Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

"Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkaziladi 01.03.2025 "Xotin-qizlarga huquqiy ko'mak" aksiyasi o'tkaziladi
Aksiya doirasida quyidagilar rejalashtirilgan:

▪️Birlamchi bepul yuridik yordam ko'rsatish;

▪️ Huquqiy muammolarni bartaraf qilish;

▪️ "Adliya kuni", "Huquqiy targ'ibot kuni" loyihalari;

▪️ Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha ma'lumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng yoritish;

▪️ kurslar.huquqiyportal.uz elektron tizimida ayollar huquqiga oid bepul onlayn o'quv kurslarini tashkil etish;

▪️ “Huquqiy axborot minbari” rukni ostida audio podkastlar tashkil qilish;

▪️ Sayyor qabullar va boshqa tadbirlar tashkil etish.

Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o’rganmoqda 01.03.2025 Adliya xodimlari aholi murojaatlarini o’rganmoqda
Poytaxtning Mirzo Ulug’bek tumani „Oqqo’rg’on“ MFYda adliya xodimlari  aholi uchun sayyor qabul o’tkazishdi.

Tadbir avvalida “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, aholi murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, xususiy uy-joy shirkatlari bilan bog’liq muammolar kabi masalalar yuzasidan  murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Adliya xabari 28.02.2025 Adliya xabari
Hududiy adliya organlari va muassasalari rahbarlarining Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasini oshirish kursidagi ishtiroki davrida, Shayxontohur tumanida yangi ochilgan davlat xizmatlari markazi binosi bilan tanishishdi va soha faoliyati yuzasidan o‘zaro tajriba almashishdi.

Tadbir davomida hududiy adliya boshqarmalari rahbarlari “Ziyo ulash” aksiyasi doirasida markazdagi “Ziyo ulash burchagi”ga kitoblar topshirib, tashabbusni qoʻllab-quvvatladilar.

 “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi 28.02.2025 “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi

15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent shahar bojxona boshqarmasi hamkorlikda bojxona postlari va omborlarida tadbirkorlar bilan uchrashib, kontrafakt mahsulotlarni aylanishini oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Tadbirlardan kutilayotgan natijalar:
• Noqonuniy tovar aylanmasiga qarshi kurash tizimi kuchayadi;
• Aholi sog‘lig‘i muhofaza qilinadi;
• Davlat byudjetiga zarar yetkazuvchi noqonuniy faoliyatlarning oldi olinadi.

Ushbu tadbirlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va sifatli mahsulotlar bozorini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Kontrafaktsiz oy” oyligi doirasida nazorat va targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil I choragi davomida rejali nazorat xaridini amalga oshirish grafigi 28.02.2025 Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 2025-yil I choragi davomida rejali nazorat xaridini amalga oshirish grafigi
Intellektual mulk sohasida nazorat xaridi jismoniy va yuridik shaxslarning tadbirkorlik faoliyatiga aralashmagan holda, belgilangan tartibda (https://lex.uz/uz/docs/7032885) amalga oshiriladi va bu tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruv o‘tkazish hisoblanmaydi.

Oila - mehr va baxt qo'rg'oni 28.02.2025 Oila - mehr va baxt qo'rg'oni
Sergelida ajrim bilan bog'liq muammolar qanday hal etilmoqda?

"Oila – jamiyatning tayanch ustuni. Mustahkam oila esa farovon kelajak garovi. Afsuski, bugungi kunda uchinchi shaxslarning aralashuvi va shu kabi turli sabablar bilan oilaviy nizolar, ajrimlar soni ortib bormoqda.

???? https://youtu.be/C6GTYUfGXVo

Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi 27.02.2025 Ajrim yoqasidagi oilalar yarashtirildi
Uchtepa tumanida ajrim yoqasiga kelib qolgan 6 ta oilada nizoli holatlarni bartaraf etish yuzasidan mediatorlar sifatida Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmasi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi va Uchtepa tumani FHDY bo‘limi mas’ullari ishtirokida suhbat olib borildi.

Ajrim yoqasidagi oilalar bilan suhbat jarayonida oilaviy nizolarning farzandlar tarbiyasiga, ijtimoiy muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi haqida tushuntirishlar berildi. Har bir oilalar bilan alohida suhbatlar o‘tkazilib, muammolarni hal etish choralari ko‘rildi.

Mas’ullarning oilalar mustahkamligini ta’minlash, nizoli oilalar bilan ishlash borasidagi amaliy sa’y-harakatlari tufayli 2 nafar oila ajrimdan saqlab qolindi va 2 ta oilaga o‘zaro kelishuv yo‘lini tanlash uchun muddat berildi.

Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda 27.02.2025 Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etilmoqda

Oila mustahkamligi jamiyat barqarorligining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Shu boisdan ham yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga zarur bilim va ko‘nikmalarni berish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri sanaladi.

Yakkasaroy tumanida Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash” dasturi asosida maxsus o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Tadbirda tumanning tajribali mutaxassislari, jumladan, otinoyi, imom-xatib, huquqni muhofaza qilish organlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektorlari, Yakkasaroy tuman 1-son FHDY bo‘limi mudirasi L.Maxmudbekova, Yakkasaroy tuman 2-son FHDY bo’limi mudirasi Sh.Kamalova ishtirok etib, yoshlarga oilaviy hayotning turli jihatlari bo‘yicha tushuntirishlar berdilar.

Tadbir yakunida oila qurish bo‘sag‘asida turgan nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 26.02.2025 Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan Uchtepa tumani Г9А mavzesida istiqomat qiluvchi fuqaro Troshina Nadejda sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun uning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, ruhiy va narkologik dispanserda turish yoki turmasligi bo'yicha ma'lumotnoma olishda sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi.

Kontrafakt mahsulot sotuvi to‘xtatildi 26.02.2025 Kontrafakt mahsulot sotuvi to‘xtatildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasiga “GREEN STEEL” MChJning jamiyatga tegishli bo‘lgan “STALEKC” tovar belgisidan huquq egasining roziligisiz foydalanilgan holda tayyorlangan qishloq xo‘jalik buyumlari “Q.M.L” XK va “S.G" MChJ tomonidan sotilayotganlik holati yuzasidan murojaati kelib tushgan.

O‘rganish jarayonida mazkur tadbirkorlik subyektlari tomonidan “GREEN STEEL” MChJga tegishli bo‘lgan “STALEKC” tovar belgisiga iste’molchilarni adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan “ZTALEKS”, “CTALEKS” va “STALEKX” nomli qishloq xo‘jalik buyumlari sotilayotganligi holati aniqlandi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir.

Holat yuzasidan “Q.M.L” XK va “S.G” MChJga nisbatan qonuniy chora ko‘rilib, kontrafakt mahsulot sotuvi to‘xtatildi.


Новости 61 - 70 из 996
Начало | Пред. | 5 6 7 8 9 | След. | Конец