Yangiliklar
#Adliya_yangiliklari
✅ Toshkent davlat yuridik universitetida poytaxtimiz Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
✅ Mazkur qabul jarayonida talabalar hamda o‘qituvchilarga davlat xizmatlari sohasida yaratilgan qulayliklar to'g'risida xususan, "my.gov.uz” portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar, “Mobile-ID” tizimi va boshqa davlat xizmatlari turlari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, davlat xizmatlari ko'rsatilishi ta'minlandi.
#Diqqat_e'lon!
Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur va Yakkasaroy tumanlarida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli ushbu tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Telegram: https://t.me/toshadliya
Facebook: https://www.facebook.com/groups/179796339451957
#Adliya_xabari
Toshkent shaharidagi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi
7 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha toʻxtatildi.
“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2-moddasiga asosan Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2022-yil 24-noyabrdagi 8/2022-sonli
bayonnomasiga asosan:
1.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius K.Xatamovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
2.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Q.Burliyevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
3.Sergeli tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius A.Yusufbekovning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 15 kun muddatga;
4.Mirzo Ulug'bek tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius Z.Abdalimovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga;
5.Chilonzor tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius X.Isayevaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 2 oy muddatga;
6.Uchtepa tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius O.Musayevning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 5-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.
7.Yakkasaroy tumanida xususiy amaliyot notarial faoliyat bilan shugʻullanuvchi notarius K.Mazakirovaning litsenziyasi amal qilish muddati 2022-yilning 1-dekabr kunidan 1 oy muddatga to’xtatildi.
#Diqqat_e'lon!
Hurmatli fuqarolar! Shayxontahur tumanida elektr tarmog'ida kuzatilgan nosozliklar sababli Shayxontahur tuman adliya bo'limi Davlat xizmatlari markazi fuqarolarga vaqtinchalik xizmat ko'rsata olmasligi ma'lum qilinadi.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Poytaxtimizdagi Davlat xizmatlari markazlari tomonida fuqarolarga qishning sovuq kunlarida ham sifatli davlat xizmatlari ko'rsatilib kelinmoqda.
Davlat xizmatlari markazi binolarida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida issiq ichimliklar ham tarqatilmoqda.
#Кун_тарихи
???? 10 декабрь (1992 йил)
Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисидаги Қонун (http://lex.uz/docs/38608) қабул қилинган.
Қонунга кўра, Давлат мадҳияси Ўзбекистон Республикаси Давлат суверенитетининг рамзидир.
Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир.
Soha fidoiylari taqdirlandi
Joriy yil 7-dekabrda Toshkent shahar adliya boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining
30 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i yig‘ilganlarni Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan samimiy tabriklab, Bosh qomusimizga asosan qabul qilinadigan qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilishida adliya organlari alohida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi.
Tadbirda “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni, “Adliya aʼlochisi” ko‘krak nishoni, Adliya vazirligi va boshqarmaning fahriy yorliqlari bilan mukofotlangan boshqarma va uning tizimida xizmat vazifalarini vijdonan bajarib kelayotgan xodimlarga ushbu nishonlar va fahriy yorliqlar topshirildi.
2022-yilning 6-dekabr kuni "O‘zbekiston havo yoʻllari" AJda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligiga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Mazkur tadbirda, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat transport universiteti professor o'qituvchilari, Toshkent transport prokuraturasi mas'ul xodimi hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi yetakchi maslahatchisi Z.Toshtemirov tomonidan "O'zbekiston havo yo'llari" AJning xodimlari va jamoasiga huquqiy tushuntIrishlar berildi.
Fuqaro R.R. Sergeli tumani adliya bo‘limiga murojaat qilib, imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqishda amaliy yordam berishni so‘ragan.
Ish hujjatlari o‘rganilganda, fuqaro bundan avval O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xuzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi Sergeli tuman bo‘limiga umumiy asoslarga ko‘ra murojaat qilgan, biroq ish joyi attestatsiyadan o‘tkazilmaganligi sababli imtiyozli asoslarda yoshga doir pensiyaga chiqish to‘g‘risidagi arizasi rad etilganligi aniqlandi.
Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaroning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudiga yuridik ahamiyatga ega faktni belgilash to‘g‘risida ariza kiritildi. Mazkur ariza natijasida fuqaroga 14 yil davomida haqiqatan mehnat sharoiti o‘ta zararli va o‘ta og‘ir ishda ishlaganlik faktini belgilash to‘g‘risida sudning hal qiluv qarori qabul qilinishiga erishildi.
Yunusobod tumanida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyining 4 nafar (sobiq) xodimlari tuman adliya bo‘limiga murojaat qilib, mehribonlik uyi faoliyatini to'xtatganligi sababli ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilinganligi lekin ishdan bo‘shatish nafaqasini ololmaganligidan norozi bo‘lishgan.
Ushbu murojaatlar bo‘lim tomonidan o‘rganilganda, haqiqatdan ham ularga ishdan bo‘shatish nafaqasi to‘lanmaganligi aniqlandi. Shunga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan murojaatchilarning manfaatlarini ko‘zlab Mirzo Ulug‘bek tumanlararo fuqarolik sudiga daʼvo arizalari kiritilib, natijasida fuqarolarga 10 555 819 so‘m miqdordagi ishdan bo‘shatish nafaqalari undirib berilishi ta’minlandi.