Янгиликлар
15.10.2024
Adliya xodimlari tomonidan “Huquq sinfi” da o’quvchilar uchun darslar o’tilmoqda
Chilonzor tuman adliya bo‘limi, FHDY xodimlari va psixolog ishtirokida tumandagi 201-son umumiy oʻrta ta’lim maktabining huquq sinfida “Mening kasbim faxrim” mavzusida dars tashkil etildi.
Yoshlarda huquqiy muammolarni hal qilishning amaliy koʻnikmalarini hosil qilish maqsadida mutaxassislar tomonidan turli hayotiy mavzularda misollar bilan tushintirishlar berildi.
Shuningdek erta nikohlarni oldini olish, ijtimoiy tarmoqalarning yoshlar hayotida ijobiy va salbiy tomonlari mavzusi doirasida ham huquqiy targʻibot olib borildi.
11.10.2024
"Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakillantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtimizning Yangihayot tumani „Yangihayot" MFYda Toshkent shahar adliya boshqarmasi, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda "Adliya kuni" tadbirlari o’tkazildi.
Mahalla ahli uchun o’tkazilgan sayyor qabul hamda uyma-uy yurish tadbirlari davomida 20 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari eshitilib, belgilangan tartibda huquqiy maslahatlar berilishi ta'minlandi hamda ularning murojaatlari tegishliligi bo'yicha ish yurituvga qabul qilindi.
11.10.2024
Qizlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi
Sergeli tumani Tibbiyot texnikumida o’quvchi qizlar uchun davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi, FHDY bo’limi, “Oqila ayollar” harakati hamda mahalla faollari ishtirok etib, yoshlar orasida kiyinish madaniyati, ta’lim-tarbiya, erta nikoh, qarindoshlar o’rtasida nikoh, erta tug’ruq holatlarini oldini olish, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, oilaviy ajrimlarni oldini olish kabi mavzularda qizlar bilan suhbat olib borishdi.
Ochiq muloqot tarzida o’tkazilgan tadbirda o’quvchi qizlar ham o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar olishdi.
11.10.2024
Rahbarlar joylarga chiqib aholi muammolarini o’rganishmoqda
Poytaxtning Yashnobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aholi uchun ommaviy sayyor qabul o’tkazildi.
Sayyor qabul davomida Toshkent shahar adliya boshqarmasiga 20 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi. Murojaatlarning 7 tasi ish yurituviga olinib, 10 dan ortiq murojaatlarga shu joyning o’zida huquqiy tushintirishlar berildi.
Shu bilan birga hujjat olish masalasida murojaat qillgan fuqarolarga ham FHDY organlari tomonidan amaliy yordamlar ko’rsatildi. Boshqa murojaatlar yuzasidan ham mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
09.10.2024
"Kambag'allikdan farovonlik sari" dasturi amalda
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Yunusobod tumani “Bog'i-Eram” mahallasida istiqomat qiluvchi ijtimoiy o'g'ir ahvolga tushib qolgan 5 ta oila vakillari bilan uchrashildi.
O’rganishlar davomida oilalarning muammolari tinglanib, tez fursatlarda ijobiy hal etish choralari ko'rilib, shu bilan birga ularga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, aholining meros, kadastr hujjatlarini tayyorlash, uy-joy, moddiy yordam, subsidiya hamda boshqa masalalar bo'yicha muammolari o'rganildi.
07.10.2024
Yoshlarni hayotga tayyorlash bo'yicha oʻquv mashgʻulotlari
Vazirlar Mahkamasining “Oila institutini yanada rivojlantirish va yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan „HILTON” mehmonxonasida joylashgan Shayxontohur 2-son FHDY boʻlimida yoshlarni hayotga tayyorlash bo'yicha oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi.
Nikoh qurish istagida boʻlgan yosh kelin-kuyovlar va uzoq yillardan buyon baxtli yashab kelayotgan ibratli oilalalar vakillari ishtirokida o’tkazilgan oʻquv seminari yoshlar uchun ko’plab foydali ma’lumotlarga boy o’tdi.
Tadbirda ishtirok etgan Gʻulomovlar oilasi oʻzlarining ibratli hayot yoʻllari haqida yoshlarga gapirib berishdi. Mutaxassislar ham oilaning jamiyatdagi o‘rni va mustahkam bo‘lishi uchun kerakli bilimlarni ulashishdi.
Seminar yakunida mashgʻulotlarni muvaffaqiyatli tamomlagan oila qurish ostonasidagi 15 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar berildi.
04.10.2024
Toshkent shahar adliya boshqarmasida xodimlar uchun “Ma’naviyat va ma’rifat soati” o'tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 23 yanvardagi "Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun mohiyati hamda bugungi kunda mazkur qaror ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
02.10.2024
Nikoh ostonasidagi yoshlar uchun seminarlar tashkil etilmoqda
Poytaxtning Mirzo Ulug'bek tumani FHDY bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi, oilaviy psixolog, diniy idora vakillari ishtrokida nikohlanuvchi yoshlar bilan "Baxtli oila sirlari" mavzusida seminar otkazildi.
Ushbu seminarda nikohlanuvchi yoshlarga huquqiy, tibbiy, psixologik bilimlar bilan bir qatorda oila mustahkamligi, oilaviy nizolarni oldini olish, sog'lom oila qurish va sog'lom farzandlarni dunyoga keltirib ularni yurtimizga munosib farzandlar sifatida tarbiyalash, oilaviy qadriyatlarni saqlab qolish kabi mavzularda darslar o’tildi.
Nikohlanuvchi yoshlarni qiziqtirgan ko’plab savollarga mutaxassislar tomonidan javoblar berildi. Seminar yakunida yigirmadan ortiq tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.
01.10.2024
1-oktabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi yurtimizdagi barcha ustozlar va murabbiylarni bugungi bayram bilan samimiy muborakbod etadi!
30.09.2024
O‘quvchilar uchun ochiq dars tashkil etildi
Poytaxtning Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazida Toshkent shahar yuridik texnikumi 1 va 2 bosqich o‘quvchilari uchun ko‘rgazmali darslar tashkil etildi.
O‘quvchilar bu yerda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartiblari hamda yuridik shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mavzusidagi amaliy darslarda ishtirok etishdi.
Sayyor dars davomida elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish amaliyoti va aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishdagi bir qator yangiliklar bilan yaqindan tanishishdi. Bundan tashqari o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollarga ham javob olishdi.
Новости 41 - 50 из 852
Начало | Пред. | 3 4 5 6 7 | След. | Конец