Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Yosh juftliklar oilaviy hayotga o’qitilmoqda 04.02.2025 Yosh juftliklar oilaviy hayotga o’qitilmoqda
Sergeli tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” markazida 2025-yil yanvar oyida nikohlarini rasmiylashtirish uchun FHDY bo’limiga ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.

O‘quv mashg‘ulotlari davomida yosh nikohlanuvchi shaxslarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, kitob o‘qish afzalliklari, o‘zaro hamda oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 24 nafar juftliklarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

“Savdogar – ishi doim hiylagar” qabilida ish ko‘radigan ayrim onlayn savdo egalaridan ehtiyot bo ‘ling 03.02.2025 “Savdogar – ishi doim hiylagar” qabilida ish ko‘radigan ayrim onlayn savdo egalaridan ehtiyot bo ‘ling
Axborot tizimlaridan foydalangan holda elektron savdo maydonchasi orqali  xarid amalga oshirilganda, tovar namunaga va (yoki) tavsifga muvofiq bo‘lmagan hollarda, iste’molchi uni almashtirishni yoki pul summasini qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

Tovarni qaytarib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlar sotuvchining (ijrochining) zimmasida bo‘ladi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan  “Kitob ulash”  ijtimoiy loyihasi tashkil etildi! 03.02.2025 Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Kitob ulash” ijtimoiy loyihasi tashkil etildi!
Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad Davlat xizmatlari markazlarida kutubxona burchagi tashkil etish, bu orqali fuqarolar va adliya organlari xodimlariga kitob mutolaa qilish imkoniyatini yaratish va ularning kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, buni rag‘batlantirib borish.

Loyiha doirasida davlat xizmatlari markazlarida kitob javonlari va kitob mutolaa qilish uchun maxsus joylar tashkil etiladi.
  
Shuningdek, “Ziyo-ulash” loyihasi doirasida ortgan kitoblar ehtiyojmand oilalarga, maktablar, bog‘chalarga sayyor tarzda yetkazib beriladi, shuningdek FHDY bo‘limlarida nikohini qayd etgan yosh oilalarga taqdim etiladi.

Oila - saodat maskani 03.02.2025 Oila - saodat maskani
Yakkasaroy tumanida yangi hayotga qadam qo'yish maqsadida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan yosh oila quruvchilar uchun o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Yosh kelin-kuyovlar uchun “Oila muqaddas” mavzusida o'tkazilgan mazkur tadbirda yoshlar o‘rtasida oilaviy qadriyatlarni asrash va jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish bilan birgalikda reproduktiv salomatlikni ta’minlash, ona va bolalikni muhofaza qilishga qaratilgan muhim mavzularda tushunchalar berildi.  

Tadbir yakunida yosh oila quruvchilarga sertifikatlar topshirildi.

„Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi amalda 31.01.2025 „Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi amalda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo'limlari tomonidan “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida tumanlardagi barcha mahallalarda manzilli targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir ishtirokchilariga Prezidentning yuqoridagi qarori mazmun-mohiyati va undagi masalalar atroflicha tushuntirilmoqda.

Xususan, mahallada “na’munaviy xavfsiz ko‘cha” va “xavfsiz yo‘lak”larni tashkil qilish, muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga e’tibor qaratish hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berib borilmoqda.

Adliya xodimlari mahallalarda 31.01.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan poytaxtning Yangihayot, Yakkasaroy,  Shayxontohur, Sergeli, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida “Adliya kuni” doirasida mahallalarda sayyor qabullar hamda uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirildi.

Tadbirlar davomida fuqarolarning kadastr, pensiya, kommunal xizmatlar, imtiyozli kredit, ijtimoiy himoya, meros, subsidiya olish, tadbirkorlik kabi masalalarda murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Shuningdek,  tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Mahalla ettiligi” a'zolariga tushuntirishlar berilib, ularni izchillik bilan bajarish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.

Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi 31.01.2025 Prezident qarori mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan huquq-tartibot idoralarining ilmiy tashkilot va ta’lim muassasalari professor o'qituvchilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi "2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-1 son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan davra suhbati o'tkazildi.

Tadbirda mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi va bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar belgilab olindi.

Prezident qarori ijrosi ta‘minlanmoqda 31.01.2025 Prezident qarori ijrosi ta‘minlanmoqda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda poytaxtning Olmazor tumanidagi qizil toifaga tushgan „Sebzor“, „Shifokorlar“ va „Taraqqiyot“ mahallalari aholisi va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Mahalla ettiligi” a’zolariga mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berilib, ularni izchillik bilan amalga oshirish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.

Xususan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berildi.

“Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi doirasida hududlarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda 30.01.2025 “Mening mahallamda jinoyat bo’lmaydi” dasturi doirasida hududlarda targ’ibot tadbirlari davom etmoqda
“2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Adliya vazirligi, Toshkent shahar Adliya boshqarmasi, shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va boshqa mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda Mirobod tumanidagi „Mingo‘rik“, „Sharof Rashidov“, „Afrosiyob“, „Temiryo‘lchilar“ mahallalarida “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Prezidentning yuqoridagi qarori mazmun-mohiyati va unda belgilab berilgan vazifalar atroflicha tushuntirilib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish hamda ijtimoiy profilaktikani tashkil qilish lozimligi qayd etildi.

Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish 29.01.2025 Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-sonli qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 29-yanvar kuni qizil toifaga tushgan poytaxtning Bektemir tumanidagi Nurafshon va Nurliyo‘l mahallalari aholisi va “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida “Mahalla ettiligi” a’zolariga mazkur qarorda belgilangan vazifalar yuzasidan tushuntirish berilib, ularni izchillik bilan amalga oshirish chora-tadbirlari xususida suhbatlashildi.

Xususan, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda mahalla yettiligining asosiy o‘rni haqida tushunchalar berildi.


Новости 311 - 320 из 1193
Начало | Пред. | 30 31 32 33 34 | След. | Конец