Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Yoshlarga ID kartalar topshirildi 07.03.2025 Yoshlarga ID kartalar topshirildi
Poytaxtning Uchtepa tumanida FHDY bo’limi, tuman IIO FMB bilan hamkorlikda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida bir guruh 16 yoshga to‘lgan yoshlarga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir davomida yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xotin-qizlar huquqlari va erta nikohning oldini olish borasida tushintirishlar ham berildi.

Bayram shukuhi 07.03.2025 Bayram shukuhi
8-mart har bir ayol e’tibor kutadigan kun, shubhasiz. Ona, rafiqa, hamkasblar, ustozlar-u jamiki barcha ayollargacha go‘zal dil izhorlari bildiriladi.

“8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bugun Bektemir tumani Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan tumandagi xotin-qizlar, qolaversa beminnat faoliyati tufayli minglab odamlarning kayfiyatiga ijobiylik ulashishga sababchi bo‘lgan opa-singillarimiz uchun bayramona kayfiyat ulashildi.

Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi  boshlig‘i tayinlandi 07.03.2025 Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i tayinlandi

Boshqarma boshlig'ining tegishli buyrug‘i bilan Maxmudov Boburbek Askarbekovich Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Maxmudov Boburbek Askarbekovich 1991-yildaToshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2014-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr 2016-yilda magistratura bosqichini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2015-yilda boshlab Advokatura, Prokuratura idoralarida turli lavozimlarda ishlagan. B.Maxmudov 2022-yildan Adliya organlari tizimida turli lavozimlarda o'z mehnat faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

B.Maxmudov shu kunga qadar Toshkent shahar Yashnobod tumani adliya bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi B.Maxmudovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Adliya xodimlari mahallalarda 06.03.2025 Adliya xodimlari mahallalarda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Yashnobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi "Behizor" mahallasida “Mening mahallamda jinoyat boʻlmaydi” dasturi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Tadbir davomida Prezidentning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan “Mahalla yettiligi” a’zolariga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari yuzasidan uyma-uy yurish tamoyili asosida hududdagi mavjud huquqiy muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi hamda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada oshirishga qaratilgan targ‘ibot materiallari tarqatildi.

“Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda 06.03.2025 “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda
Adliya vazirining tegishli buyrug‘iga asosan, 2025-yilning mart oyi davomida “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Bektemir tuman adliya bo‘limi mas’ul xodimlari hamda Toshkent davlat yuridik universiteti professori F.Muhitdinova bilan birgalikda tuman hokimligida mamlakatimizda xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, ularning ijtimoiy-siyosiy hamda sotsial faolligini oshirish, huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquq va erkinliklarini himoya qilish, qonunchilikda belgilangan imtiyoz va preferensiyalar mazmun-mohiyatini keng tushuntirishga qaratilgan seminar tadbiri o‘tkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida xotin-qizlarning ijtimoiy mehnat sohasidagi mavjud muammolarini bartaraf qilish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi 06.03.2025 Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi
“Fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” tamoyili asosida 2024-yilda jismoniy va yuridik shaxslarga jami 2 152 288 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, shundan 51,8 foizi, ya’ni  1 116 334 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlar tashkil etadi.

Eng ko‘p davlat xizmatlari ko‘rsatgan Davlat xizmatlari markazlari:
Yunusobod tumani DXM – 248 347 ta;
Yashnobod tuman DXM – 245 006 ta;
Chilonzor tuman DXM – 240 197 ta.

Keksa fuqaroga guvohnoma rasmiylashtirildi 05.03.2025 Keksa fuqaroga guvohnoma rasmiylashtirildi
Bektemir tumanida istiqomat qiluvchi 71 yoshli Gennadiy Kim FHDY bo‘limiga murojaat qilib, tug‘ilganlik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ygani va uni qayta tiklashda yordam so‘ragan.

2-guruh nogironi bo‘lgan fuqaroning murojaati yuzasidan tuman FHDY bo‘limi xodimlari unga amaliy yordam sifatida guvohnomani qayta rasmiylashtirib, yashash xonadoniga olib borib berishdi.

Ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi 05.03.2025 Ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirish choralari ko‘rildi
Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risidagi" Prezident qarori ijrosi yuzasidan, Yakkasaroy tumanida oilaviy nizolar va ajrim xavfi ostida bo‘lgan to‘rt oilaning muammolari muhokama qilindi.

Muhokamada Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman Oila va xotin-qizlar boʻlimi, FHDYO bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari, shuningdek, tuman otinoyisi va imom-xatib ishtirok etib, ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbatlashildi.

Suhbat davomida, oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 05.03.2025 Sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
Chilonzor tumani 1-son FHDY bo'limi tomonidan tumanning Dilobod mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sushkova Lyudmila Nikolayevnaning murojaatiga asosan, Rossiya federatsiyasi Barnaul shahar FHDY bo‘limidan so‘rovnoma yuborish orqali turmush o‘rtog‘i A.Sushkov nomiga rasmiylashtirilgan o‘lim haqidagi guvohnomasi olinib, fuqaroning yashash manziliga borib topshirildi.

Huquqiy muammolar o‘rganilmoqda 05.03.2025 Huquqiy muammolar o‘rganilmoqda
Bektemir tumani adliya bo‘limi tomonidan tumandagi “Ustozlar”  mahalla fuqarolar yig‘inida uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.

Ushbu jarayonda mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning tadbirkorlik, meros masalalari, nikohni qayd etish va uni bekor qilish, shuningdek, uy-joy bilan bog‘liq nizoli holatlar hamda davlat tomonidan ipoteka krediti olish uchun ajratiladigan subsidiyalar kabi turli masalalar yuzasidan 50 ga yaqin murojaatlari ish yurituviga qabul qilindi.

Shuningdek,  Milliy gvardiya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tumandagi tadbirkorlik subyektlariga “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi  PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyati haqida ham huquqiy tushuntirishlar berildi.


Новости 41 - 50 из 996
Начало | Пред. | 3 4 5 6 7 | След. | Конец