Янгиликлар
24.01.2023
#Adliya_yangiliklari
Adliya_yangiliklari
2023-yilning 24-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi "Yangi O’zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF–269-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan Toshkent davlat soliq bosharmasi xodimlari va mehnat jamoasiga huquqiy tushuntIrish berildi.
23.01.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
⚡️ “Yilning eng yaxshi o'qituvchisi” tanlovining Toshkent shahar bosqichi o'tkazildi.
✅ Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 27-yanvardagi 12-um-sonli buyrugʻiga muvofiq, “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalarida “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” nominatsiyalari boʻyicha tanlovlar joriy etish belgilangan.
Shu munosabat bilan “Yilning eng yaxshi oʻqituvchisi” tanlovining Nizomi ishlab chiqilib, nizom talablari asosida joriy yilning 20-yanvar kuni tanlovning Toshkent shahar bosqichi oʻtkazildi va gʻoliblarni Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshligʻi o'rinbosari A.Omonov taqdirladi.
???? Tanlov yakuniga koʻra 1 o'rin- Sattarova Muxarram Abdurazzaqovna;
2 o'rin- Ibragimova Zulfiya Mudarifovna;
3 o'rin- Raximova Leyli Selyarovna va F. Usmonova egalladi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
20.01.2023
Adliya yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5816-son Farmoni (https://lex.uz/docs/-4506606)bilan O‘zbekiston notarial palatasi tashkil etilgan.
O‘zbekiston notarial palatasi tashkil etilganligining 3 yilligi munosabati bilan, joriy yilning 20-yanvar kuni Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida Respublikamizning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan notariuslar ishtirokida “Kasbim – faxrim mening” nomli madaniy-ma’rifiy tadbiri ko'tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbirda Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Omonov ishtirok etib, barcha notariat tizimi xodimlarini qutlab, ularning sharafli va o‘z navbatida mas’uliyatli faoliyatida ulkan zafarlar hamisha yor bo‘lishini tiladi.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
10.01.2023
Adliya_yangiliklari
#Adliya yangiliklari
❄️Poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonidan fuqarolarga qishning sovuq kunlarida ham sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazlari binolarida fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida issiq ichimliklar????☕️ ham tarqatilmoqda.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Veb sayt: https://toshkent.adliya.uz
06.01.2023
Adliya_yangiliklari
"Sug‘diyona" gazetasining 2022-yil 29-dekabrdagi №52-sonida Olmazor tuman adliya bo'limi boshlig'i Sh.Omonovning "Endi ish beruvchilar homilador ayollarni ham ishdan bo‘shatishi mumkin bo‘ladi" nomli maqolasi chop etildi.
30.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Yangi_yil
“Insonga e‘tibor va sifatli ta‘lim yili” muborak bo'lsin!!!
30.12.2022
#Adliyada bayram
#Adliyada_bayram
????Davlat xizmatlari markazlarida bayram shukuhi ko'tarinki ruhda bo'lib o'tmoqda.
????Toshkent shahridagi davlat xizmatlari markazlarida aholiga tez va sifatli xizmat koʻrsatish bilan birgalikda, Toshkent shahar adliya boshqarmasi tashabbusi bilan davlat xizmatlari markazi faoliyatiga 5 yil toʻlishi munosabati bilan fuqarolarga koʻtarinki kayfiyat ulashish maqsadida koʻngilochar tadbirlar tashkil etilmoqda.
Jumladan, markazlarda fuqarolarga bayram shukuhini ulashuvchi burchak tashkil etilib, sovuq ob-havoda iliqlik ulashilmoqda. Shuningdek, aholiga hush kayfiyat ulashish maqsadida markazga ota-onalari bilan tashrif buyurgan bolajonlarga yangi yil sovgʻalari taqdim etilmoqda.
20.12.2022
#Adliya_aralashgach
#Adliya_aralashgach
“P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi hamda Majburiy ijro byurosi Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.
Boshqarma tomonidan "P.I.N." MChJning arizasi o‘rganib chiqilib, uning manfaatida “P.I.N.” MChJ rahbari Sh.T ga tegishli turar-joy obyektiga nisbatan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish majburiyatini yuklash to‘g‘risida shikoyat ariza kiritilgan.
Toshkent tumanlararo ma‘muriy sudining 2022-yil 14-dekabrdagi hal qiluv qarori bilan, boshqarma tomonidan kiritilgan shikoyat qanoatlantirilib, murojaatchi "P.I.N." MChJning buzilgan huquqlari tiklanishiga erishildi.
16.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#men_donorman
Ayni kunlarda yurtimiz bo'ylab ko'plab tashkilotlarda najot istab, kimningdir yordamiga muhtoj bemorlar uchun qon topshirish aksiyalari olib borilmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasida ham Toshkent shahar qon quyish markazi "Qon preparatlari" IICHK Sayyor guruhi bilan hamkorlikda "Men Donorman" aksiyasining navbatdagi tadbiri o'tkazildi.
Boshqarma va tuman adliya bo'limlarining ko'ngilli xodimlari ushbu hayriya tadbirida donor sifatida faol ishtirok etib,???? bir qancha bemorlar hayotini saqlab qolishda, ularning umid bilan boqqan ko'zlarini quvonchga to'ldirishda o'zlarining beg'araz hissalarini qo'shishdi.
Siz ham donorlik aksiyalarida qatnashing va bemorlarga hayot bag'ishlashda ko‘maklashing!
13.12.2022
#Adliya_yangiliklari
#Adliya_yangiliklari
✅ Toshkent davlat yuridik universitetida poytaxtimiz Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Mazkur qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan qulayliklar to'g'risida xususan, "my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.
Новости 321 - 330 из 996
Начало | Пред. | 31 32 33 34 35 | След. | Конец