Yangiliklar
#Adliya_yangiliklari
O‘zbekiston telekanalining “Mening huquqim” ko‘rsatuvida Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-apreldagi “Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 113-son Farmonining bugungi kundagi dolzarbligi hamda “Mobile ID” tizimidan foydalanishning qulayliklari haqida huquqiy tushuntirish berildi.
#Adliya_yangiliklari
✅ Fuqarolarga yaratib berilayotgan qulayliklarni ularga yetkazish Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetida va tumandagi 49-sonli maktabgacha ta'lim tashkilotlarida Sergeli tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan qulayliklar to'g'risida xususan, my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tizimidagi bo'sh ish o'rinlari uchun tanlovning suhbat bosqichi boshlandi.
https://youtu.be/wHpXyebn_Tk
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
Toshkent shahar yuridik texnikumida 2022-yil 30-noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o'quvchilari o'rtasida "Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo'yicha namunaviy sud protsessi" tanlovining mintaqaviy bosqichi bo'lib o'tdi. Mintaqaviy bosqichda Toshkent shahar, Sirdaryo, Jizzax va Toshkent viloyatlari o'quvchilaridan tashkil topgan jamoalar o'zaro bellashishdi. ✅ Tanlov nizom talablari asosida tashkil etilib quyidagi jamoalar g'oliblikni qo'lga kiritib Respublika bosqichiga yo'llanma olishdi. ✅ Jinoyat ishlari bo'yicha: ✔️ Toshkent shahar yuridik texnikumi 8-jamoasi ✔️ Jizzax viloyati yuridik texnikumi 1-jamoasi ✅ Fuqarolik ishlari bo'yicha ✔️ Toshkent viloyati yuridik texnikumi yustitsiya jamoasi ✔️ Jizzax viloyati yuridik texnikumi 6-jamoasi ;✅ Tanlov so'ngida ishtirokchilar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi.
Yunusobod tumani adliya bo'limi tomonidan O'zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentabrdagi "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to‘g‘risida"mazmun mohiyatini tushuntirish yuzasidan hamda Konstitutsiyaning 30-yilligi munosabati bilan Yunusobod tumandagi Farmatsevtika ta’lim va tadqiqot instituti professor-xodimlari va talabalari o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha huquqiy targ'ibot tadbirlari amalga oshirildi.
#Adliya_yangiliklari
Chilonzor tumani adliya bo’limi Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida murojaatchilarning yashash xonadonlariga tashrif buyurgan holda sayyor davlat xizmatlari ko’rsatib kelinmoqda.
Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan “Inson qadri” tamoyili asosida fuqarolarga qulaylik va yengilliklar yaratish maqsadida “Mobile ID” tizimidan roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sayyor qabullar (joyiga chiqqan holda) tashkillashtirilmoqda.
Barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari tomonidan poytaxtimizda joylashgan oliy ta'lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, markaziy va oilaviy poliklinikalarda davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha fuqarolarga tushuntirishlar berilib, davlat xizmat ko'rsatilishi ta'minlab kelinmoqda.
Fuqarolarga yaratib berilayotgan qulayliklarni ularga yetkazish maqsadida O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida Uchtepa tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlar markazi xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan qulayliklar to'g'risida xususan, my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.
#Adliya_yangiliklari
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va tuman adliya bo‘limlari tomonidan mamlakatimizda “Inson qadri” tamoyili birinchi oʻringa qoʻyilganligi, aholini rozi qilish, ularning ogʻirini yengillashtirib, hayotini qulaylashtirishda Davlat xizmatlari markazlarining oʻrni beqiyosligini inobatga olgan holda “Mobile ID” tizimidan sayyor tartibda (joyiga chiqqan holda) roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha sayyor qabullar tashkillashtirilmoqda.
Barcha tuman adliya bo‘limlari Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan poytaxtimizda joylashgan bozor va savdo komplekslarida davlat xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha sayyor qabul tashkil qilinmoqda.