodimlarga, boshqarmaning raqamlashtirish bo‘yicha bosh maslahatchisi tomonidan “Axborot hamda kommunikatsiya tizimlarida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish” bo‘yicha o‘quv seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida AKT xodimlariga zamonaviy texnologiyalar, tarmoq tizimlari va undagi yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan bartaraf etish hamda axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

“Mehr ulash” qon topshir 01.11.2024 “Mehr ulash” qon topshir
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari bugun “Mehr ulash” qon topshirish xayriya aksiyasida ishtirok etishdi.

Respublika qon quyish markaziga boshqarma xodimlaridan 27 nafari donor sifatida qon topshirishdi.

Mazkur aksiya doirasida olingan qon preparatlari Onkologiya va gematologiya markazlarida davolanayotgan bolalar va shoshilinch tez yordam markazlari bemorlari uchun beg‘araz yordam sifatida yuboriladi.

Yoshlar muammolari hal etilmoqda 01.11.2024 Yoshlar muammolari hal etilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i o'rinbosari Sergeli tumani “Shukrona” MFYda yoshlar uchun sayyor qabul o’tkazdi.

Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o’zlarini qiynayotgan  muammolar  yuzasidan murojaat qilishdi.

Yoshlar asosan ta‘lim olish uchun kontrakt masalalarida yordam, ish bilan ta'minlash, tadbirkorlikni yo’lga qo’yishda kredit olish va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar so’rashdi.

Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi.

Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi. 31.10.2024 Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda Uchtepa tumani “Ko‘kcha Oqtepa” jome’ masjidi imom-xatibi Abdullajon G‘ulomov ota-onani hurmat qilish, farzandlik burchi va oilada kattalarni e'zozlash kabi mavzulardagi maruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirkorlar diqqatiga! 30.10.2024 Tadbirkorlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlarga o‘z brendiga ega bo‘lishning afzalliklari va intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatga olish tartibi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berish hamda tovar belgisini va geografik ko‘rsatkichlarni  ro‘yxatdan o‘tkazish istagini bildirgan tadbirkorlarning talabnomalarini qabul qilish bo‘yicha sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi.

Sayyor qabul joriy yilning 1-noyabr kuni soat 10-30 da Chilonzor tuman adliya bo‘limi binosida (manzil:Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh ko‘chasi, 7G-uy, Novza masjid yonida) o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Siz ham o'z brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganligi haqida ma'lumotga ega bo'lishni xohlaysizmi?
Unda ushbu sayyor qabulda ishtirok eting!

Ro'yxatdan o'tish uchun:
???? 99 913-33-64


Новости 21 - 30 из 852
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец