Yangiliklar
Mirobod tumani “Movarounnahr”, Sergeli tumani “Daryo boʻyi”, Shayxontohur tumani “Charxnovza”, Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” mahallalarida o'tgan hafta davomida “Adliya kuni” doirasida sayyor qabul va uyma-uy yurish orqali aholining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir davomida aholi murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi va ish yurituviga qabul qilindi.
Shuningdek, mahallalardagi muammoli oilalar, ularning farzandlari bilan ishlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash bo‘yicha oilalarda yuzaga kelayotgan ziddiyatlar bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish choralari ko‘rildi.
Bundan tashqari, aniqlangan muammolar yuzasidan joyida bepul huquqiy yordam, sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Adliya organlarining aholi muammolarini hal etish va ularga amaliy yordam koʻrsatish borasidagi faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davom etmoqda.
Aksiya doirasida tegishli hujjatlari bo‘lmagan fuqarolarning huquqiy muammolari ijobiy hal etilmoqda.
Xususan, Yunusobod tumanida istiqomat qiluvchi Matluba Kasimovaning 2020-yilda tug‘ilgan farzandining tug‘ilishi qayd qilinmagan va shu vaqtga qadar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi bo‘lmagan.
Huquqiy aksiya targ‘iboti davomida aniqlangan muammo yuzasidan ko‘rilgan amaliy choralar natijasida, Yunusobod tumani 2-son FHDY bo‘limi tomonidan bolaga tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirilib, topshirildi.
Yangihayot tuman adliya bo‘limi, “Madat” NNT, FHDY bo‘limi hamda tuman Xalq deputatlari tuman Kengashi a'zolari hamkorligida tumanning 329-umumta'lim maktabida "Oilaning huquqiy asoslari va o'tkazilayotgan to'y tadbirlarining huquqiy va ma'naviy qadryatlari haqida" seminar bo'lib o'tdi.
Tadbir ishtirokchilari “To’y bu baxtmi yoxud millatimiz illatlari” mavzusida bugungi kunda o’tkazilayotgan to’ylardagi ortiqcha sarf-xarajatlar va dabdababozlik marosimlari haqida fikr almashishdi.
Shuningdek, yoshlarning oilaviy hayotga, yangi turmush tarziga moslashib ketishlarida kattalarning o’rni va erta ajrimlarning oldini olish borasida ham so’z yuritildi.
Tadbir doirasida adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 1-yarim yilligi mobaynida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va tadbirlar haqida axborot taqdim qilindi.
Xususan, boshqarma tomonidan aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibot tadbirlari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi, taʼlim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashishda huquqiy taʼlim hamda tarbiyaga doir tadbirlar hamda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirish haqidagi takliflar bo‘yicha batafsil axborot taqdim qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–188-son qarori bilan Toshkent shahrida qonunchilik hujjatlariga muvofiq bo‘lmagan ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy hujjatlarni sudgacha ko‘rib chiqishning yangi tartibi joriy etilgan.
Unga ko‘ra, Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Apellyatsiya kengashi tomonidan ko‘riladigan 17 ta davlat xizmatlari belgilangan.
Shu asosda, Kengash majlisida davlat xizmatlarini ko‘rsatishni monitoring qilish natijalariga ko'ra rad etilgan arizalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shu bilan birga, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi ma’muriy organlarga yagona huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Sergeli tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi va FHDY boʻlimi bilan hamkorlikda Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash markaziga biriktirilgan mutaxassislar ishtirokida nikohlarini rasmiylashtirish uchun ariza bergan navbatdagi yosh oila quruvchilar o‘qitildi.
O‘quv mashg‘ulotlari davomida yoshlarga baxtli va mustahkam oila barpo etish borasida reproduktiv salomatlik, ona va bolalikni muhofaza qilish, inson ma’naviyati, oila a’zolari o‘rtasidagi muomala va to‘g‘ri munosabat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzatda bo‘lish, ibratli ota-ona bo‘lishga tayyorgarlik mavzularida tushuntirish ishlari olib borildi.
O‘quv mashg‘ulotlarini muvaffaqiyat bilan tamomlagan oila qurish ostonasida turgan 50 nafar yoshlarga maxsus sertifikatlar topshirildi.
Poytaxtning Mirobod tumani "Avloniy" MFY va Sergeli tumanidagi “Izzatli” mahallalarida “Adliya kuni" tadbirlari tashkil etildi. Adliya xodimlari tomonidan o’tkazilgan sayyor qabul, uyma-uy yurish tadbirlari davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar o’rganildi.
"2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyati haqida ham aholiga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, “Yoqilg‘i-energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olish hamda energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 133-son qaror yuzasidan aholiga targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sergeli tumanidagi mahallalarda muammoli oilalar bilan ishlash, jinoyatchilikning profilaktikasi hamda oilaviy munosabatlarni mustahkamlash orqali ajrimlarning oldini olish maqsadida tuman FHDY bo‘limida o‘quv seminar tashkil etildi.
Seminarda oilalarni faol ijtimoiy hayotga jalb etish, ularga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida, mutaxassislar jalb etilib, psixologik trening hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Shayxontohur tumani 1-son FHDY bo'limi hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda yosh oila quruvchilar uchun navbatdagi seminar mashg’ulotlari o'tkazildi.
Turmush qurish arafasida turgan yoshlarga psixolog, diniy idora vakillari va namunali oila egalari oila hayotidagi mas’uliyat, sabr-toqat, o‘zaro hurmat va ishonch muhimligi haqida tushunchalar berishdi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi va uni asrab-avaylash zarurligi alohida ta’kidlandi.
Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning ongida oilaga jiddiy va mas’uliyatli yondashuvni shakllantirishga xizmat qilishi shubhasizdir.