Янгиликлар
17.09.2024
“Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.
Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.
Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.
Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.
Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.
16.09.2024
Tashkilotlarga huquqiy yordam ko’rsatilmoqda
Olmazor tuman adliya bo'limi Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan Olmazor tuman tibbiyot birlashmasida "E-huquqshunos" tizimi bilan ishlash va mavjud muammolarni bartaraf etib borish yuzasidan "Huquqiy targʻibot kuni" tadbiri o'tkazildi.
Tadbirda “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori yuzasidan adliya xodimlari tomonidan targ'ibot tadbirlari olib borilib, tashkilotning „E-huquqshunos“ tizimida ishlash bilan bogʻliq muammolari oʻrganildi.
12.09.2024
Mahallalarda „Adliya kuni“ tadbirlari
Davlatimiz rahbarining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosin ijrosi yuzasidan poytaxtning ko’plab mahallalarida tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan aholi muammolari o’rganilmoqda.
O’rganishlar davomida fuqarolarning meros ishlari, kadastr, Davlat xizmatlari, FHDY bilan bog’liq turli mavzudagi masalalari yuzasidan murojaatlari tinglandi.
Shuningdek, uyma-uy yurish tamoyili asosida murojaatlar o‘rganilib, "mahalla yettiligi" bilan hududdagi mavjud masalalar tahlil etildi.
12.09.2024
Aholi muammolari o’rganilmoqda
“Adliya kuni“ tadbirlari doirasida poytaxtimizning Yunusobod tumani, "Katta Xasanboy“ MFYda aholi uchun sayyor qabul tashkil etildi. Unda „Xasanboy“ hamda "Yunusobod" mahallasi fuqarolari ishtirok etishdi.
Shuningdek, Toshkent shahar adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman adliya bo'limi hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda mahallalarda xonadonlarga uyma-uy yurilib, fuqarolarning uy-joyni nomiga o’tkazish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatni tiklash va boshqa ijtimoiy sohaga oid muammolari o’rganildi.
Tadbir doirasida 30 nafardan ortiq murojaatchilarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi, qo'shimcha o'rganish talab etiladigan10 ga yaqin murojaatlar bo'lim ish yurituviga qabul qilindi. Jumladan, fuqaro M.Azizovning 6 oy davomida farzandiga tug'ilganlik guvohnomasini olishdagi muammosi hal etilmayotgani to'g'risidagi murojaati o’rganilib, ijobiy hal etish choralari ko'rildi.
09.09.2024
Keksa insonlarga sayyor davlat xizmatlari ko’rsatilmoqda
Chilonzor tumani “Sharq tongi” ko’chasida yashovchi 70 yoshli Elena Bachurina turmush o’rtog’i 76 yoshli Sergey Nikiforovning betobligi va Davlat xizmatlari markaziga bora olmasligini aytib yordam so’ragan.
Chilonzor tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari keksalarning murojaati yuzasidan ularning xonadoniga borishib, sayyor davlat xizmatlarini ko’rsatishdi.
Ularga zarur bo’lgan ma’lumotnomalarni olish va tug’ilganligi tog’risida ma’lumotnoma berish xizmatlari bo‘yicha shu joyning o’zida arizalar raymiylashtirildi.
06.09.2024
Yolg’iz ayolning 7 yoshli farzandiga tug'ilganlik qayd etildi
"Adliya kuni" doirasida Mirzo Ulug‘bek tumani FHDY bo'lim xodimlari tomonidan mahallalarda olib borilgan o’rganishlar vaqtida “Munnavarqori" МFY da istiqomat qiluvchi Anastasiya Xudoyberdiyevaning 2017 yil 15 sentabr kuni tug'ilgan o'g'il farzandiga tug'ilganlik haqidagi guvohnoma olmaganligi ma'lum bo'ldi.
"Huquqiy ko'mak" aksiyasi doirasida ushbu ayolga birlamchi huquqiy yordam ko'rsatildi va hujjatlaridagi kamchiliklari bartaraf etilib, farzandiga tug'ilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Shu guvohnoma asosida Anastasiyaning farzandi maktabga chiqishi haqida tushuntirilib, har bir farzand ta'lim olishga, o'zi qiziqqan yo'nalishi bo'yicha oliygohlarda o'qishga, va kelgusida o'z kasbining mutaxassisi bo'lishida xar bir ota-ona g'amxo'rlik qilishi va qo'llab-quvvatlashi lozimligi aytib o’tildi.
06.09.2024
„Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Poytaxtning Shayxontohur tumanida o’tkazilgan „Adliya kuni“ tadbirlari doirasida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
„Sarhumdon“ va „Katta hovuz“ MFY fuqarolari asosan kadastr, ko'p qavatli uylarni boshqarish shirkatlari to'g'risidagi savollar hamda tibbiy ko’riklar masalasida murojaat qilishdi.
Shuningdek qabul davomida 20 dan ortiq fuqarolarning muammolari tinglandi,
10 dan ortiq fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi hamda
5 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi.
Uyma-uy aylanib yurish jarayonida ham aholini qiynab turgan bir qator salollariga tushuntirishlar berildi.
05.09.2024
Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig’i Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” MFYda yoshlar uchun sayyor qabul o’tkazdi.
Uchrashuvda 15 nafardan ortiq qizil, sariq va yashil toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o’zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Yoshlar asosan ta‘lim olish uchun kontrakt masalalarida yordam, tadbirkorlikni yo’lga quyishda kredit masalalari va boshqa masalalarda huquqiy maslahatlar so’rasdi.
Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi.
31.08.2024
Og’ir xastalikka chalingan bemorga sayyor davlat xizmati ko’rsatildi
Uchtepa tumanida istiqomat qiluvchi
62 yoshli Rima Habibulina 4 yildan buyon og’ir xastalik bilan kurashib keladi.
Ayolning qarindoshlari Uchtepa tumani davlat xizmatlariga murojaat qilib, ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazishga ariza berish uchun ayolning ko’chaga chiqa olmasligini aytib yordam so’rashgan.
Davlat xizmatlari markazi tomonidan Rima Habibulinaga uyiga borib sayyor davlat xizmati ko’rsatilib, hujjatlari rasmiylashtirilishida yordam ko’rsatildi.
15.08.2024
Yurtimizda hech bir yosh eʼtibordan chetda emas!
Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Chilonzor tumani “Do‘mbirobod” mahallasida Adliya organlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda 20 nafarga yaqin sariq toifaga kiritilgan yoshlar ishtirok etishib, o‘zlarini qiynayotgan muammolari haqida bildirishdi.
Yoshlar asosan uy-joy uchun subsidiya olish, tadbirkorlik ishida huquqiy yordam, kredit va soliq imtiyozlari haqida hamda moddiy yordam yuzasidan murojaat qilishdi.
Har bir yoshning murojaati alohida tinglanib, muammoni hal etish choralari ko‘rildi. Qabul davomida 15 yoshli o‘smirga yangi o‘quv yili uchun o‘quv qurollari va maktab formasini olishda moddiy yordam ajratildi.
Новости 61 - 70 из 852
Начало | Пред. | 5 6 7 8 9 | След. | Конец