Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 203-60-03

Elektron manzil
toshkent@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

 Fuqaro E.M. ga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi. 09.04.2025 Fuqaro E.M. ga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.
Fuqaro E.M. “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasi tomonidan foydalanilmagan mehnat shartnomasi bekor qilingandagi barcha foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun to‘lovlar to‘lab berilmaganligidan norozi bo‘lib, Toshkent shahar adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

Boshqarma tomonidan murojaat o‘rganilib, fuqaroga foydalanilmagan mehnat ta’tillari uchun to‘lovlar to‘lab berilishi yuzasidan “Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish” Davlat muassasasiga taqdimnoma kiritildi va fuqaroga 31 mln. so‘mdan ortiq kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berilishi ta’minlandi.

Kitobni eʼzozlagan buyuk sarkarda 09.04.2025 Kitobni eʼzozlagan buyuk sarkarda
Bugun buyuk sarkarda va davlat arbobi sohibqiron Amir Temur bobokalonimiz tavallud topgan kun. Buyuk sarkardaning ko’plab xislatlari qatorida ilm olishga, kitobga bo’lgan mehrini ko’plab tarixiy manbalar tasdiqlaydi.

“Kitob barcha bunyodkorlik, yaratuvchilik va aql-idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o'rgatuvchi murabbiydir.”

— Amir Temur

Amir Temur bobomiz fan va madaniyat arboblari, hunarmandlar bir joyga jamlansa, kitob va qo'lyozmalarga boy kutubxonalar qancha ko'p bo'lsa, mamlakatda ilm-fan va madaniyat shuncha tez rivojlanadi, deb hisoblagan.

Bugun ham yurtimizda ilm fanni rivojlantirish, yoshlarning kitobga bo’lgan mehrini oshirish borasida ko’plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Ziyo ulash” loyihasi doirasida qisqa vaqt ichida koʻngillilar tomonidan 20 mingdan ortiq kitoblar yigʻildi va ularning 11,3 ming donasi yangi egalarini topdi. Ushbu xayrli loyihaga qiziquvchilar soni esa kundan-kunga ko’paymoqda.

“Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda 08.04.2025 “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
Тaʼlim muassasalarida yoshlar orasida maʼnaviy-maʼrifiy muhitni yaxshilash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashmoq kerak” mavzusida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Mirobod tuman bo‘linmasi bilan hamkorlikda Toshkent harbiy okrugi 07984-harbiy qism Jasorat maktabida o‘quv seminari tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar o‘rtasida qayd etilayotgan jinoyatlar, jumladan, firibgarlik, o‘g‘rilik hamda kiberjinoyatlarning oldini olish yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Seminar jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Shuningdek, tadbir doirasida Mudofaa vazirligining faxriylar kengashi bilan “Faxriylar doim e’zozda” mavzusida uch avlod uchrashuvi ham o‘tkazildi.

Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda 07.04.2025 Adliya xodimlari “Yashil makon” umummilliy loyihasida faol ishtirok etishmoqda
Daraxt, butalar va yashil hududlarni muhofaza qilish va ularning maydonlarini kengaytirish, daraxtlarni ekish va parvarish qilish, ko‘chatxonalar sonini ko‘paytirish hamda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni barpo etish ishlariga Yangihayot tumani adliya bo‘limi xodimlari o’z hissalarini qo’shishmoqda.

Loyiha doirasida tumanning “Gulshanobod” mahallasining Qo‘rg‘ontepa ko‘chasi hududida 410 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekilib, ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borildi.

Ushbu tadbirda tuman adliya bo‘limi xodimlari, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Hududlarda  yashil maydonlar sonini oshirishga qaratilgan daraxt ekish ishlari davom etmoqda.

Poytaxtda 11 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi 07.04.2025 Poytaxtda 11 nafar notariusning litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi
oshkent shahar adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining tegishli qarori bilan quyidagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslarning litsenziyasi amal qilishi vaqtincha to‘xtatildi:  
Ro'yxat... (https://telegra.ph/Poytaxtda-11-nafar-notariusning-litsenziyasi-vaqtincha-toxtatildi-04-04)

Toshkent shahar Chilonzor tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi 02.04.2025 Toshkent shahar Chilonzor tumani adliya bo‘limi DXM direktori tayinlandi
Toshkent shahar adliya boshqarmasi  buyrug‘i bilan Djumatov Feruz Ulug‘bekovich Toshkent shahar Chilonzor tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimiga tayinlandi.

Djumatov Feruz Ulug‘bekovich 1991-yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy

F.Djumatov shu kunga qadar Toshkent shahar Uchtepa tumani adliya bo‘limi DXM direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi F.Djumatovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Toshkent shahar Yakkasaroy tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i tayinlandi. 02.04.2025 Toshkent shahar Yakkasaroy tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i tayinlandi.
Xalilov Fazliddin Asliddinovich Toshkent shahar Yakkasaroy tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i lavozimiga tayinlandi

Xalilov Fazliddin Asliddinovich 1995-yilda Payariq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.

U mehnat faoliyatini 2019-yildan boshlab  Samarqand viloyati xalq ta'lim boshqarmasi va Adliya organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi A. Abdurashidovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Sayyor qabul 02.04.2025 Sayyor qabul
Toshkent shahar adliya boshqarmasi va Toshkent shahar xalq qabulxonasi tomonidan Mirobod tumanining Inoqobod mahallasida aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, mahallalarda “Obod xonadon – obod ko‘cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish yuzasidan ommaviy sayyor qabul o'tkazildi.

Qabul davomida fuqarolarning tug'ilganlik to'g'risida guvohnomani rasmiylashtirish, kommunal to‘lovlar, imtiyozli kredit, meros, uy-joyga subsidiya olish, ijtimoiy himoya masalalai yuzasidan murojaatlari eshitildi.

Shuningdek, qabul davomida sayyor davlat xizmatlari  ko‘rsatildi.

Toshkent shahar Sergeli tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i tayinlandi 01.04.2025 Toshkent shahar Sergeli tumani Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i tayinlandi
Abdurashidov Asliddin Bahriddin o‘g‘li Toshkent shahar Sergeli tumani adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi  boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Abdurashidov Asliddin Bahriddin o‘g‘li  2000-yilda Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti–oliy, huquqshunos.
2022-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini bakalavr bosqichini tamomlagan.

U mehnat faoliyatini 2022-yilda Yangihayot tuman adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti lavozimida boshlab,  shu kunga qadar ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelgan.

Toshkent shahar adliya boshqarmasi jamoasi A. Abdurashidovni ushbu tayinlov bilan muborakbod etadi. Uning kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaydi.

Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi 01.04.2025 Fuqaroga sayyor davlat xizmati ko'rsatildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son farmoni ijrosi yuzasidan poytaxtning tuman adliya bo‘limlari tomonidan sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatib kelinmoqda.

Xususan, Mirzo Ulug'bek tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi tomonidan tumanning "Gulsanam" mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Tatiyana Varga sog‘ligi holatiga ko‘ra, Markazga kela olmaganligi uchun uning yashash xonadoniga tashrif buyurilgan holda, nikoh qayd etilganligi, nikohda turmasligi yoki nikohdan ajralganligi to‘g‘risidagi ma'lumotnomani olishda sayyor tartibda davlat xizmati ko‘rsatildi.


Новости 191 - 200 из 1193
Начало | Пред. | 18 19 20 21 22 | След. | Конец