Янгиликлар
29.01.2025
92 yoshli otaxonga sayyor davlat xizmati ko‘rsatildi
Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi 92 yoshli Karim ota 2-guruh nogironi va yurish imkoniyati cheklangan.
Otaxon kadastr hujjatlari borasida Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilib yordam so‘ragan.
Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan ushbu murojaat yuzasidan Karim otaning yashash xonadoniga borilib, uyining kadastr hujjatlarini yangilash bo‘yicha sayyor tartibda amaliy yordam ko‘rsatildi.
28.01.2025
Hasanboyda oqova suv tarmoqlari nega tortilmadi?
Davlatimiz rahbarining 2022-yil 13-dekabr kuni poytaxtning Uchtepa tumaniga tashrifi davomida oʻtkazilgan yigʻilish 78-sonli bayoni 47-bandida Yunusobod tumani Hasanboy hududidagi 6 ta mahallalarda 11 km oqova suv tarmoqlarini tortish ishlari boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqib, qurilish-montaj ishlarini yakunlash belgilangan edi.
Mazkur topshiriq ijrosi Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan monitoring qilinganda, ushbu ishlar amalda bajarilmaganligi ma‘lum bo‘ldi.
Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli taqdimnoma ijrochi tashkilotga kiritilib, qonunbuzilish holatiga yo‘l qo'ygan xodimga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.
Hozirda toshiriq ijro muddati uzaytirilgan va qat'iy nazoratga olingan.
28.01.2025
Adliya xodimlari mahallalarda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida» gi 1-sonli qarori asosida joylarda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan poytaxt tumanlaridagi 200ga yaqin MFYlarda „mahalla yettiligi“ a'zolari ishtirokida seminarlar o’tkazilmoqda.
Shuningdek, „Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan ham targ’ibot tadbirlari olib borilmoqda.
24.01.2025
Mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Toshkent shahar Prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi, Adliya boshqarmasi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda joriy yilning 23-24-yanvar kunlari poytaxtning Yashnobod va Yunusobod tumanlarida seminar tadbirlari tashkillashtirildi.
Shuningdek, qarorning mazmun-mohiyati va unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan Yashnobod va Yunusobod tumanlaridagi mahallalarda joyiga chiqqan holda tushuntirishlar berildi.
23.01.2025
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish
Batafsil infografikada????
22.01.2025
95 yoshli ayolning iltimosiga ko’ra tug’ilganlik guvohnomasi qayta rasmiylashtirildi
Mirzo Ulug’bek tumani FHDY xodimlari tomonidan uyma-uy yurib, aholi muammolarini o'rganish vaqtida "Darxon" MFYda istiqomat qiluvchi bemor ayolning tug'ilganlik guvohnomasi bilan bog’liq muammosi borligi ma’lum bo’ldi.
Ayol bemorligi sabab FHDY bo'limiga kelaolmasligini aytib, amaliy yordam so'ragan. Shundan so’ng barcha hujjatlar tekshirilib, yangidan tug’ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, bemor ayolning uyiga yetkazib berildi.
21.01.2025
Yosh shifokorlar uchun to’lanadigan ustama haqlari undirib berildi
Respublika tez-tibbiy yordam markazi Toshkent shahar filialida faoliyat yuritayotgan 2 nafar yosh shifokorning murojaatiga ko’ra, davlat tomonidan salohiyatli yosh shifokorlar uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan maxsus ustama pullari to‘lanmaganligi yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi sudga davo arizasi kiritdi.
????Batafsil (https://telegra.ph/Tibbiyotdagi-islohotlar--inson-qadri-uchun-01-20)
20.01.2025
Bilasizmi?
To‘rt nafar va undan ortiq o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan bolasi bo‘lgan oila ko‘p bolali oiladir. Bunda, agar to‘rt nafar va undan ortiq bolalaridan bir nafari yoki undan ko‘prog‘i ta’limning kunduzgi shaklida (o‘rta maxsus va professional, oliy ta’lim) ta’lim tashkilotlarida o‘qiyotgan hamda yigirma ikki yoshga to‘lmagan bo‘lsa, bu oila ham ko‘p bolali oila deb hisoblanadi.
18.01.2025
Yoshlar muammolari o’rganilib, hal etilmoqda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i Chilonzor tumanida adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 20 nafarga yaqin qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar bilan suhbatlashib, ularning huquqiy va ijtimoiy masalalardagi muammolari tinglandi va hal etish choralari ko‘rildi.
Jumladan, “Naqqoshlik” mahallasida istiqomat qiluvchi boquvchisini yo‘qotgan Xasanova Maftunaning bandligini ta’minlash maqsadida tikuv mashinasi olib berildi.
Sharopov Jaxongir hozirda talaba ekanligi o‘quv kontrakt to‘lovlarini to‘lashda muammoga duch kelayotganini aytdi.
Muammoni o‘rganish jarayonida u bilan yana 2 nafar yoshlarning to‘lov kontraktlari to‘lab berildi.
Bundan tashqari, Xusenova Zilola Bahodir qizi turli xildagi qandolat mahsulotlarini uyda tayyorlab, sotish istagi borligini bildirdi va unga hozirda zarur asbob-uskuna olib berish choralari ko‘rilmoqda.
18.01.2025
Xotin-qizlar uchun sayyor qabullar tashkil etilmoqda
Poytaxtning Bektemir va Shayxontohur tumanlarida Adliya bo‘limlari va Toshkent shahar hokimligi xotin-qizlar masalalari bo’yicha hokim o’rinbosari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi.
Qabulda kelgan xotin-qizlarning bandlik va salomatligini tiklash, ularning oilaviy ahvoli yuzasidan murojaatlari eshitildi.
Har bir murojaat yuzasidan qonuniy tushuntirishlar berib o‘tildi va mavjud muammolarni bartaraf etish choralari ko’rildi hamda mas'ullarga ko‘rsatmalar berildi.
Новости 321 - 330 из 1193
Начало | Пред. | 31 32 33 34 35 | След. | Конец