Янгиликлар
13.03.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tuman adliya bo‘limlari tomonidan mahallalarda “Biz gender zo‘ravonlikka qarshimiz” nomi ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Jumladan, Sergeli tuman adliya bo‘limi tomonidan “Saxovat”, “O‘zgarish”, “Keng makon” “Habibiy”, “Ziynat”, “Sohibqiron” MFY binolarida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilib, ushbu tadbirlar davomida ayollarga gender zo‘ravonlik yuzasidan tushunchalar berildi hamda tumandagi faol xotin-qizlarga Toshkent shahar adliya boshqarmasi nomidan “Ayollarga huquqiy madad” nomli kitobi esdalik sovg‘a sifatida tarqatildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
07.03.2023
Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom koʼrsatildi.
Bayram shukuhi Toshkent shahrining barcha tuman adliya bo'limlari, Davlat xizmatlari markazlari, Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari va FHDY organlarida ham ko'tarinki ruhda nishonlandi.
Tadbirlar davomida 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan barcha dilbar ayol xodimalarning mehnatlari yana bir bor e'zozlanib ularga esdalik sovgʼalari topshirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
07.03.2023
Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan xotin-qizlarga ehtirom koʼrsatildi
Opa-singillarimizga tengsiz latofat va nafosat sohibalari, deya taʼrif beramiz. Ezgulik va fidoyilik ramzi, xonadonlarimizning fayzu farishtalari sifatida eʼzozu ehtirom koʼrsatamiz.
Tabiat chiroy ochib borayotgan mana shunday shukuhli kunlarda boshqarma tizimda mehnat qilib kelayotgan dilbar va munis xodimalarni 8 mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan qutlash uchun Toshkent shahar adliya boshqarmasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari R.Xamidov ishtirok qilib, bayram munosabati bilan barcha ayol xodimalarga tabrik yo'lladi.
Bayram tadbiri soʼngida boshqarma tizimidagi xotin-qizlarga esdalik sovgʼalari topshirildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
27.02.2023
Adliya_yangiliklari
#Vorislik_huquqi_aksiya
✅ Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi, O‘zbekiston Respublika notarial palatasi va notariuslar tomonidan “Merosni ochish va rasmiylachtirish tartibi, vasiyatnoma rasmiylashtirishning afzalliklari, vorislikning turlari” mavzusida Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 208-sonli umumta’lim maktabida seminar tashkil etildi.
???? Ushbu tadbirda tumandagi mahalla faollari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga Mirzo Ulug‘bek tuman adliya bo‘limi yetakchi maslahatchisi A.Berdiyev tomonidan huquqiy tushuntirishlar olishdi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
25.02.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy yilning 25-fevral kungi sayyor qabullar “Dilbuloq”, “Nihol” va "Sohil" mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Mobil-ID tizimining qulayliklari, uy-joy, kommunal xizmat ko'rsatish sohasida davlat xizmatlari ko'rsatilishi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
22.02.2023
#Kontrafaktga_toqatsiz_bo'ling
#Kontrafaktga_toqatsiz_bo'ling
Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 22-fevralida “Arq-buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari ishtirokida “Kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishda bojxona xizmatining o‘rni” mavzusida seminar tashkil etildi.
Shuningdek, boshqarma xodimi S.Amirqulov tomonidan intellektual mulk huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq bir qator normativ-huquqiy hujjatlar va ularning mazmun-mohiyati haqida qisqacha huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ushbu seminar ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, savol-javoblarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
20.02.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasida Toshkent davlat yuridik universiteti talabalarini amaliyotga jalb qilish yuzasidan davra suxbati bo'lib o'tdi.
Ushbu tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
18.02.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabullar “Ahmad Yassaviy”, “Abdurauf Fitrat”, "Kox ota"va “Yangi darxon” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Mobil-ID tizimining qulayliklari, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun onlayn buyurtma berish, xorijga chiqish biometrik pasportini masofadan turib olish amaliyoti joriy etilganligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
11.02.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Poytaxtimizning barcha tuman adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida, belgilangan jadval asosida har haftaning shanba kunlari sayyor qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Bugungi sayyor qabullar “Ustozlar”, "Elparvar", “Buyuk ipak yo‘li” va “Eshon buloq” mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabullar davomida, Davlat xizmatlari markazlari faoliyatida amalga oshirilayotgan yangiliklar, yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumotlar berildi.
Jumladan, Mobil-ID tizimining qulayliklari, eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun onlayn buyurtma berish, xorijga chiqish biometrik pasportini masofadan turib olish amaliyoti joriy etilganligi haqida batafsil tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga bir qator Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
27.01.2023
#Adliya_yangiliklari
Ma’muriy_islohot
???? Maʼmuriy islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni (https://lex.uz/uz/docs/-6369997) imzolandi.
Mazkur Farmon bilan vazirlik va idoralarda byudjet va nobyudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda.
Bu yuzasidan, Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan Yoshlar telekanalining
"Yangi davr" ko'rsatuvida batafsil huquqiy tushuntirishlar berildi.
Новости 311 - 320 из 996
Начало | Пред. | 30 31 32 33 34 | След. | Конец