Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Bilimga chanqoq aka-ukalar 21.02.2024 Bilimga chanqoq aka-ukalar
M. Ulug‘bek tumanida istiqomat qiluvchi Axmedovlar oilasining 3 nafar farzandi  16 yoshli Jamoliddin, 13 yoshli Shohjaxon va 11 yoshli Javlonbeklar zo‘rayib boruvchi mushaklar distrofiyasi kasalligi bilan kurashib kelmoqda.

Bolalar maktabga chiqa olmasligi sabab uyda taʼlim olishadi. Ularning qo‘shimcha to‘garaklarga qatnashish ehtiyoji bor. Hozirda bolalar kompyuterda dasturlash sohasiga qiziqishmoqda.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari ushbu oila farzandlari bilan suhbatlashish jarayonida ularning bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini ko‘rib, kompyuterda dasturlash bo‘yicha mutaxassisni jalb etishga vaʼda berishdi.

Shuningdek, bolalarning  ota-onasi hozirda ularni davolatish uchun  genetik tekshiruv tahlillari zarurligini aytishib bu borada yordam kerakligini bildirishdi. Ushbu masala shu joyning o‘zida nazoratga olinib, amaliy yordam berish bo‘yicha ishlar boshlab yuborildi.

#kontrafakt_oyligi 20.02.2024 #kontrafakt_oyligi
"Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berildi.

2024-yilning 15-fevraldan 15-martiga qadar respublikamizda “Kontrafaktsiz oy” oyligi o‘tkaziladi.

Mahallalarda yoshlar bilan suhbatlar olib borilmoqda  20.02.2024 Mahallalarda yoshlar bilan suhbatlar olib borilmoqda 
Adliya organlari xodimlari mahallalardagi yoshlar hayotini o‘rganish, ularning qiziqishlari va  muammolarini aniqlab yaqindan yordam berish maqsadida uyma-uy yurib suhbatlar olib borishmoqda.

  Masʼullar o‘zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashuvlar davomida og‘ir toifadagi yoshlar, migratsiyadagi yoshlar va ularning ota onalari bilan muloqot qilishib, muammolarini tinglashmoqda.  

  Xususan, taʼlim krediti olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash yoki ro‘yxatdan o‘tkazish, yer olish hamda subsidiya asosida uy-joy olish kabi masalalarda qilingan murojaatlar  yuzasidan huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunlarni hurmat qilish borasida ham tushintirishlar olib borilmoqda.

Alohida eʼtiborga muhtoj yoshlarning muammolari o‘rganilmoqda 19.02.2024 Alohida eʼtiborga muhtoj yoshlarning muammolari o‘rganilmoqda
Maksim 14 yoshda u birinchi guruh nogironi. Onasining doimiy parvarishida bo‘lib kelayotgan bola uchun kerakli vositalar va surunkali dori darmonlarga doimiy ehtiyoj bor.

Mahallalarda yoshlar bilan ishlash borasida olib borilayotgan ishlar doirasida  Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari M.Ulug‘bek tumani “Oliy himmat" mahallasida yashovchi Maksimning yashash tarzini borib o‘rganishdi va uning muammolarini hal etish bo‘yicha kerakli chora tadbirlar ko‘rildi.

Xatlovlar  natijasida hujjatsiz fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda 19.02.2024 Xatlovlar  natijasida hujjatsiz fuqarolarga yordam ko‘rsatilmoqda
Ayni kunlarda Adliya organlari tomonidan mahallalarda uyma-uy yurib olib borilayotgan xatlovlar natijasida Toshkent shahri bo‘yicha hozirgacha 1337 nafar shaxslar hujjatga ega emasligi aniqlangan.

Ana shunday oilalardan biri Bektemir tumanining “Iyk ota” mahallasida istiqomat qiluvchi Gulshan Sarsenovaning 5 nafar farzandi uyda tug‘ilgani sabab haligacha tug‘ilganlik guvohnomasini olishmagan.

  Xuddi shunday Jiyangul Sanavarovaning ham bir nafar farzandida tug‘ilganlik guvohnomasi bo‘lmagan.

Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda 16.02.2024 Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda
Adliya organlari xodimlari tomonidan mahallalardagi yoshlar hayotini o‘rganish, ularning qiziqishlari va  muammolarni aniqlab yaqindan yordam berish maqsadida uyma-uy yurib hamda ta'lim muassasalarida suhbatlar olib borilmoqda.

Poytaxtning barcha tumanlaridagi mahallalarda o‘tkazilgan suhbatlar davomida  yoshlarga beriladigan 20 dan ortiq yordam turlari haqida batafsil tushintirishlar olib borilib, kasb hunar o‘rganmoqchi  va to'garaklarga qatnashmoqchi bo‘lgan yoshlarga yordam ko‘rsatilishi haqida maʼlumotlar berilmoqda.

Bir oilaning 4 nafar farzandiga guvohnomalar topshirildi 16.02.2024 Bir oilaning 4 nafar farzandiga guvohnomalar topshirildi
Bektemir tumanining “Nurliyo'l” mahallasida istiqomat qiluvchi  oilaning 4 nafar farzandi haligacha tug‘ilganlik guvohnomasi olmasdan kelgan.

Oilaning nikohi o‘z vaqtida qonuniy qayd etilmagani sabab ham  farzandlar guvohnomasiz qolishgan.  “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida ushbu oilaning barcha farzandlariga tuman FHDY bo‘limi tomonidan tug‘ilganlik guvohnomalari rasmiylashtirildi.

“Abdulla Qahhor” mahallasida yangi kutubxona ochildi 14.02.2024 “Abdulla Qahhor” mahallasida yangi kutubxona ochildi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “kutubxona” loyihasi doirasida bugun Zahriddin Muhammad Bobur tavallud kuni va 14-fevral Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan Yakkasaroy tumani “Abdulla Qahhor” mahallasida yoshlar uchun yangi kutubxona ochildi.

Kutubxona ochilish marosimida yozuvchi va shoirlar mahalla ahli hamda yoshlar ishtirok etishdi. Kutubxona 600 ga yaqin kitoblar, o‘zbek, rus va ingliz tilida bolalar adabiyotlari, tarixiy asarlar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, hamda Prezident asarlari bilan boyitildi.

Kutubxonada mahalla ahli va yoshlari uchun kitoblar bilan birga internetdan elektron kitoblarni o‘qishlari uchun kompyuter jamlanmasi ham sovg‘a qilindi.

Yoshlar bilan uchrashuv 12.02.2024 Yoshlar bilan uchrashuv
Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan   27-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida Prezident Administratsiyasi masʼul xodimi va  Toshkent shahar adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o'quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar  o‘rganildi.

Maktabda tashkil etilgan yoshlar bilan uchrashuvda bugungi kunda   davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida alohida to‘xtalib, o‘quvchilarga bu sharoitlardan to‘liq foydalangan holda yurtimiz rivoji uchun sidqidildan bilim olishga harakat qilishlari lozimligi uqtirildi.

Uchrashuvda yoshlar tomonidan bildirilgan fikrlar tinglanib, savollariga batafsil javob berildi.

Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti! 09.02.2024 Kitob — qalb chirog‘i, tafakkur qanoti!
9-fevral buyuk bobkolonimiz Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan poytaxtning Uchtepa  tumani “Jarbuloq” mahallasida yoshlar kutubxonasi ochildi.

Kutubxonaning ochilish marosimida Adliya vazirligi, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, va qator tashkilotlardan ishtirok etganlar bu joy mahalla aholisi uchun chinakam maʼrifat maskani bo‘lgani va yoshlar uchun katta bilim xazinasi bo‘lishini eʼtirof etishdi.

Ziyo ulash aksiyasi doirasida kutubxona uchun 600 dan ortiq o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyotining eng sara asarlari hamda huquqiy  kitoblar ham taqdim etildi. Shuningdek kutubxona kompyuter jamlanmalari bilan ta'minlanib, internet orqali onlayn kutubxonalar tarmog‘iga ulanish imkoniyati ham yaratildi.


Новости 31 - 40 из 773
Начало | Пред. | 2 3 4 5 6 | След. | Конец