Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

“Oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish” shiori ostida tadbir tashkil etildi 16.12.2025 “Oliy ta’lim sohasini korrupsiyasiz sohaga aylantirish” shiori ostida tadbir tashkil etildi
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida professor-о‘qituvchilar hamda talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

“Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida bo’lib o’tgan mazkur tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, korrupsiya bilan bo‘g‘liq jinoyatlar, ularning oqibatlari, yoshlar orasida huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish muhimligini ta’kidlashdi. Talabalarning taklif va mulohazalari tinglanib, ularni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Tadbir yakunida oliy ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishda barchaning mas’uliyati muhim ekani, bu borada tizimli va uzluksiz ishlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.

Bilimli yoshlar – huquqiy jamiyat poydevori! 16.12.2025 Bilimli yoshlar – huquqiy jamiyat poydevori!

Ayollar xavfsizligi: oflayn va onlayn zo‘ravonlikka chek qo‘yamiz 12.12.2025 Ayollar xavfsizligi: oflayn va onlayn zo‘ravonlikka chek qo‘yamiz
Har yili dunyo bo‘ylab o‘tkaziladigan “16 kunlik faol harakatlar” kampaniyasi bu yil “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” shiori ostida o‘tkazildi.

“Ayollar xavfsizligi: oflayn va onlayn zo‘ravonlikka chek qo‘yamiz” mavzusida “Biznesni rivojlantirish banki” ATB bosh ofisida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida Shayxontohur tuman adliya boʻlimi boshlig‘i Farxod Akbarov ishtirok etib, ayollar va qizlarning huquqiy madaniyatini oshirish, zo‘ravonlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda jamiyatda sog‘lom ijtimoiy muhit yaratish bo‘yicha tushunchalar berdi.

 Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi 12.12.2025 Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan, Toshkent xalqaro ta'lim universitetida  talaba-yoshlar hamda tumanda faoliyat yuritib kelayotgan yoshlar yetakchilari uchun Yashnobod tumani adliya bo'limi hamda yoshlar ishlari bo'limi bilan hamkorlikda seminar o'tkazildi.

Tadbirda "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun va sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlarining mazmuni, korrupsiyaviy huquqbuzarliklar va korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etganlik uchun javobgarlik choralari, shuningdek, korrupsiyaning oldini olish bo'yicha yoshlarga batafsil tushunchalar berildi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida oʻtkazilib, ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tegishli javoblar berildi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi 11.12.2025 O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi
“9 dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan an’anaviy “Aksilkorrupsiya oyligi” doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda mas’ullar so‘zga chiqib, ayni paytda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi olib borilayotgan kurash jarayonlari, bu yo‘nalishda qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlarning mazmun-mohiyati, korrupsion holatlarning oldini olish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, huquqiy madaniyatni rivojlantirish va komplayens tizimining dolzarb masalalari yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Tadbir yakunida “Yangi Oz‘bekiston – korrupsiyasiz kelajak” shiori ostida o‘tkazilgan tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandilar.

Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz 11.12.2025 Korrupsiyaga qarshi kurash – barchamizning umumiy mas’uliyatimiz
Yakkasaroy tuman hokimligida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan Aksilkorrupsiya oyligi doirasida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman hokimligi, prokuratura, adliya bo‘limi, IIO FMB mas'ullari, shuningdek “mahalla yettiligi” vakillari hamda tumandagi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida ma’ruzachilar tomonidan korrupsiyaning oldini olish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Bolalar va yoshlar huquqlari qonun himoyasida 10.12.2025 Bolalar va yoshlar huquqlari qonun himoyasida
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida tuman adliya bo‘limlari tomonidan ta‘lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etildi.

Tadbirlar davomida o‘quvchilarga bolalar huquqlarini himoya qilishga oid asosiy me’yorlar, ular uchun yaratilgan huquqiy kafolatlar, shuningdek, ta’lim olish, erkin fikrlash, shaxsiy daxlsizlik, salomatlik va xavfsizlik huquqlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, internetdan xavfsiz foydalanish, ota-ona va pedagoglar bilan samarali muloqotda bo‘lishning ahamiyati borasida zarur tavsiyalar berildi.

“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi 10.12.2025 “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi
Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 20-noyabrdan 10-dekabrga qadar  “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida talabalar ishtirokida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Tadbirda talaba-yoshlarga ular uchun qonunchilikda belgilangan huquq va imtiyozlar toʻgʻrisida batafsil tushuntirishlar berildi va qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.

Konstitutsiyaviy qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash — taraqqiyotning asosiy omili 10.12.2025 Konstitutsiyaviy qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash — taraqqiyotning asosiy omili
Konstitutsiyaning 33 yilligi hamda 9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahar Adliya boshqarmasi tomonidan “Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi” DM hamkorligida “Konstitutsiyaviy qadriyatlar va korrupsiyaga qarshi kurash — taraqqiyotning asosiy omili” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Unda Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, uning davlat va jamiyat rivojidagi o‘rni, fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlashdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek,  mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar, bu boradagi huquqiy asoslar va amaliy chora-tadbirlar haqida so‘z yuritildi va tadbir ishtirokchilarining savollariga mutaxassislar batafsil javob berishdi.

 Konstitutsiya — huquqlarim poydevori 10.12.2025 Konstitutsiya — huquqlarim poydevori
Toshkent shahar adliya boshqarmasi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamkorligida barcha umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Konstitutsiya — huquqlarim poydevori” hamda “Biz Korrupsiyaga qarshimiz” mavzularida insholar tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.

✍️ Tanlov natijalariga ko'ra:
“Konstitutsiya — huquqlarim poydevori”
????-o'rin Uchtepa tuman 129-maktab o'quvchisi Isxakova Xabira;
????-o‘rin Chilonzor tuman 162-maktab o'quvchisi Normurodova Shodiya;
????-o‘rin Bektemir tuman 337-maktab o'quvchisi Jo'rayeva Shahrizoda.

“Biz Korrupsiyaga qarshimiz”
????-o'rin Yangihayot tuman 329-maktab o'quvchisi Asraqulova Charos;
????-o‘rin Chilonzor tuman 283-maktab o'quvchisi Zibibullayeva Jasmina;
????-o‘rin Shayxontohur tuman 314-maktab o'quvchisi Jo'rayeva Madinabonu egalladilar.

????Tanlov yakuniga ko‘ra g‘olib deb topilgan o‘quvchilar 1,2,3 darajali diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.


Новости 11 - 20 из 1193
Начало | Пред. | 1 2 3 4 5 | След. | Конец