Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Toshkent shahrida “Targ'ibot poyezdi" aksiyasi davom etmoqda 03.12.2025 Toshkent shahrida “Targ'ibot poyezdi" aksiyasi davom etmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!”  shiori ostida “Targ‘ibot poyezdi” loyihasiga start berildi.

Loyiha doirasida Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari, iqtidorli talabalaridan iborat “Targ‘ibot poyezdi” va adliya xodimlari tomonidan Olmazor tumani 278-son, Shayxontohur tumani 180-son,Bektemir tumani 289-son, Yunusobod tumani 9-son maktablarda uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida o'quvchilarga Konstitutsiyada belgilangan asosiy huquq va erkinliklar, qonun ustuvorligining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida viktorinalar tashkil etilib, faol ishtirok etganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam 03.12.2025 intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam
Avval xabar berganimizdek, bugun Toshkent shahar adliya boshqarmasi binosida Adliya vazirligi tomonidan intellektual mulk obyektlari bo‘yicha amaliy yordam berish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida quyidagi natijalarga erishildi:
16 nafar jismoniy va yuridik shaxsga tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi, ixtiro, foydali model va sanoat namunalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnoma topshirishda amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
10 nafar tadbirkorga intellektual mulk huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
5 ta yozma murojaat joyida qabul qilinib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
Sayyor qabulda 100 ga yaqin fuqarolar ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar bo‘yicha maslahat oldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarning brend nomlari Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portalida (https://im.adliya.uz/) tekshirilib, mavjudligi yoki mavjud emasligi yuzasidan amaliy xulosalar berildi.

Ushbu sayyor qabul aholi va tadbirkorlarning intellektual mulk obyektlarini yaratish, ro‘yxatdan o‘tkazish va himoya qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga, shuningdek, zarur amaliy yordamni joyida olishlariga xizmat qildi.

“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” aksiyasi doirasida tadbirlar davom etmoqda 02.12.2025 “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” aksiyasi doirasida tadbirlar davom etmoqda

Mirobod tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida tumandagi 154-son maktabda ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.

Har yili dunyo bo‘ylab, jumladan, O‘zbekistonda ham 25-noyabrda “16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi start oladi. BMTning mazkur global aksiyasi 2008-yildan buyon Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish sanasida boshlanib, 10-dekabr — Inson huquqlari kuniga qadar davom etadi.

Uchrashuvda Toshkent shahar prokuraturasi, tuman adliya bo‘limi, tuman IIO FMB mas’ullari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari ishtirok etib, xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jamiyatda zo‘ravonlikka mutlaqo toqat yo‘qligini targ‘ib qilish borasida muhim ma’lumotlarni yetkazishdi.

Yangihayotda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi 01.12.2025 Yangihayotda “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi
Yangihayot tumani hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimi tizimda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, shuningdek korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan  chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, tadbirda tuman hokimligi faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish va bartaraf etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi.

Yosh kelin-kuyovlar uchun o‘quv-seminar o’tkazildi 01.12.2025 Yosh kelin-kuyovlar uchun o‘quv-seminar o’tkazildi
Yangihayot tumani “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markazi”da nikohlanuvchi yoshlar uchun oiladagi er-xotinning huquq va majburiyatlariga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda malakali pedagoglar hamda mutaxassislar yoshlar bilan nikohdagi huquqiy mas’uliyat, oilada huquqiy munosabatlarning shakllanishi, to‘y-ma’rakalarda ortiqcha isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmat va mehr-oqibat asosida baxtli turmush kechirishga oid tavsiya va maslahatlar bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, tadbir davomida “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun faollik” aksiyasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari ham olib borildi. Unda ayollar va qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish bo‘yicha tushunchalar berildi.

 Konstitusiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi 29.11.2025 Konstitusiya – inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi
Davlat xizmatlari markazlarida “Konstitutsiya burchagi” tashkil qilindi

Poytaxtdagi tuman davlat xizmatlari markazlarida xodimlar, shuningdek jamoatchilikka huquqiy ma’lumotlarni yanada ochiq va qulay shaklda yetkazish maqsadida “Konstitutsiya burchagi” tashkil etildi.

Ushbu burchak mamlakatimiz Konstitutsiyasi normalari, inson huquq va erkinliklarini muhofaza qilishga doir qonunchilik yangiliklari, shuningdek, aholi uchun muhim huquqiy taqdimotlar jamlangan maxsus axborot maydoni vazifasini bajaradi.

Burchakda Konstitutsiyaning eng muhim moddalari sodda va tushunarli sharhlar bilan, yangi qabul qilingan qonunlar va islohotlar haqida ma’lumotlar, huquqiy madaniyatni oshirishga qaratilgan buklet va tarqatma materiallar, yuridik adabiyotlar va elektron resurslar orqali interaktiv ma’lumotlar taqdim etiladi.

“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” 27.11.2025 “Konstitutsiya — huquqlarim poydevori”
Mirobod tumani adliya bo‘limi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 294-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hududidagi barcha maktablarning 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov davomida yoshlar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklarning hayotdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat kabi dolzarb masalalar borasida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.

Tanlov yakuniga ko’ra g‘olib deb topilgan o’quvchilar 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.

"Chilonzor-korrupsiyadan holi hudud" mavzusida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi 26.11.2025 "Chilonzor-korrupsiyadan holi hudud" mavzusida Ochiq eshiklar kuni tadbiri o‘tkazildi
"9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni" munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida Chilonzor tumani hokimligida  “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimi va mas’ullar so‘zga chiqib, ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, hozirgi paytda ko‘p uchrayotgan maishiy korrupsiya holatlari va uning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘ladigan chora-tadbirlar xususida o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Shuningdek, tadbirda  tumanda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi va kelgusida bu borada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.

“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” 25.11.2025 “Konstitutsiya — huquqlarim poydevori”
Yangihayot tumani adliya bo‘limi hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamkorligida tumandagi 304-sonli umumiy o’rta ta'lim maktabida tuman hududidagi barcha maktablarning 7–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov davomida yoshlar Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, unda belgilangan huquq va erkinliklarning hayotdagi o‘rni, fuqarolik mas’uliyati hamda Vatanga sadoqat kabi dolzarb masalalar borasida o‘z fikr-mulohazalarini ijodiy tarzda bayon etdilar.

Tanlov yakuniga ko’ra g‘olib deb topilgan o’quvchilar 1,2,3 darajali diplomlar bilan taqdirlanishdi.

 „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi. 25.11.2025 „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Aholining huquqiy muammolarini aniqlash, o‘rganish hamda joyida bartaraf etish maqsadida Sergeli tumanining "Xabibiy" mahallasi aholisi ishtirokida tuman adliya bo'limi tomonidan sayyor qabul o'tkazildi.

Sayyor qabul davomida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholining kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolar, xususan, ijtimoiy ta'minot, sog'liqni saqlash, yer, uy-joy, oila masalalari yuzasidan  huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.


Новости 31 - 40 из 1193
Начало | Пред. | 2 3 4 5 6 | След. | Конец